O'zMU » Ma'lumotlar » Konstitusiyaviy huquq kafedrasi

“Konstitusiyaviy huquq” kafedrasi 2000 yilda tashkil topgan. 2000-2002 yillarda kafedrani yuridik fanlari nomzodi, dosent Xudoyberdieva Viloyat Djabborovna boshqargan.
2002 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedraga yuridik fanlari doktori, professor Jalilov Shuxrat Ilhomovich rahbarlik qilmoqda. Sh.I.Jalilov kafedra mudirligi bilan bir qatorda 2004 yilga qadar Oliy Majlis deputati lavozimida ham faoliyat yuritib kelgan. Sh.I.Jalilov atoqli olim O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Shavkat Zakarievich Urazaevning ilmiy maktabining davomchisi sifatida davlat va huquq nazariyasi va konstitusiyaviy huquqning rivojlanishiga, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga, ilmiy darajali huquqshunoslar tayyorlashga barakali hissa qo'shdi. Bugungi kunga qadar uning qirqdan oshiq monografiya, o'quv qo'llanmalari, yuzdan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 

O'zbekistonda “O'zini-o'zi boshqarish huquqi”, “Parlament huquqi” kabi yangi yuridik fanlarning tashkil topishi va o'quv tizimiga kiritilishida katta hizmat qildi. Mamlakatimizda ilk marotaba “O'zbekiston Respublikasining o'zini-o'zi boshqarish huquqi” nomli o'quv qo'llanmani chop etgan. Uning rahbarligida bir necha aspirant va tadqiqotchilar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilganlar. Xususan uning rahbarligida himoya qilgan yu.f.n. dos. 

M.I.Suvonqulov O'zRIIV Yong'in havfsizligi oliy texnik maktabi “Kasbiy faoliyatni huquqiy tartibga solish” kafedrasi mudiri, yu.f.n. dos. S.A.Xodjaeva O'zbekiston Yuristlar malakasini oshirish markazi direktor muovini lavozimida ishlab kelishmoqda. Hozirda Sh.I.Jalilov TDYuI qoshidagi OAK Muvofiqlashtiruvchi kengash a'zosi.

Kafedra faoliyat yuritgan yillarda kafedrada yu.f.d. prof. S.A.Sultonov, yu.f.d. prof. U.U.Choriyorov, yu.f.d. prof. F.X.Raximov, yu.f.d.prof. Z.M.Islomov, yu.f.d.prof. M.Fayziev, yu.f.n. dos. O.A.Rahimova, yu.f.n dos. S.Shodieva, yu.f.n. dos. A.Latipovlar kabi huquqshunos olimlar faoliyat yuritishgan.

Kafedra tashkil topgan davrdan hozirgi kunga qadar kafedraning ikki a'zosi A.E.Yuldashev va V.G.Fayzullaevalar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilganlar. Hozirgi kunda 12.00.01 yo'nalishi bo'yicha kafedrada 1 nafar doktorant, 7 nafar aspirant va to'rt nafar mustaqil tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Hozirda esa kafedrada 2 nafar yuridik fanlari doktori Sh.I.Jalilov va O.Oqilovlar, 2 nafar yuridik fanlari nomzodlari M.X.Shotursunov va V.G.Fayzullaevalar, 3 nafar katta o'qituvchi G.Yu.G'anieva, I.O.Xamraev va T.A.O'rozboevlar, 1 nafar yosh o'qituvchi A.E.Aksanovalar faoliyat olib bormoqdalar.

2009 yilgi saylovlarda kafedra a'zosi yu.f.d. O.Oqilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Kafedra a'zosi katta o'qituvchi I.O.Xamraev O'zbekiston Milliy universiteti Talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

2000 yildan bugungi kunga qadar kafedra a'zolari Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 3 ta davlat granti bo'yicha ish olib borishdi. Xususan 2000 yilda “O'zbekiston Respublikasida ma'muriy va moliya huquqining rivojlanishi masalalari”, 2001-2003 yillarda “O'zini-o'zi boshqarish organlarining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusidagi davlat granti asosida ishlandi. 2009 yildan boshlab “Yoshlarda siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirishning mazmuni va o'quv metodik ta'minotini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha ustida ish olib borilmoqda.

Kafedrada an'anaviy tarzda har yili respublika miqyosida talaba va magistrlarning ilmiy-nazariy konferensiyalari o'tkazilib kelinmoqda. Kafedra Yuridik oliy ta'lim muassasasalari bilan keng hamkorlik yuritib kelmoqda. Xususan TDYuI Konstitusiyaviy huquq kafedrasi, Toshkent Bojxona oliy harbiy instituti, QQDU Huquqshunoslik fakulteti Konstitusiyaviy huquq kafedrasi, NamDU Huquqshunoslik fakulteti, SamDU Huquqshunoslik fakulteti, O'R IIV Akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti bilan shartnoma asosida doimiy hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda bir qator xorijiy mamlakatlar OO'Yulari bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Xususan Moskva Davlat universiteti Yuridik fakulteti, Sverdlov Yuridik Akademiyasi, Rossiya mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi, Vena Davlat universiteti Yuridik fakulteti, Sofiya Davlat universiteti Yuridik fakulteti, Vestfaliya Davlat universiteti kabi xorijiy davlatlarlarning nufuzli oliygoxlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan.