O'zMU » Ma'lumotlar » Davlat va huquq asoslari, ekologiya huquqi kafedrasi

Jurayev Yuldash Achilovich

02.09.2012 yildan Davlat va huquq asoslari, ekologiya huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, professor

 

Kafedra 1977 yilda tashkil etilgan. O'shanda u Toshkent Davlat universiteti huquqshunoslik fakultetining tarkibida bo'lib, noyuridik fakultetlar talabalariga huquq fani asoslarini o'qitgan. O'tgan davrda Kafedraga dots.S.Sultonov, prof.Z.Islomov, dots.S.Yakubov, dots.O.Ernazarov, dots.I.Anortaev, dots.E.Xaitboev. Dastlabki yillarda Kafedrada Metodik markaz mavjud bo'lib, u noyuridik oliy o'quv yurtlari huquq o’qituvchilarining malakasini oshirishni amalga oshirgan.

ToshDUning huquqshunoslik fakulteti bazasida Toshkent Davlat Yuridik instituti tashkil etilgandan so'ng (1991 yil.) “huquq asoslari” Kafedrasi ToshDU Tarix fakulteti kafedrasi sifatida faoliyat yuritdi. 1993 yilda Kafedra bazasida ToshDU Tarix fakultetida “huquqshunoslik” bo'limi ochildi.

1997 yilda ToshDU qoshida huquqshunos-pedagog fakulteti ochildi. 1998 yildan boshlab Kafedra “Davlat va huquq asoslari”, deb nomlangan edi.

Kafedra tarkibiga ekologiya va agrar huquqi bo'yicha mutaxasislarning taklif etilishi va faoliyat doisrasi kengayishi munosabati bilan u 2011 yilda “Davlat va huquq asoslari, ekologiya huquqi”, deb nomlandi. Endilikda uning vazifasiga O'zbekiston Milliy universiteti noyuridik fakultetlarida huquq asoslari va huquqshunoslik fakultetida agrar-ekologik huquq fanlari bo'yicha mashg’ulotlar olib borish kiradi.