O'zMU » Ma'lumotlar » Zoologiya muzeyi

 

Saqlanib kelinayotgan zoologiya kollektsiyasi 100 yildan ortiq muddatda to`plab, yig`ib va saqlab kelinayotgan yirik ilmiy fond bo`lib, tarkibi 23,5 mingdan ko`p kollektsiya namunalarini tashkil etadi.

Zoologiya muzeyi

1918 yili Turkiston xalq universiteti tashkil bo`lganida G.A. Zarudniy shu universitetga zoolog sifatida dars berish uchun taklif qilingan. U o`z kollektsiyasini ham olib kelgan. Shu davrdan boshlab, kollektsiya zoologiya kafedrasida saqlanib kelmoqda. 19 oilaga mansub qushlardan 563 turi saqlanmoqda. Kollektsiya umurtqalilar zoologiyasi fondida 579 ta qush va sut emizuvchi eksponatlari mavjud bo`lib, ular O`zbekistonda kamyob va muhofazaga muhtoj hisoblanadi. Kollektsiya tarkibida 45 (yoki 94 foiz) tur qizil kitobning kamyob va muhofazaga muhtojlar safiga kiruvchi Ornitofauna namunasi hisoblanadi.

Kollektsiya tarkibida kam uchraydigan va muhofazaga muhtoj sut emizuvchilar eksponatida 129 turga mansub sut emizuvchilarni jamlagan.

Zoologiya muzeyi

 

Muzeylar galereyasiga o'tish