O'zMU » Ma'lumotlar » Jinoyat huquqi va jinoyat protsessi kafedrasi

Xaqberdieva Ra'no Toshevna

17.05.2005 yildan “Jinoyat huquqi va jinoyat protsessi” kafedrasi mudiri.

Yuridik fanlari nomzodi, dosent. 

Tel: 246-09-25

 

2000 yil yanvar oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining buyrug’iga asosan “huquqshunos-pedagog” fakulteti “huquqshunoslik” fakultetiga aylantirilgan.

O'zMU Ilmiy kengashining 2000 yil 3 aprel qaroriga asosan “Jinoyat huquqi fanlari” kafedrasi 2 ga bo'linib ikkita kafedra tashkil etilgan.

1.“Jinoyat  huquqi” kafedrasi,

2.“Jinoyat protsessi” kafedrasiga.

“Jinoyat protsessi” kafedrasiga dotsent R.T. Xaqberdieva kafedra mudiri bo'lib qolgan.

2000-2003 yillarda “Jinoyat huquqi” kafedrasiga dotsent G.S.Sharipova, 2003-2004 yillarda dotsent v.b. R.E.Qurbonov, 2004-2005 yillarda dotsent G.S.Sharipova kafedra mudiri sifatida faoliyat ko'rsatganlar.

O'zMU Rektorining № 01-153 sonli 18 mart  2005 yildagi buyrug’iga  ko'ra, har ikkala kafedra yana birlashtirilib, “Jinoyat huquqi va jinoyat protsessi” kafedrasi deb nomlandi va kafedraga dotsent R.T.Xaqberdieva  mudir qilib qoldirildi.

 “Jinoyat huquqi va jinoyat  protsessi” kafedrasida 2012-2013 o'quv yilida jami 8 ta professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar: shulardan 2 ta to'liq,, (dotsentlar-Xaqberdieva R.T., Toshpo'latov A.I.),  2 ta 0,75, (professor-Pulatov Yu.S., o'qituvvchi-Raxmedov A.I.), 3 ta yarim stavkada (dotsent Sobirov K.A., kat.o'qt.- Maxmudov J.J., o'qt-Payziev A.R.) va 1ta 0,5 stavkada (dotsent-Zakurlaev A.K.) o'rindoshlik asosida faoliyat yuritishmoqda.

Bulardan 1 tasi fan doktori, 4 tasi yu.f.n,  dotsentlar va 2 tasi o'qituvchilardir, 1 tasi katta o'qituvchi.

Bular: kafedra mudiri, dotsent Xaqberdieva R.T., professor. Pulatov Yu.S.  dotsentlar-Sobirov K.A., Toshpo'latov A.I., Zakurlaev A.K.,   o'qituvchilardan Payziev A.R., Raxmedov A.I., kat.o'qit. Maxmudov J.J.

Bugungi kunga kelib kafedraning barcha porofeesor–o'qituvchilari Mirzo  Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi «Oliy Pedagogika instituti”, Toshkent Davlat yuridik institutida malaka oshirishdan o'tganlar. Ba'zilari chet ellarda malaka oshirgan – Katta o'qituvchi Maxmudov J.J. - Malayziyaning Shoh Alm-Selengur shahrining Mara Texnologiya Univesitetida malaka oshirgan.

Kafedra qoshida “Kriminalistika  uslubiy xonasi” mavjud bo'lib, u etarlicha texnika vositalari, stendlar, o'quv videofilmlari, tergov chemodoni, televizorlar, videomagnitofonlar bilan jihozlangandir. Bu xonada “Kriminalistika”, “Jinoyat huquqi” va “Jinoyat protsessual huquqi” fanlaridan dars o'tiladi.

Shuningdek kafedra qoshida “Sud zali” ham mavjud bo'lib, bu zalda “Jinoyat protsessual huquqi”, “O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati”, “Prokuror nazorati” fanlaridan “O'yin protsesslari” talabalar ishtirokida o'tkazilib turiladi.

Kafedrada barcha fanlar bo'yicha konkret mavzularga tegishli sxemalar, tarqatma materiallar tayyorlangan.

Aksariyat darslar ilmiy-texnika vositalaridan foydalanilgan holda, yuqori ilmiy-uslubiy saviyada ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o'tkazilada.

Kafedra professor-o'qituvchilari doimiy ravishda o'quv-uslubiy ishlarni olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o'qituvchilari doimiy ravishda xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda, seminarlarda ishtirok etib kelmoqdalar.    

Kafedra har yili dolzarb mavzulardan birida anjumanlar o'tkazib kelmoqda. Kafedra  2012 yilning 8 noyabrida “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni  takomillashtirish masalalari” mavzusida anjuman o'tkazdi.

Kafedrada o'quv-uslubiy ishlar sohasida ham yutuqlarga erishilgan.

Bugungi kunga qadarli kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 33 dan ortiq o'quv qo'llanmalar, 17 ta uslubiy qo'llanmalar va 5 ta monografiya nashr ettirilgan.

Bugungi kunda ham  kafedrada  o'quv qo'llanmalar va uslubiy qo'llanmalar  tayyorlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Kafedraning ilmiy mavzusi: “Jinoyat huquqi va jinoyat protsessini liberallashtirish muammolari”deb nomlangan.

O'quv jarayonini yuqori sifatda o'tkazilishi va barcha tashkiliy- pedagog faoliyatni kafedraning ilmiy salohiyatini doimiy takomillashtirmasdan turib, tasavvur etib bo'lmaydi. Shu sababli, bu masalaga alohida e'tibor qaratilgandir.

Kafedramizning quyidagi professor-o'qituvchilari va stajyor – tadqiqotchi-izlanuvchilar dissertatsiyalar ustida ish olib borishmoqdalar

Kafedraning professor-o'qituvchilari jamoat ishlarida ham faol qatnashadilar. Ular O'zbekiston Respublikasi  Oliy  Majlisining qonunlarini, Prezident Farmonlarini maxallalarda, talabalar turar joylarida  va boshqa fakultetlarda tarqib qilishda ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra  professor-o'qituvchilari “Ustozlar-murabbiylar” sifatida biriktirilgan guruqlarda doimiy ravishda tarbiyaviy ishlarni olib boradilar. Ular madaniy-ommaviy, sport va boshqa tadbirlarda doimo o'z guruh talabalari bilan birga bo'ladilar.

O'qituvchi Payziev A.R. huquqshunoslik fakultetining 2012 yiling “Eng yaxshi va faol murabbiysi” deb topildi.