O'zMU » Ma'lumotlar » Mexanika-matematika fakulteti yo'nalishlari

Hozirgi kunda fakultetda «Matematika», «Mexanika», «Amaliy matematika va informatika», «Informatsion texnologiyalar» yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar shuningdek, 5А130101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha),  5А130102 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, 5А130103  - Matematik fizika, 5А130202 – Amaliy matematika va axborot texnologiyalari, 5А140302 – Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi, 5А330201 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minlash (tarmoqlar bo’yicha), mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

O’qish muddati bakalavriaturada – 4 yil, magistraturada – 2 yil. Mashg’ulotlar o’zbek va rus tillarida olib boriladi. Har yili bakalavriaturaning 1-kursiga 200 ga yaqin, magistraturaga esa 70 dan ortiq talabalar o’qishga qabul qilinadi. Hozirgi kunda barcha yo’nalishlarda 800 dan ortiq talabalar tahsil olmoqdalar.

Fakultetda 5 ta mutaxassislik bo’yicha nomzodlik va doktorlik ilmiy darajasini berish huquqiga ega Ixtisoslashgan Kengash faoliyat yuritib turibdi.

Mexanika-matematika fakulteti bitiruvchilari oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida, O’zR FA ilmiy-tekshirish institutlarida va moliya, bank hamda statistika tashkilotlarida, informatsion resurs markazlari mavjud bo’lgan barcha korxona va tashkilotlarda ishlashlari mumkin.

Fakultetda 10 ta kafedra 3 ta resurs markazlari, axborot resurs markazi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Barcha kafedralarda magistratura, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilik va katta ilmiy xodim-izlanuvchilik mavjud.

Davlat akkreditatsiyasidan o’tgan stajor-tadqiqiotchi-izlanuvchilik uchun ixtisosliklar shifri va nomi

01.01.01 – Matematik tahlil

01.01.02 – Differensial tenglamalar

01.01.03 – Matematik fizika

01.01.04 – Geometriya va topologiya

01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

01.01.05 – Matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi

01.02.01 – Nazariy mexanika

01.02.04 – Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi

01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi

05.13.18 – Matematik modellashtirishning nazariy asoslari

01.13.19 – Axborot texnologiyasi, axborotlar xavfsizligini ta’minlash tizimlari

 

Davlat akkreditatsiyasidan o’tgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilik uchun ixtisosliklar shifri va nomi

01.01.01 – Matematik tahlil

01.01.02 – Differensial tenglamalar

01.01.03 – Matematik fizika

01.01.04 – Geometriya va topologiya

01.02.01 – Nazariy mexanika

01.02.04 – Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi

05.13.18 – Matematik modellashtirishning nazariy asoslari