O'zMU » Материалы за 02.05.2017

Yoshlar ruhiy olami naqadar rang-barangdir.

Har bir yigit qiz qalbiga to‘g‘ri yo‘l topish, ularning ruhiy kechinmalari, o‘ylantirayotgan ba’zi muammolari echimini hal etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida tashkil etilgan (14-Talabalar turar-joyi binosida joylashgan) “Psixologik xizmat markazi”da bu borada qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

To'liq o'qish

Adabiyot ixlosmandlarining sevimli nashri – “SHarq yulduzi” jurnalini hayajonsiz varaqlamaydigan mushtariy topilmasa kerak.

Jurnalda milliy adabiyotimizning eng nodir durdonalari, muhim mavzuga bag‘ishlangan publitsistikalar, yoshlar ijodi keng yoritiladi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida jurnal jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov, Ijtimoiy fanlar fakulьteti professori SHodmon Azizov, Axborot xizmati rahbari To‘lqin Eshbek va boshqalar Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishining ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish borasidagi o‘rni haqida so‘z yuritishar ekan, badiiy asarlar bilan bir qatorda “SHarq yulduzi” kabi adabiy-badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy jurnallarni ham qunt bilan o‘qib borish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladilar.

To'liq o'qish

Otalar jasorati – yoshlar merosi

Vatanparvar, mard va jasur otalar ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan mardligi va jasorati – bugungi yoshlar uchun o‘ziga xos ma’naviy merosdir.

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Muxtor Rasulov ana shunday jasorat ko‘rsatgan fidoyi insonlardan biridir. U 1922 yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, yoshligidan ilmu ma’rifatga ixlos qo‘yib ulg‘aygan. Endigina oliy ta’lim olish ishqi bilan yonib yurgan kezlarda dahshatli urush boshlangani haqidagi shum xabar tarqalgan.

To'liq o'qish