O'zMU » Ma'lumotlar » Matematika fakulteti haqida

Matematika fakulteti O’zbekiston Milliy universitetining to’ng’ich fakultetlaridan bo’lib, Turkiston xalq universityeti tarkibidagi bo’lim sifatida tashkil topgan edi.

1918-1932 yillar mobaynida fizika-matematika bo’limining rahbari vazifasida turli davrda prof. V.I.Romanovskiy, prof S.N.Naumov, prof. A.V.Blagoveshyenskiy, prof.V.G.Muxin, prof.O.K.Langye, dotsent I.A.Teplov ishlagan.

1932-yilda fizika-matematika bo’limi asosida fizika-matematika fakulteti tashkil topdi. Bu fakultet dekani lavozimida dotsent R.R.TSummerman (1933-1934), dotsent A.P.Domoryad (1934-1935), dotsent A.L.Perelnik (1935-1936), prof. V.I.Romanovskiy (1936-1938) prof. A.A.Skvortsov (1938-1954), dotsent M.M.Sultonova (1954-1959) ishlagan.

1959-yilda fizika-matematika fakulteti asosida ikki fakultet: fizika va Mexanika-matematika fakultetlari tashkil topdi. Dotsent M.M.Sultonova Mexanika-matematika fakultetining birinchi dekani bo’ldi. Bu fakultet dekani vazifasini 1961-1965-yillarda dotsent M.A.Sobirov, 1965-1971 yillarda dotsent M.Vohidov bajardi.

1971-yilda Mexanika-matematika fakulteti negizida ikki fakultet – matematika hamda Tadbiqiy matematika va Mexanika fakultetlari tashkil qilindi. Matematika fakulteti dekanligi vazifasiga prof. J.Hojiyev saylandi. Keyinchalik prof.A.S.Sadullayev (1985-1992), prof. A.A’zamov (1992-1993), prof. G.Xudoyberganov (1993-1994) dekan bo’lib ishlagan.

1994-yilda matematika hamda Amaliy matematika va Mexanika fakultetlarining qo’shilishi munosabati bilan fakultet yana Mexanika-matematika fakulteti deb yuritila boshladi. Fakultetda avval prof.G.Xudoyberganov (1994-2001), prof. R.R.Ashurov (2001-2003) dekan bo’lib ishlagan bo’lsa, 2003-yildan fakultetga fizika-matematika fanlari doktori B.A.SHoimqulov rahbarlik qilmoqda.

Mexanika-matematika fakulteti keng qamrovli matematika, mexanika va axborot texnologiyalari sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Mazkur fakultet bitiruvchilari mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, akademik litsey, kasb-hunar kollyejlarida va o’rta maktablarda, turli ilmiy tekshirish institutlarida, hisoblash markazlarida va statistika tashkilotlarida ishlamoqda.

 

Fakultet saytiga o'tish

 

2015-2016-yil talabalar  stipendiyasi miqdori

 

2015-2016-yil talabaning 1 yillik o'qitish miqdori