O'zMU » Ma'lumotlar » O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

AXBOROT XATI

 

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2016 yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 33-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar reja”si va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 23 yanvardagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2016 yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 27-sonli buyrug‘i asosida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston ta'lim tizimi: islohotlar, yutuqlar va istiqbollar” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjuman ishtirokchilarini ro‘yxatga olish soat 9-00 dan 9-45 gacha davom etadi. Anjuman soat 10-00 da boshlanadi.

 

Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:

-fizika-matematika fanlarining dolzarb muammolari;

-Tabiiy fanlarning dolzarb muammolari;

-Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari;

 -Ustoz va shogird maktabi.

 

Ilmiy maqolalar tashkiliy qo‘mitaga quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilib yetkazilishi lozim:

1.    Maqolalar ilm-fan tarmog‘ining 4 yo‘nalishida  o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi:

2.    Maqolalar mamlakat taraqqiyotining manfaatlariga zid bo‘lmagan, dolzarb mavzularga qaratilgan bo‘lishi, ilmiy-amaliy talablarga javob berishi, tadqiqotchining ilmiy izlanishlari doirasida bo‘lishi, hamda taklif va mulohazalar berilishi lozim;

3.    Maqolaning umumiy hajmi - 4-5 betgacha hajmida bo‘lishi lozim.

4.    Matn formati Microsoft Word. 1,5 intervalda Arial va Times New Roman 14 pt (yozma va elektron variantda) topshirilishi shart.

5.    Mant formatining chegarasi: tepadan, pastdan, chapdan, o‘ngdan - 2,5.

6.    Maqolaning tepa qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi. Keyingi qatorning o‘rtasida muallif haqida quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilishi lozim: Ismi, otasining ismi, familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, shahar, tashkilot (o‘quv yurti nomi) va telefon raqami.

7.    Keyingi qatorda REZYUME so‘zidan keyin, o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqolaning nomi va qisqa rezyumesi berilishi lozim.

8.    Foydalanilgan manba (snoska, ixtibos)lar har bir sahifaning tagida ko‘rsatilishi shart. Adabiyotlar ro‘yxati maqolaning oxirida keltirilishi nazarda tutilmagan.

 

Eslatma:  Tahririyat kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega. Maqola mazmuni uchun javobgarlik mualliflar zimmasiga yuklatiladi.

Fan tarmog‘ining to‘rt yo‘nalishidan «Eng yaxshi» deb baholangan maqolalar anjuman tashkiliy qo‘mitasi tomonidan maxsus sertifikat bilan rag‘batlantiriladi.

Ilmiy to‘plam uchun maqolalar 2016 yilning 25 avgustgacha qabul qilinadi

Manzil:Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4 uy,    O‘zMU Ma'muriy binosi, 10-qavat, 102-xona  (Mo‘ljal, metroning “Beruniy” bekati)

Elektron pochta manzili: alexxonfrank@gmail.com <mailto:alexxonfrank@gmail.com>

Ma'lumot uchun telefonlar:  +99871 227 10 35 

                                                   +99890 114 03 69