O'zMU » Ma'lumotlar » Talabalar shaharchasi

 

Yurtboshimizning yoshlarga bo'lgan alohida e'tiborlari tufayli Respublika Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11-fevraldagi 60-sonli qaroriga binoan "Yoshlik" talabalar shaharchasi mustaqil ma'muriy xudud sifatida tuzilgan. Ushbu hududning maydoni 600 gektardan ko'proq bo'lib, 9 ta mahallada 42 mingga yaqin fuqaro istiqomat qiladi. 
Mahallalar nomlari: "Universitet", "Ziyo", "Chig`atoy Oqtepa", "Xislat", "Beruniy", "Beruniy maydoni", "Shifokorlar", "Baxouddin Naqshbandiy", "Mirzo G'olib".
Shaharchada respublikamizda eng nufuzli oliy o'quv yurtlari O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Texnika universiteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, bundan tashqari Toshkent Madaniyat, Bank, Politexnika, Tibbiyot, Maishiy xizmat ko'rsatish kollejlari, Glier nomli respublika musiqa akademik litseyi va yuqorida nomlari aytilgan o'quv yurtlarining akademik litseylari faoliyat ko'rsatmoqda. Toshkent Davlat Yuridik, Moliya institutlari o'quv korpuslarining bir qismi va talabalar turar joylari hamda Toshkent Davlat Aviatsiya, San'at institutlari talabalar turarВ joylari joylashgan. Muxtasar qilib aytganda, shaharcha hududidagi 26 ta o'quv muassasalarida 41 mingdan ko'proq talaba va o'quvchilar ta'lim olmoqda va malakalarini oshirmoqdalar. Xukumatimiz tomonidan talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida O'zMU, ToshDTU, Toshkent Aviatsiya, Toshkent Moliya, Toshkent Davlat San'at institutlari talabalar turar joylari zamon talablari darajasidagi talabalar turar joylariga aylantirildi.

Shaharchadagi O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat Texnika universiteti hududlarida stadion, sport majmualari, tennis kortlari, voleybol va basketbol maydonchalari qayta ta'mirlanishi bilan birga ikkita gimnastika zali, ikkita yopiq suzish havzasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

"Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimligi ta'lim muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligida o'tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarda talaba yoshlarni vatanga muhabbat, fidoiylik ruhida tarbiyalash va barkamol inson bo'lib etishishlari, bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlari hamda sport bilan shug`ullanishlariga imkoniyatlar yaratish va sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirish borasida muntazam faoliyat olib bormoqda.

Respublikamiz rahbariyati tomonidan yoshlarga doimiy ravishda alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ularning o'qish, dam olish va yashash sharoitlarini yaxshilash borasida hayrli ishlar amalga oshirilmoqda.В 2005 yilning iyun oyidan boshlab, "Yoshlik" talabalar shaharchasi hududida joylashgan, O'zbekiston Milliy universitetiga tegishli 9 ta talabalar turar joyi, Toshkent Davlat Texnika universitetiga tegishli 8 ta talabalar turar joyi, talabalar profilaktoriysi va 32-sonli talabalar poliklinikasi hamda "Yoshlik" talabalar shaharchasi talabalar ma'naviyat va ma'rifat markazi to'liq ta'mirdan chiqarildi va bugungi kun talablari darajasida jihozlandi. Talabalarga xizmat ko'rsatuvchi qora-qamish dehqon bozori "Yoshlik" talabalar shaharchasi shahobchasi, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari, umumiy ovqatlanish oshxonalari ta'mirdan chiqarildi. Shaharcha hududida ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar tomonidanВ obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, 16000 tupdan ziyodroq igna bargli daraxtlar, 8000 ga yaqin mevali daraxtlar, 7000 ga yaqin manzarali daraxt ko'chatlari hamda 250000 tupdan ortiqroq gul ko'chatlari ekildi.

 

margin-top: 3px; margin-bottom: 3px; margin-left: 5px; margin-right: 5px; float: left;