O'zMU » Ma'lumotlar » Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Vsevolod Ivanovich Romanovskiy

Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Vsevolod Ivanovich Romanovskiy – atoqli olim, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasidagi empirik xarakteristikalarning taqsimot funksiyalarini tadqiq etishga, chekli Markov zanjirlariga, amaliy statistika masalalariga ulkan hissa qo’shgan yirik mutaxassisdir.
V.I.Romanovskiydan 200 dan oshiq ilmiy maqola va 10 ga yaqin monografiyalar me’ros qoldi. Uning bir necha monografiyalari o’zbek, rus, fransuz va ingliz tillarida O’zbekiston va chet ellarda qayta-qayta nashr etilgan.
V.I.Romanovskiy davlat mukofotlari bilan ham taqdirlangan. Uning xizmatlari istiqloldan so’ng hukumatimiz va Prezidentimiz tomonidan yuksak darajada baholanib, 2004 yilda “Buyuk Xizmatlari Uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Qori Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich
Mexanika-matematika fakulteti akademiklari 

Qori Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich (1897.02.09-1970.18.03.) – matematik olim, pedagog, jamoat arbobi, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan fan arbobi, mehnat qahramoni, Beruniy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti lauriyati, O’zbekiston Respublikasining “Buyuk hizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 
Qori Niyoziy O’zbekiston halqlarinig madaniy hayoti tarixiga doir ilmiy ishlar muallifi, elementar va oliy matematika bo’yicha o’zbek tilidagi birinchi darsliklar muallifi.

Toshmuxammad Aliyevich Sarimsoqov

Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-1995) – atoqli olim, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasidagi ehtimollar nazariyasi usullarini klassik analizga tadbiqi, Markov zanjirlariga, topologik yarim maydonlar, ularni topologiya, funksional analiz va ehtimollar nazariyasiga qo’llash masalalariga ulkan hissa qo’shgan yirik mutaxassisdir.
Undan jami 200 dan ortiq o’ta muhim ilmiy ishlar, hamda ko’plab ilmiy - ommabop maqolalar me’ros qoldi. Shulardan 8 tasi matematika fani rivojiga salmoqli hissa qo’shgan monografik asar va 2 tasi esa hozir ham qo’llanilayotgan darsliklardir.

Sa’di Hasanovich Sirojiddinov

Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

S.H.Sirojiddinov O’zbekistonda Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika maktabining rivojlanishi, kengayishi va butun dunyoga mashhurlik darajasiga olib kelgan buyuk matematik olimdir.
U o’tgan asrning 40-yillari oxirida V.I.Romanovskiy rahbarligida ko’p o’lchovlik polinomlar va Ermit ko’phadlarini tadqiq etdi. S.H.Sirojiddinov tomonidan isbotlangan bir jinslik Markov zanjirlariga oid limit teoremalari matematika dunyosiga ma’lum. Akademik olim S.X.Sirojiddinov 180 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. U 10 ta fan doktori va 40 dan oshiq fan nomzodlarini tayyorlashga muvaffaq bo’ldi. Uning shogirdlari o’z ustozi ilmiy maktabining hozir yangi shahobshalariga asos solib, ularni rivojlantirmoqdalar.

Qobulov Vosil Qobulovich
Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Qobulov Vosil Qobulovich – taniqli olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati.
V.Q.Qobulovning ilmiy faoliyati kibernetikaning dolzarb fundamental va amaliy muammolarini hal qilishga qaratilgan. Uning rahbarligida fan va halq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar – nazariy kibernetika (texnologik jarayonlarni boshqarishga oid) va ilmiy tatqiqotlarini avtomatlashtirish tizimi yaratildi.
U O’zbekiston Kibyernitika fanining va algoritmlar nazariyasini asoschisi.

O’razboyev Muhammad Toshevich 

Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

O’razboyev Muhammad Toshevich – O’zbekiston fanlar Akademiyasi akademigi (1956). Butun Ittifoq qurilish va arxitektura akademiyaci akademigi (1957), Davlat mukofoti laureati (1959), Beruniy nomli O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967), O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1960).
Asosiy ilmiy ishlari: asosan Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasigi oid.

Salohiddinov Maxmud Saloxiddinovich
Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Salohiddinov Maxmud Saloxiddinovich – atoqli matematik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1984), Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974), “Hurmat bel¬gisi” ordeni (1976), “Mehnat shuhrati” ordeni. (1999) va “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2007) bilan munosib taqdirlangan. M.S.Saloxiddinov xususiy hosilali differensial tenglamalar, inte¬gral tenglamalar, shuningdek, funksiyalar nazariyasi sohalarida chuqur fundamental tadqiqotlar olib borgan.
M.S.Saloxiddinov 4 ta monografiya, 10 dan ortiq darslik va o’quv qo’l-lanmalar hamda respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilingan 300 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.

Jo’rayev To’xtamurod Jo’rayevich 

Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Jo’rayev To’xtamurod Jo’rayevich – taniqli matematik olim, O’zbekiston¬da xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1991), Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974), 1996 yilda “Do’stlik” ordeni, 1999 yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
T.J.Jo’rayevning butun ilmiy faoliyati matematik fizikaning noklassik tenglamalari uchun chegaraviy masalalar nazariyasini ishlab chiqishga qaratildi. U aralash, qo’shma va aralash-qo’shma tipdagi tenglamalarni tadqiq etdi.
T.J.Jo’rayev 3 ta monografiya, bir qancha darslik va o’quv qo’llanmalari hamda respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilingan 300 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir.

Rashidov Tursunboy 


Rashidov Tursunboy (1934, Toshkent) – Mexanika sohasidagi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979).
Ilmiy ishlari konstruksiyalar va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmodinamikasiga doir.
Beruniy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1983). Respublika va ittifoq davlat mukofotlari sovrindoridir.

Azlarov Tursun Abduraximovich
Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Tursun Abduraximovich Azlarov (1938 yilda tug’ilgan) ommaviy xizmat ko’rsatish matematik nazariyasiga, ehtimollar nazariyasining limit teoremalariga, taqsimotlar nazariyasining xarakterizatsiya masalalariga, bir jinsli Markov zanjirlari uchun statistik kriteriylar asimptotik nazariyasiga salmoqli hissa qo’shgan olim, Abu Rayhon Beruniy nomli Davlat mukofoti laureati sovrindori.
T.A.Azlarov tomonidan 160 dan ortiq ilmiy maqolalar va 10 ga yaqin monografiyalar (shulardan 40 tasi chet el jurnallarida) nashr etilgan. Uning rahbarligida 35 nafar fan nomzodi va ikkita fan doktori tayyorlangan.

Numon Yunucovich Satimov
Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Akademik N.Yu.Satimov rahbarligida o’tgan asrdagi 70-yillardan boshlab O’zbekistonlik matematik olimlar differensial o’yinlar va bosh¬qa¬ruv nazariyasi sohasida katta yutuqlarga erishib, O’zbekistonda ilk bor boshqaruv va differensial o’yinlar nazariyasi ilmiy maktabi shakllantirdi. O’zbekiston respub¬li¬kasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.
Akademik N.Yu.Satimov tomonidan bitta darslik, 2 ta monografiya, bit-ta o’quv qo’llanma va 180 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Uning rah-barligi ostida 18 ta fan nomzodi va 6 ta fan doktorlari tayyorlandi.

Farmonov Shokir Qosimovich
Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

S.H.Sirojiddinovning yana bir sevikli va ardoqli shogirdi Akademik Shokir Qosimovich Farmonov dastlab ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida keng ko’lamli ilm bilan band bo’ldi.
U o’z ustozi Akademik S.H.Sirojiddinovning Markov zanjirlari nazariyasiga oid tadqiqotlarini davom ettirib, holatlarining to’plami ixtiyoriy bo’lgan bir jinsli ko’p o’lchovlik Markov zanjirlarini tadqiq etib, mazkur nazariyani yana bir bosqich rivojlantirib boyitdi, Abu Rayhon Beruniy nomli Davlat mukofoti laureati. 160 dan ortiq ilmiy maqolalar va monografiya muallifi bo’ldi. Uning rahbarligida 22 fan nomzodlari va 6 ta fan doktori tayyorlandi.

Shavkat Orifjonovich Alimov
Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Shavkat Orifjonovich Alimov – atoqli olim, matematik-fizika va funksional analiz sohasidagi, differensial operatorlarning spektral nazariyasi, matematik-fizika tenglamalari uchun chegaraviy masalalar nazariyasi va garmonik analizga ulkan hissa qo’shgan yirik mutaxassisdir. O’zbekiston respublikasi Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.
Sh.O.Alimov 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va ko’pgina o’quv-metodik ishlar chop ettirgan. Uning o’quvchilari orasida 6 ta fan doktorlari va 20 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan

Azimboy Cadullayev


A.Sadullayev – atoqli olim, ko’p kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasiga, potensiallar nazariyasiga ulkan hissa qo’shgan yirik mutaxassisdir.
A.Sadullayev 60 dan ortiq ilmiy maqola va 10 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar muallifi. A.Sadullayev shogirdlaridan 15 nafaridan ortig’i fan doktori va nomzodlari bo’lib yetishdi.

Bo’riev Tojiboy


Bo’riev Tojiboy hajmiy, yupqa devorli va murakkab (eniga va bo’yiga ko’p oraliqli ko’p qavatli) tuzilishdagi fazoviy qurilmalar ko’taruvchi elementlari materiallarining cho’zilish va siqilish deformatsiyalariga oid masalalarga salmoqli hissa qo’shgan olim, Abu Rayhon Beruniy nomli Davlat mukofoti laureati sovrindori. U 380 ilmiy asar (jumladan 4 monografiya, 1 preprint, 63 dasturiy majmua (O’zPatent guvohnoma bergani 37 ta), 16 patent, 5 tasi Rossiyadan olingan) muallifi, 2 nafar fan doktori va 10 nafar fan nomzodi tayyorlagan.
Fazoviy qurilmalar jips choklarining elastikligi hamda ko’p oraliqli yupqa devorli va sterjenli qurilmalar tayanchlarining elastikligini e’tiborga olgan holda inshootlarni tengmustahkamlik mezoni asosida ustuvorlik va minimal og’irlik shartlarini qanoatlantirib optimallashtiruvchi usul va dasturiy majmualar yaratgan.
Akademik Bo’rievning ayrim ilmiy ishlari natijalari qurilish sanoatida va qishloq xo’jaligida muvaffaqiyat bilan joriy etilgan.

Ayupov Shavkat Abdullayevich

Mexanika-matematika fakulteti akademiklari

Ayupov Shavkat Abdullayevich - atoqli olim, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta monografiya muallifi. 5 ta fan doktori va 30 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan. Ilm va fanga qo’shgan hissalari uchun Respublikamizning bir qator mukofotlari bilan taqdirlangan. 1986 yili shogirdlari bilan Yoshlar Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

Fayzullaev Jorulla 


Fayzullaev Jorulla - mexanik olim, ko’p fazali muhitlar mexanikasi va uning tadbiqlari, O’zbekistonda shu yo’nalish bo’yicha ilmiy maktab asoschisi.
Universitet talabalariga qator maxsus kurslar o’qigan (ko’p fazali muhitlar mexanikasi, chiziqsiz modelli suyuqlik mexanikasi).