O'zMU » Ma'lumotlar » Mexanika-matematika fakulteti ma'muriyati

Djumabaev Davlatboy Xalillaevich

Djumabaev Davlatboy Xalillaevich 1995 yil O'zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakultetini matematika mutaxassisligi bo'yicha tugatdi. U fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2002 yili “Об интеграле Бохнера-Мартинелли в областях с кусочно-гладкой границей и его применение” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Hozirda doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. 40 dan ortiq ilmiy maqolalar va 5 ta o'quv qo'llanma muallifi. Mehnat faoliyati O'zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakulteti bilan bog'liq bo'lib, u aspiranturadan keyin shu fakultetda assistent, katta o'qituvchi, dotsent, dekan muovini lavozimlarida ishladi. 2013 yil iyulidan mexanika-matematika fakulteti dekani vazifasida faoliyat ko'rsatmoqda.

 

 

 

 

 

Xaydarov Ilxom Qudratovich

Xaydarov I.Q., 1975 yilda tug’ilgan. 1998 yilda Toshkent Davlat universitetini matematik amaliyotchi, mexanik mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tugatdi.

Fizika-matematika fanlari nomzodi. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Xaydarov I.Q. 2005 yildan 2008 yilgacha ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini, 2008 yildan esa o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini vazifasida ishlab kelmoqda.

Umumiy ish staji 10 yil. 2005 yilda 01.02.01 – Nazariy mexanika ixtisosligi bo’yicha “Достаточные условия устойчивости, неустойчивости и стабилизируемости установившихся движений систем с избыточными координатами” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Xaydarov I.Q. nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bo’yicha Ixtisoslashgan kengash qoshidagi seminar a’zosi, shuningdyek, fakultet Ilmiy kengashi va metodik kengash a’zosi.

2008 yildan hozirga qadar bakalavriaturaning “Matematika” va “Mexanika” yo’nalishlarining hamda ushbu yo’nalishlar negizidagi magistratura mutaxassisliklarining DTS va o’quv rejalarini ishlab chiqishda va o’quv dasturlarini takomillashtirishda muntazam qatnashib kelmoqda.