O'zMU » Материалы за Dekabr 2017 года
To'liq o'qish

  Bo‘lim boshlig‘i: Oxunov Ravshan Zafarovich

  telefon: 3152952
  e-mail: oxunov_rz@nuuz.uz
           hfx@nuuz.uz
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” BO’LIMINING ASOSIY VAZIFALARI

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta'lim jarayonida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta'lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining, me'yoriy xujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti rektorining buyruq va ko’rsatmalarining ijrosini ta’minlash;
Bo’lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo’qotish usullarini, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni; aholini tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlardan, hamda boshqa halokatlardan himoyalanish usullarini; favqulodda vaziyatlardan zararlangan shikastlanish o’choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o’tkazish usullarini; elektr, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini; favqulodda vaziyatlarda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish qoida va usullarini o’rgatish.
Universitet fuqaro muhofazasi bo’yicha rejalarini ishlab chishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda avariya qutqaruv ishlarini bajarishga tayyorlash.
 “Hayot faoliyati xavfsizligi” bo’limi professor-o’qituvchilari tomonidan universitetning barcha fakultetlarida ma’ruza, amaliy, seminar va boshqa turdagi mashg’ulotlar olib borilishi sababli fakultetlararo kafedra vazifasini bajaradi. Shuning uchun bo’limga O’zbеkistоn Rеspublikasi Оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligining 2008 yil 30 maydagi 159 - sоnli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to’g’risidagi Nizom” va “Оliy ta’lim muassasalarining kafеdralarida ish yuritish tizimini takоmillashtirish yuzasidan Yo’riqnoma”da ko’rsatilgan boshqa vazifalar ham yuklatiladi.
To'liq o'qish

Мадрахимова Феруза Рузимбаевнанинг 09.00.04 – Ижтимоий фалсафа ихтисослиги бўйича “Глобаллашув жараёнида “оммавий маданият” таҳдидларининг олдини олиш масалалари” мавзусидаги фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертациясининг ҳимояси Ўзбекистон Миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc27.06.2017.F.01.05 рақамли Илмий Кенгашининг 2017 йил 15 декабр куни соат 16:00 даги мажлисида бўлиб ўтади.

Манзил: Тошкент шаҳри, Университет кўчаси, 4-уй, Ўзбекистон Миллий университети Ижтимоий фанлар факультети биноси, 1-қават, 117-хона. Тел: (+99871) 236-46-55, 246-02-34; e-mail: nauka@nuu.uz

To'liq o'qish

Усмонов Камол Хошим ўғлининг 09.00.02 – Онг, маданият ва амалиёт шакллари фалсафаси (этика) ихтисослиги бўйича “Ўзбек халқи маънавий-ахлоқий меросида ҳарбий ватанпарварлик ғояларининг талқини” мавзусидаги фалсафа фанлари фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертациясининг ҳимояси Ўзбекистон Миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc27.06.2017.F.01.05 рақамли Илмий Кенгашининг 2017 йил 15 декабр куни соат 14:00 даги мажлисида бўлиб ўтади.

 

Манзил: Тошкент шаҳри, Университет кўчаси, 4-уй, Ўзбекистон Миллий университети Ижтимоий фанлар факультети биноси, 1-қават, 117-хона. Тел: (+99871) 236-46-55, 246-02-34; e-mail: nauka@nuu.uz.

To'liq o'qish

Келажагини, авлодлари иқболини ўйлаган инсон тинчлик ва осойишталик қадрига етади, уни ҳаётнинг энг бебаҳо неъмати деб билади.

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети Физика факультетида бўлиб ўтган “Диний экстремизм, терроризм ва унинг салбий оқибатлари” мавзуидаги маънавий-маърифий тадбирда бу ҳақда атрофлича сўз юритилди.

To'liq o'qish

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетида бўлиб ўтган “Миллий статистика тизими, ислоҳотлар, натижалар ва келгусидаги вазифалар” мавзуидаги илмий-услубий семинарда бу борада мутахассислар, тадқиқотчилар ва соҳа мутасаддиларининг фикрлари тингланди.

To'liq o'qish