O'zMU » Ma'lumotlar » Uslubiyat va tahrir kafedrasi

«Uslubiyat va tahrir» kafedrasi jurnalistika fakultetining yetakchi kafedralaridan biri sanaladi. Kafedra Respublika Ommaviy axborot vositalariga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim rol o'ynaydi. 
Kafedra 1966 yil noyabr oyida tashkil etilgan. Kafedra tashkil etilgan paytda uning tarkibida A.Shomaqsudov (mudir), a'zolari F. Nasriddinov, I. Toshaliev, S. Nizomiddinova, D.Z.Yusupova, O.D.Belyakovskaya singari o'qituvchilar faoliyat ko'rsatdilar. Keyinchalik bular safiga Rixsiya Saidova, Roziya Qo'chqortoeva, L.O.Pasharovalar qo'shildi.
F.Nasriddinov 1979-1983 yillar mobaynida «Stilistika va adabiy tahrir» kafedrasiga mudirlik qilgan. Bu yillarda u kafedra an'analarini davom ettirib, ilmiy ish va o'quv jarayonini yanada takomillashtirishga o'z hissasini qo'shdi.
Irisali Toshaliev 1984 yildan fakultetning «Uslubiyat va tahrir» kafedrasiga mudir etib tayinlandi. U 2006 yilgacha ushbu kafedraga rahbarlik qildi. U o'zbek tili uslubiyatidan ma'ruzalar o'qidi. «Hozirgi o'zbek adabiy tilida kiritma konstruktsiyalar» nomli monografiyasi (1976), «Amaliy stilistika» (1989), «O'zbek tili uslubiyati» (1996) nomli qo'llanmalari bor.
2006 yilning avgust oyidan 2011 yil sentyabr oyiga qadar kafedraga f.f.n. Z.T. Tohirov mudirlik qildi. Hozirgi kunda kafedrani dotsent L.I.Toshmuhamedova boshqarmoqda.

Toshmuxamedova Latofat Ismatovna – “Uslubiyat va tahrir” kafedrasi mudiri, 1970 yil 8 dekabr, Toshkent, filolog, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Tel.246-73-42

 

Kafedraning tashqi aloqalari:
1. “O'zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi
2. “Cho'lpon” nashriyot matbaa ijodiy uyi
3. “Yangi asr avlodi” nashriyoti
4. O'zMTRK

5. O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi
6. A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI
7. Yangiyo'l xizmat ko'rsatish kasb-hunar kolleji
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste'dod” jamg'armasi
9. “Toshkent oqshomi” gazetasi tahririyati
10. “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi tahririyati
11. “Ishonch” gazetasi tahririyati
12. “Turkiston” gazetasi tahririyati
13. “O'zbekiston ovozi” gazetasi tahririyati
14. “Ma'rifat” gazetasi tahririyati
15. Axborot xizmatlari
16. Axborot agentliklari
17. O'zMU o'zbek filologiya fakulteti
18. Milliy xavfsizlik xizmati instituti