O'zMU » Ma'lumotlar » Talabalarning bo'sh vaqtlari

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetida talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar

 

Universitetda talaba-yoshlar bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari maqsadida universitet rahbariyati tomonidan 22 ta sport sektsiyalari, universitet Madaniyat saroyi qoshida 11 turdagi havaskorlik to'garaklari tashkil etilgan. To'garaklarda universitetning malakali hodimlari, professor-o'qituvchilari va sport ustalari faoliyat ko'rsatadilar. Bulardan tashqari universitet ma'naviyat tizimi tomonidan talabalarni teatr, badiiy film, turli xonandalarning kontsert dasturlariga hamda muzeylarga tashriflarini tashkil etiladi. Turli bayramlarda universitet Madaniyat saroyi katta zalida kontsert dasturlari, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, ko'ngil ochar tadbirlar tashkil etiladi. В В  Universitet Talabalar turar joylarida ham talabalarga juda keng shart-sharoitlar yaratilgan. U erda ham jahon andozalariga javob bera oladigan trenejor zallari, sport maydonchalari, internet tarmog'iga ulangan kompyuter zallari, barcha qulayliklarga ega ma'naviyat xonalari mavjud. Bu sharoitlardanВ  talaba-yoshlar unumli va oqilona foydalangan holda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishadi. Bulardan tashqari universitet rahbariyati tomonidan talabalarni taklif va istaklarini inobatga olgan holda, Talabalar turar joylariga mashhur yozuvchilar, davlat arboblari, ilm-fan hodimlari hamda shoir va shoiralarni tashrifini tashkil etiladi. Universitetning barcha fakultetlarida o'quv kutubxonalari mavjud bo'lib, ulardan talabalar o'zlariga kerakli bo'lgan badiiy va ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishadi. Bundan tashqari universitet rektoratida joylashagan Bosh kutubxona ham talabalar ixtiyorida.Yaqinda mamlakatimizda keng nishonlangan 14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan universitet Madaniyat saroyi katta zalida Respublika Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda "Vatanparvarlikni chinakam e'tiqodga aylantiraylik" mavzusidagi bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbirda universitet Madaniyat saroyi qoshida tashkil etilgan "Shovvozlar" teatr studiyasining chiqishlari va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan ansambl ijrosida bayram kontserti o'tkazildi. Tadbirga universitet harbiy kafedra hodimlari, professor-o'qituvchilari va universitet talaba-yoshlari tashrif buyurishdi. Xuddi shu kabi tadbirlar universitetimizda juda ko'plab o'tkazilib kelinadi. Universitet rahbariyati talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlarni to'liq yaratib berilmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning sonidan ko'ra sifatiga, umumiyligidan ko'ra individualligiga e'tibor qaratib, o'tkazilayotgan tadbirga talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqib yondoshishga harakat qildi. Bu borada qator misollarni kelitirish mumkin. Masalan, katta zallarda barchani bir joyga to'plab tadbirlar o'tkazishdan ko'ra, ana shu tadbirlarning mohiyatini alohida akademik guruhlarda, yigit-qizlar davrasida tushuntirish, ular bilan yuzma-yuz, rasmiyatchilikdan xoli tarzda ochiq muloqotlar olib borishga, talabalarning intilish va qiziqishlarini inobatga olagan xolda o'tkazishga erishdik. Bu esa pirovardida har bir talabaning darsda va darsdan tashqarida o'z fikrini erkinВ bayon eta olishi uchun imkoniyat yaratadi.Talabalarning dunyoqarashi va qiziqishlaridan kelib chiqib, "Yosh siyosatchilar", "Yosh jurnalistlar" faoliyati yanada samaraliroq tashkil etildi hamda talabalar o'rtasida В«NotiqlarВ» klubi faoliyati yanada takomillashtirildi. O'tkazilgan uchrashuvlar, baxs-munozara kechalari ommaviy tadbirlarga nisbatan akademik guruhlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi ko'proq bo'lishini ko'rsatdi. Bu tizimlar ma'naviy jarayonlarga davr bilan hamnafas bo'lgan zamonaviy usullarni qo'llash, uning ta'sirchanligini, hayotiyligini, rang-barangligini oshirishga qaratilgan. Bunda talaba-yoshlarning qiziqishlari va intilishlarini inobatga olgan xolda yondoshiladi.Talaba-yoshlarni darsdan bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha O'zbekiston Milliy universiteti katta-katta tadbirlar va ko'rik-tanlovlarning tashabbuskori hamda tashkilotchisi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu borada talaba-yoshlarda san'atga mehr uyg'otish, do'stlik rishtalarini mustahkamlash, badiiy-ijodiy mahoratini namoyon etishga qaratilgan Respublika Oliy o'quv yurti talabalari teatr-studiyalarning "Nihol" festivali, milliy an'analarimizga hurmat tuyg'usini mustahkamlash, unitilib borilayotgan go'zal urf-odatlarimizga qaratilgan "Xazina" o'zbek folklor san'ati va urf-odatlari festivali bevosita O'zbekiston Milliy universiteti nomi bilan bog'liq ekanligi barchamizga ma'lum. Universitet Madaniyat saroyida "Shovvozlar" teatr studiyasi tashkil etilgan bo'lib, unda faqat universitet talaba-yoshlari faoliyat ko'rsatadi. Teatr guruhi ijodkorlari universitet yoshlarining qalbidan joy topgan va ular har oyda o'zlarining yangi saxna ko'rinishlarini namoyish etib kelishmoqda. Joriy yilda Respublika oliy o`quv yurtlari o'rtasida o'tkazilgan "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik tanlovda "Shovvozlar" jamoasi 1-o'rinni egalladi va chempion nomiga sazovor bo'ldi.