O'zMU » Ma'lumotlar » Davlat – huquq nazariyasi va boshqaruvi kafedrasi

Dadasheva Aqida Abdujabbarovna- 28.08.2012 yildan buyon

“Davlat–huquq nazariyasi va boshqaruvi” kafedrasi mudiri.

Yuridik fanlari nomzodi, dosent.

e-mail: Aqida777@mail.ru 

tel: 227-16-14

 

“Davlat – huquq  nazariyasi va boshqaruvi” kafedrasi 2012 – 2013 o’quv yili davomida Yurisprudentsiya bakalavr ta'lim yo'nalishi bo'yicha 13 ta fan, 5A 240101 - Davlat huquqi va boshqaruvi (konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq, moliya huquq; davlat va huquq nazariyasi va tarixi) magistratura ixtisosligi bo'yicha   11 ta fan, Milliy istiqlol g’oyasi yo'nalishi bo'yicha 3 ta fan o'qitiladi.       

Ushbu o’quv yil jarayonida ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha 3 ta nomzodlik ximoyalari bo'lib o'tdi.

Tashkiliy uslubiy ishlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining  20 yillik munosabati bilan kafedra tomonidan “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – fuqarolik jamiyati shakllanishining huquqiy asosi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tdi. Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan mazkur anjumanda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Respublika Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilar, etuk olimlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etdilar.

Professor – o'qituvchilari tomonidan fakultetlarda Talabalar shaharchasi hududidagi litsey, kollej, oliy o’quv yurtlari, korxona, tashkilot va maxallalarda tashkil qilindi. Xususan Toshkent shahrining Olmazor va Sergeli tumanlari maxallalari, ta'lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlarda Konstitutsiyaning 20 yilligiga bag’ishlab o'tkazilgan tadbirlarda Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi tutgan o'rni, uning mustaqillikni mustahkamlash va demokratik qadriyatlarni o'rnatishdagi roli shuningdek O'zbekistonda demokratik islohatlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida Konstitutsiyaviy islohatlarning borishi xususida keng targ’ibot va tashvikot ishlari amalga oshirildi. Shuningdek universitet fakultetlari hamda talabalar turar joylarida professor – o'qituvchilari ishtrokida davra suhbatlari, ma'ruzalar olib borildi. Shuningdek universitet tomonidan tashkil etilgan bayram tantanasida bir qator professor-o'qituvchilar faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandilar.

O’quv uslubiy ishlar faoliyati bo'yicha kafedrada yu.f.n.,dots A.A.Dadasheva “Xorijiy davlatlar huquqi” o’quv uslubiy qo'llanma, N.N.Do'smuxamedova “Islom huquq” o’quv uslubiy qo'llanma, N.X.Abduraxmonova “Axborot asri davrida O'zbekiston Respublikasi  suverinetetini saqlashning huquqiy asoslari” monografiyalari chop etildi.

 Ma'naviy ma'rifiy ishlar yuzasida talabalar turar joylarida xaftaning payshanbasida  kafedra kunlari o'tkazilib kelmoqda. Fakultetimiz tadbirlarida kafedra a'zolari faol ishtrok etishmoqda.