O'zMU » Ma'lumotlar » Tarix fakulteti muzeyi

 

Tarix fakulteti muzeyi

 

Arxeologiya va etnologiya kafedrasi qoshidagi muzey - kabinet O`zbekiston va Turkmaniston Respublikalari hududlarida O`rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi tadqiqotchilari tomonidan hamda kafedrada tahsil olayotgan talabalarning o`quv arxeologik ekspeditsiyalari natijasida to`plangan arxeologik topilmalar asosida tashkil topgan. Ushbu muzey - kabinet talabalarning arxeologiya fanidan olgan nazariy bilimlarini boyitish va mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Muzey - kabinetda kafedrada o`tiladigan qator maxsus (O`rta Osiyo arxeologiyasi, numizmatika, epigrafika, arxeologik dala-tadqiqot usullari va hokazo) kurslardan ma`ruzalar o`qiladi. Bundan tashqari tarix fakultetining barcha talabalariga amaliy mashg`ulotlar olib boriladi.

Tarix muzeyi

Tarix muzeyi

 

Muzeylar galereyasiga o'tish