O'zMU » Ma'lumotlar » Matbuot kafedrasi

«Matbuot» kafedrasi 1967 yilda tashkil etilgan.
Avval kafedraga V.Abdullayev, keyinchalik T.Ernazarov, O.Saidov, B.Do'stqorayev, A.Meliboevlar rahbarlik qilganlar.
Hozirda esa Yo.M.Mamatova boshchilik qilmoqda.

Mamatova Yoqutxon Muxammedjanovna - “Matbuot” kafedrasi mudiri, 1964 yil 21 sentyabr, Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahri, jurnalist, filologiya fanlari doktori, tel. 227-15-49

Kafedraning ilmiy tadqiqotlari ko'lami keng. Kafedra a'zolari sa'y-harakati bilan oxirgi uch yil ichida
«Reportyorlik faoliyatining nazariyasi va amaliyoti»,
«Jurnalist mehnati: kasbiylik, ijod, mahorat»(2 qismda)
«Jurnalistika va PR: axborot plyus tahlil»,
«Jurnalistika: kasb koordinatalari»,
«O'zbek xajviy publisistikasi»
«Lug'at–ma'lumotnoma: jurnalistika, reklama, pablik rileyshnz» 
kabi o'quv qo'llanmalari chop etildi. Ular jurnalistikaning dolzarb muammolariga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlarning doimiy ishtirokchilaridir.