O'zMU » Ma'lumotlar » Huquqshunoslik fakulteti ma'muriyati

Fakultet dekani, yuridik fanlari nomzodi, dotsent Ikramov Ravshan Aktamovich
Ikramov Ravshan Aktamovich, 1968 yil 8 avgust Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan.
1975 yilda Kattaqo'rg'on shahridagi 5-sonli maktabning birinchi sinfiga o'qishga borib, uni 1985 yilda oltin medal bilan tamomlagan. 1985 yilda Toshkent Davlat universitetining o'zbek filologiyasi fakultetining kechki bo'limiga o'qishga kirgan. 1986 yildan 1988 yilgacha armiya saflarida xizmat o'tagan. 1990 yilda Toshkent Davlat universitetining huquqshunoslik fakultetining kechki bo'limida o'qishni davom ettirgan. Shu yili ushbu fakultetga Toshkent Davlat yuridik instituti maqomi berilgan. 1996 yili ushbu institutni tamomlagan. 
U o'z mehnat faoliyatini 1988 yil Toshkent Davlat Universitetining oilali yosh mutaxassislar uyi boshlig'i lavozimidan boshlagan. 1994 yildan 2003 yilga qadar Talabalar shaharchasi direktor muovini lavozimida ishlagan. Shu davr mobaynida, 1999 yil 13 mayda «Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimiyatida Fidokorlar Milliy Demokratik partiyasining birinchi kotibi etib saylangan. 2003-2009 yillar Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti kadrlar bo'limi boshlig'i, 2009 yil iyul oyidan boshlab hozirgi kunga qadar Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Shu bilan bir qatorda 2000 yil sentyabr oyidan boshlab Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakulteti «fuqarolik jarayoni» kafedrasi dosenti lavozimida ham faoliyat olib bormoqda.

 

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini

Boltaev Mansurjon Sotivoldievich 01.11.2011 dan buyon: Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini.

 

Manaviyat va marifat ishlari bo'yicha dekan muovini

01.12.2011 dan buyon Mirzo Ulug'bek nomidagi Mirzo O'zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti fuqarolik huquqi va fuqarolik prosessi kafedrasi o'qituvchisi.

 

Ilmiy ishlar bo'yicha dekan muovini

Toshpo'latov Akrom Ikromovich. U 26.08.2009.dan buyon: Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Huquqshunoslik fakulteti “Jinoyat huquqi va jinoyat prosessi” kafedrasi dos.v.b. lavozimida ishlaydi.