O'zMU » Ma'lumotlar » Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi

Burxanova Leyla Mariusovna

01.12.2011 yildan Huquqshunoslik fakulteti “Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi mudiri.

Yuridik fanlari nomzodi, dosent.

Tel:246-04-69

 

“Grajdanlik huquqi” va “Grajdanlik protsessi” kafedrasi 1941 yilning aprel oyida Toshkent Davlat universiteti, yuridik fakultet bazasida tashkil topgan. Kafedraga mashxur olimlardan E.O.Dombrovskiy, S.E.Avrux, Ya.E.Pesin, X.Raxmonqulov, I.B.Zokirovlar mudirlik qilishgan.

Kafedrada mamlakatimizdagi qator mashxur tsivilist olimlar F.X.Sayfullaev, F.M.Otaxo'jaev, F.X.Xamidov, S.V.Skrabin, Z.M.Shomuxammedova, B.I.Ibratov, T.V.Kochergina, O.E.Ernazarov, N.A.Yudashkina, X.T.Azizov, S.B.Boboqulov, Sh.N.Ro'zinazarov, N.A.Abdullaev, T.A.Ayubov, V.Ya.Klyueva, M.I.Birkin, B.B.Samarxo'jaevlar faoliyat ko'rsatganlar. 1991 yilda Toshkent Davlat universiteti tarkibidagi yuridik fakultet mustaqil institut sifatida ajrab chiqib, Toshkent Davlat Yuridik instituti tashkil topadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 01-236 sonli 02.10.1993 yildagi buyrug’iga binoan ToshDUning tarix fakulteti qoshidagi “Davlat va huquq asoslari” kafedrasi negizida “huquqshunoslik” bo'limi tashkil topib, mazkur bo'limda dastlab ikki kafedra mavjud edi, shulardan biri “Davlat va huquq asoslari” kafedrasi bo'lib, bu kafedraga “Fuqarolik huquqi” faniga tegishli bo'lgan barcha fanlar kiritilgan edi.

1995 ilda tarix fakultetida “huquqshunoslik” bo'limi ajratilib, “Falsafa” fakultetiga qo'shilgan. 1995 ilda tarix fakultetidan “huquqshunoslik” bo'limi ajralib chi?ib, “Falsafa” fakultetiga qo'shilgan edi.

O'zbekiston Milliy Universiteti Raxbariyatining huqushunoslik sohasini oliygoh negizida saqlab qolish, uni ilmiy jihatdan yanada salohiyati yuksak fakultet sifatida qaytadan tashkil etish, bu mashahatli ishga kamarbasta bo'la oladigan taniqli huquqshunos olimlarni jalb etish istagi mavjud bo'lgani bois, fakultetni tashkil etish uchun avvalambor uni gumanitar fanlari bo'yicha ta'lim beradigan fakultetlar qoshida kafedra shaklida tashkil etilishiga qaror qilindi.

19.12.1997 yil ToshDU rektorining 01-639 sonli buyrug’iga asosan “huquqshunoslik” bo'limi “huquqshunos-pedagog” fakultetiga aylantirilib, uning qoshida to'rtta kafedra tashkil etilgan edi.

Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi fanlariga tegishli bo'lgan fanlarni birlashtiruvchi kafedra “Grajdanlik va jinoyat huquqi fanlari kafedrasi” deb nomlangan edi. Bu kafedraga dotsent Otajonov Yusuf Otajonovich mudir etib tayinlangan edi.

1998 yil 27 fevralda ToshDU ilmiy kengashining qarori asosida “Fuqarolik huquqiy fanlari” kafedrasi tashkil etiladi va unga yu.f.n., dotsent I.Anortoev 1999 yilgacha rahbarlik qilgan.

2000 yili esa huquqshunoslik fakulteti deb qayta nomlangan edi. UzMU ilmiy kengashining 2000 yil 3 aprel qarori asosida «Fuqarolik huquqi» kafedrasi sifatida tashkil etilgan.     

UzMU ilmiy kenashining  2011 yili 30 noyabr qarori asosida «Fuqarolik protsessi» kafedrasi “Fuqarolik huquqi” kafedrasiga qo'shilib, “Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi deb nomlandi.

Hozirgi kunda «Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi» kafedrasida  10,75 ta  shtat birligi, 9647,3 soat xajmida o'quv yuklamasi mavjud bulib, ulardan 2 ta  professor, 6 ta dotsent, 3 yuridik fanlari nomzodi va 4ta  o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmokdalar.

  Yuqorida aytib o'tib ketganimizdek,“Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasida 2012-2013 o'quv yilida jami 15 ta professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar.

 Bular kafedra mudiri, dotsent L.M.Burxanova, yu.f.d. prof. E.Egamberdiev, yu.f.d. prof. Yu.Nazarov,  yu.f.n., dots. V.R.Topildiev, yu.f.n., dots. G.A.Xudayberdieva, yu.f.n., dots. B.Jonboqiev, yu.f.n., dots. M. Nasullaev, yu.f.n., dots. G.Yaxyaeva, yu.f.n., dots. L.M. Burxanovalar, katta o'qituvchi M.L.Axundjanova va F.Abdullaevalar, o'qituvchi yu.f.n. Sh.Ismailov, yu.f.n. L. Raxmatullaev, M.Boltaevlar, o'qituvchi D.Tajibaeva, o'qituvchi X.Sodiqovlardir.

Kafedrada bakalavr yo'nalishida 13 ta, magistratura yo'nalishida esa 17 ta fan bo'yicha  o'quv mash?ulotlari olib boriladi.

Yuqoridagi muassasalar bilan o'zaro aloqalar borasida anjumanlar o'tkazish, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish, opponentlik qilish, taqrizlar yozish, ilmiy maqolalar, monografiyalar, darslik va o'quv qo'llanmalar, uslubiy qo'llanmalar tayyorlash, malakaviy bitiruv va magistrlik ishlariga rahbarlik qilish va ularga taqrizlar yozish kabi soxalarda amalga oshiriladi.

Bugungi kunda kafedrada darslik va o'quv qo'llanmalar tayyorlash borasida professor-o'qituvchilar tomonidan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Kafedraning professor o'qituvchilari jamoat ishlarida ham faol qatnashib kelmoqdalar. Jumladan, ular tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarini mahallalarda, talabalarning yotoqxonalarida va boshqa joylarda targ’ib qilib kelmoqdalar.

Kafedra professor-o'qituvchilari “Ustozlar-murabbiylar” sifatida biriktirilgan guruhlarda doimiy ravishda tarbiyaviy ishlarni olib boradilar. Ular ma'naviy- madaniy, ommaviy, sport va boshqa tadbirlarda doimo o'z guruh talabalari bilan birga bo'ladilar.

Kafedra professor-o'qituvchilari doimiy ravishda halqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda, seminarlarda ishtirok etib kelmoqdalar.