O'zMU » Ma'lumotlar » Jurnalistika fakulteti haqida

O'zbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakulteti 1967-yilda tashkil topgan.

Bu fakultetda tayyorlanayotgan kadrlar mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida gazeta, jurnal, televidenie, radio, axborot agentliklarida va turli muassasalarining matbuot markazlarida faoliyat ko'rsatadi.

Bugungi kunda fakultetda talabalarga 40 dan ortiq o'qituvchi ta'lim beradi. Ulardan 4 nafari fan doktori, professor, 15 nafari fan nomzodlari, dosentlardir. Bundan tashqarii, o'quv jarayoniga respublikamizning taniqli jurnalistlari ham jalb etilib, ular o'zlarining maxorat maktablarida mashg'ulotlar olib borishadi. Fakultetda hozirgi kunda

  • Matbuot,
  • Televidenie va radioeshittirish,
  • Ommaviy aloqalar va reklama,
  • Uslubiyat va taxrir,
  • Internet jurnalistika kafedralari faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakultetda zamonaviy raqamli tele-radiolabaratoriya, kino- fotolabaratoriya, kompyuter va matbuot xonalari mavjud. Bu lobaratoriya va xonalarda talabalar nazariy bilimlarni bevosita amaliyotga tadbiq qilish imkoniyatiga ega.

Fakultetda

  • «Jurnalistika faoliyat turlari» (gazeta va jurnallar),
  • «Ommaviy aloqalar»,
  • «Ommaviy axborot vositalarida reklama»,
  • «Televidenie va radioeshittirish»,
  • «Noshirlik ishi va muharrirlik» kabi mutaxassisliklar bo'yicha magistratura,
  • «Jurnalistika»,
  • «Jurnalistika tarixi» mutaxassisliklari bo'yicha aspirantura
  • «Jurnalistika» mktaxassisligi bo'yicha doktorantura ochilgan.

2005 yil fakultetda ikki yillik «Oliy jurnalistika kurslari» tashkil qilindi. O'qishni bitirgach ularga magistr darajasi beriladi. Jurnalistika yo'nalishida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya yoqlash bo'yicha maxsus ilmiy kengash ham faoliyat ko'rsatmoqda.

Fakultet bir qator xorijiy mamlakatlar:

  • AQSh,
  • Fransiya,
  • Germaniya,
  • Rossiya,
  • Qozog'iston,
  • Hindiston jurnalistika ta'limi maskanlari bilan aloqa o'rnatgan.

Fakultet professor o'qituvchilari doimiy ravishda OAV ning dolzarb muammolari bo'yicha ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashadi. Bugungi kunda fakultetning 13 bitiruvchisi «Istedod» jamg'armasi bo'yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya universitetlarida taxsil olib qaytdilar

 

 

2015-2016-yil talabalar  stipendiyasi miqdori

 

2015-2016-yil talabaning 1 yillik o'qitish miqdori

Fakultet saytiga o'tish