O'zMU » Ma'lumotlar » Talabalar kasaba uyushmasi

 

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti

Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi

 

 Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi 2002 yilda o`z ish faoliyatini boshladi. Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasining asosiy faoliyat yo`nalishi talabalalarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoyalash, shuningdek, qo`mita a`zolarining ilmiy va ijodiy izlanishlari qo`llab quvvatlash va ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko`rishdir. Shu bilan birga O`zMU Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi o`z a`zolarining o`quv jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda va miqdorda berilishini nazorat qilish, talabalarni ma`naviy va jismoniy jihatdan sog`lom o`stirishga qaratilgan faoliyatini yanada kuchaytirish bo`yicha qator ishlar amalga oshirildi. Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi talabalarning o`qish sharoiti va talabalar turar joylarida yashash sharoitlarining ahvoli yuzasidan jamoat nazoratini tashkil etish, kasaba uyushmasi a`zolari o`rtasida ta`lim tarbiya jarayonidagi intizomni mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, talabalarning bilim olish huquqini himoya qilish bo`yicha faoliyat olib bormoqda.

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TALABALAR KASABA UYUSHMASI QO`MITASINING TARKIBIY TUZILMASI 

 

Tanlangan asosiy vazifalarni bajarishda katta ishlarni amalga oshirdi. Xususan, universitetda tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar qatlami ya`ni, nogiron, ota-onasiz, kam ta`minlangan va ko`p farzandli oilalardan chiqqan talabalar joriy yil davomida uyushma tomonidan doimiy tarzda moddiy va ma`naviy rag`batlantirilib kelindi. Shu bilan birga talabalar kasaba uyushmasiВ tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga doimiy ravishda moddiy yordamlar ko`rsatilmoqda.

Bundan tashqari joriy yilda iqtidorli talabalarni qo`llab quvvatlash maqsadida ularni moddiy rag`batlantirish ishlari keng ko`lamda amalga oshirildi. Universitet tomonidan qishloq xo`jalik maxsulotlari talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan talabalarga bepul tarqatilmoqda.

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi o`zining faoliyatini ayniqsa Talabalar turar joylarida keng ko`lamda olib bormoqda. "Homiylar va shifokorlar" yilida Universitet Talabalar turar joylarining to`liq qayta ta`mirlanishi natijasida talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilandi.

Universitet miqyosida an`anaviy Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasining mini futbol bo`yicha ko`chma kubogi» uchun, katta futbol, qizlar va o`g`il bolalar o`rtasida volleybol, basketbol, kurash va sportning boshqa turlari bo`yicha o`tkazilgan musobaqalarining o`tkazilishi sport-sog`lomlashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Ekosan jamg`armasi bilan hamkorlikdagi sport marafoni talabalarning diqqat e`tiborida.

Bundan tashqari «Navro`z», "8-mart", "Mustaqillik", "Xalqaro talabalar kuni" kabi bayram tadbirlarini o`tkazish va ushbu bayramlar munosabati bilan iqtidorli va ijtimoiy kam ta`minlangan talabalarni rag`batlantirish joriy yilda keng ko`lamda amalga oshirildi.
Universitetda ta`lim olayotgan iqtidorli, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalardan 30 nafarini «Qizilsoy» dam olish ormgohida madaniy dam olishlarini tashkil etish maqsadida imtiyozli yo`llanmalar ajratildi.

17-noyabr «Xalqaro talabalar» kunini Universitet miqyosida keng nishonlashda Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasining o`rni katta. Ushbu bayram munosabati bilan universitet madaniyat saroyida bayram dasturi bo`lib o`tdi. Universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalar shaxsan universitet rektori G`.I.Muhamedov va Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan maxsus sovg`alar bilan rag`batlantirildi.

Toshkent shahar kengashi tomonidan universitetimizda ta`lim olayotgan ijtimoiy kam ta`minlangan talabalarga sport kiyimlari taqdim etildi.

Har yili Navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan fakultetlar o`rtasida "Mohir oshpazlar" ko`rik tanlovi o`tkazilib, final bosqichi g`oliblari Talabalar kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlanadi hamda ular uchun barcha sharoitlar yaratilib beriladi.

O`zbekiston Milliy universiteti Talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi, «Shovvozlar» teatri studiyasi bilan hamkorlikda tadbirlar uyushtirib kelmoqda.

Tuman Mehnat birjasi va Talabalar kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda talabalarni bo`sh vaqtlarini band etish maqsadida universitet miqyosida bo`sh ish o`rinlari mehnat birjasi tashkil etildi.

8 mart Xalqaro Xotin qizlar kuni arafasida O`zbekiston Milliy universiteti talabalar turar joyilarida istiqomat qilayotgan yosh ijodkor talabalarni ijodini namoyon etish maqsadida "Yosh qalamkashlar" ko`rik tanlovi o`tkazilib kelinmoqda.

Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar o`rtasida volleybol sport turi bo`yicha, talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o`rtasida kurash sport turi bo`yicha musobaqalari o`tkazilmoqda.