O'zMU » Ma'lumotlar » Geologiya muzeyi

 

Geologiya fakulteti geologiya muzeyi


Muzeyda paleontologiya, mineralogiya va litologiya bo`limlari mavjud. Paleontologiya bo`limida tosh qotgan o`simlik va hayvon qoldiqlarining 1.340 ta eksponati qo`yilgan. Tarixiy-geologik bo`limda qo`yilgan eksponatlar soni 1.050 tani tashkil etadi. Minerologiya bo`limida mineralogiya kafedrasining 200 tagacha namuna eksponatlari saqlanadi.

Geologiya muzeyiLitologiya bo`limi ikkita: tog` jinslari hamda fatsiya va formatsiyalar qismlaridan iborat. Tog` jinslari qismida magmatik (ishqoriy, subishqorli, nordon, o`rta, asosli, o`ta asosli tarkibli va piroklastik), cho`kindi (bo`lakli, xemogen, organogen) va metamorfik jinslarning namunalari qo`yilgan. Fatsiyalar va formatsiyalar qismi quruqlik va suv osti fatsial komplekslarining namunalarini o`z ichiga oladi.
Universitet madaniyat saroyining ikkinchi qavatida ko`rgazma zali joylashgan. Unda ko`rgazmalar o`tkazilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Geologiya muzeyi

 

Muzeylar galereyasiga o'tish