O'zMU » Ma'lumotlar » Axborot texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalar markazi boshlig'i: Ruhillo Nurillayevich Tadjiev
Manzil: Toshkent-100174, Talabalar shaharchasi, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, bosh ma’muriy bino, 110-xona
Telefon: 227-13-19

Faks: 227-18-96
E-mail: atm@nuu.uz

 

 

 

O'zMU Axborot texnologiyalari kompyuter zallari mudiri:  Rahimov Sanjar Muxammadovich 

Telefon: 227-15-47, ichki - 339 

E-mail: atm@nuu.uz

 

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston  Milliy  Universiteti Axborot texnologiyalari markazi faoliyati  

 

 

 

Axborot texnologiyalar markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi 230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroriga muvofiq, universitet Ilmiy kengashi qarori hamda universitet rektorining 2001 yil 22 sentyabrdagi 01-475 buyrug’i asosida Hisoblash markazi negizida tashkil etilgan.

Axborot texnologiyalar markazining (ATM) tasarrufida ma’muriy-boshqaruv, dasturiy va texnik qo’llab quvvatlash, veb-sayt, ZiyoNet, Talaba S, moddiy-texnik bo’lim va 28 ta kompyuter sinflari faoliyat olib boradi. Markazning  asosiy vazifasi universitet o’quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot–kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo’yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

ATM quyidagi yo’nalishlarda faoliyat olib boradi:

  1. Kompyuter texnika vositalarini dasturiy va texnik qo’llab quvvatlash. 2015 yilda universitet bo’yicha kompyuterlar soni 1015 tani tashkil etdi. 28 ta kompyuter sinflarida foydalanilayotgan kompyuterlar soni 512 taga etkazildi. Bu xonalarda barcha yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha bakalavriat, magistrant talabalariga amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. ATM xodimlari kompyuter xonalarining dasturiy va texnik ta’minoti, kundalik nazoratini olib borishadi, muntazam ravishda universitetdagi barcha kompyuterlarning dasturiy ta’minotini normal ishlashini nazorat qilishadi (operatsion tizimlarni o’rnatish, antivirus va boshqa zarur dasturlarni o’rnatish) va joriy texnik ta’mirlashlarni amalga oshirishadi (kompyuter ehtiyot qismlarini almashtirish, printerlarni siyoh bilan to’ldirish va hokazo).
  2. Elektron ta`lim tizimi. O’zbekiston Milliy universiteti Kengashining 2014 yil 25 iyundagi “O’zMU o’quv jarayonini xalqaro ta’lim tizimidagi ilg’or an’analar asosida modernizasiyalash va informasion texnologiyalar asosida tashkil etish Harakat dasturi haqida”gi qaroriga asosan universitetda elektron ta’lim tizimi joriy qilinishi boshlandi. Bunda eksperimental guruhlar tanlab olinib, ularda o’quv jarayoni to’liq elektron  ta’lim tizimida olib borildi. 2015 -2016 o’quv yilida esa  universitetdagi barcha ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o’quv jarayoni elektron ta’lim tizimida olib  borilmoqda.  Bunda elektron dars jadvali, elektron jurnal, elektron reyting qaydnomasi joriy qilingan. O’quv jarayonining har bir ishtirokchisi o’zining virtual ish joyiga ega va u mazkur joydan turib o’quv jarayonida ishtirok etadi. 

 

3. Universitet monitoring avtomatlashtirilgan tizimlarini dasturiy qo’llab quvvatlash. O’quv–ma’muriy jarayonini boshqarish sohasida 2002 yildan beri universitetda Talaba-S – O’zbekiston Milliy universitetida ishlab chiqilgan o’quv jarayonini avtomatlashtirish tizimi amal qilmoqda. Dastur barcha dekanatlar va tegishli bo’limlarga o’rnatilgan. Bu dasturda professor-o’qituvchilar, bakalavrlar va magistrlar elektron ma’lumotlar bazasi mavjud bo’lib, ular haqida quyidagi ma’lumotlar saqlanadi: fakulteti, kafedrasi, ta’lim yo’nalishi, mutaxassisligi, kursi, kirgan yili, ta’lim tili, ta’lim turi, ta’lim shakli, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, pasport ma’lumotlari, manzili, jinsi, bitkazgan ta’lim muassasasi haqida, kirish natijalari, buyruqlar. 2011 yilda ushbu tizim yangi talablar asosida takomillashtirildi.

 

 

Talaba-kontrakt to’lov summasining tushishini nazorat qilishda Contract-S dasturi – O’zbekiston Milliy universitetida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotdan foydalaniladi. Marketing bo’limi ishi shu dastur asosida yuritilmoqda. Bundan tashqari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Milliy elektron ta’lim” tarmog’ini yaratish loyihasi bo’yicha yaratilgan dasturga universitet xodimlari haqidagi ma’lumotlar kiritildi, endilikda talabalar ma’lumotlari fakultet dekanatlari tomonidan kiritilishi rejalashtirilgan. Ichki nazorat uchun - Job Flow Control elektron ma’lumot almashinuvi dasturidan foydalanilmoqda. Bu tizimga universitet rahbariyatidan 41 ta foydalanuvchi ulangan, barcha topshiriqlar elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Bulardan tashqari Radius va Kerio Control dasturidan Internet tarmog’idan foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish uchun, Zarplata dasturidan xodimlar va talabalar oylik maoshi va stipendiyalarini hisoblash uchun foydalaniladi.

 

4. Online test. O’zbekiston Milliy universitetida talabalar bilimini kompleks baholash maqsadida online test tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur tizim yordamida talabalarning bilimini nazorat qilish va o’zlashtirish ko’rsatkichini  monitoring  qilishda foylalanilmoqda.

 

 

 

 

5. Elektron kutubxona ishini tashkil etish. 2007 yildan boshlab O’zMU axborot resurs markazida (ARM) Elektron kutubxona o’z ish faoliyatini boshlagan. Barcha kompyuterlarga respublikamizning etakchi ta’lim muassasalarida chop etilgan, hamda universitetimiz professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy o’quv qo’llanmalar, tajribali professor-o’qituvchilarning darsliklari, fanlar bo’yicha ma’ruza matnlari, monografiya, avtoreferat va dissertatsiyalarning elektron variantlari joylashtirilgan. Elektron kutubxona dasturi bazasiga muntazam elektron kitoblarni kiritish  ishlari olib borilyapti.

 

Elektron kutubxona xodimlari axborot texnologiyalardan foydalanish bo’yicha malakalarini oshirib borishmoqda. Kutubxonalar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot IRBIS dasturi axborot resurs markazining barcha bo’limlariga o’rnatilgan va ARM da mavjud bo’lgan kitoblarning elektron katalogi kiritilmoqda. Noyob kitoblar skaner orqali elektron ko’rinishga o’tkazilmoqda. Axborot-resurs markazining veb sahifasi  universitet veb sahifasi  ichiga joylashtirilgan. Axborot resurs markazida 54 nomda elektron darsliklar, 110 nomda elektron o’quv qo’llanma, 3105 nomda elektron adabiyot, 509 nomda avtoreferat, 803 nomda elektron majmualar, 100 dan ortiq audio va video darsliklar mavjud. Bularning hammasi Elektron kutubxona serveriga qo’yilgan va lokal tarmoq orqali foydalanish imkoniyati mavjud. Elektron kutubxonaning o’quv zali uchun 50 ta zamonaviy kompyuter ajratilgan.

6. Internet va O’zMU sayti. O’quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  joriy etish maqsadida  O’zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi “UzNET” filiali, “O’zbektelekom” AK “Biznesni rivojlantirish markazi” filiali bilan Internet xizmati, oliy ta’lim muassasalararo optik tolali tarmoq orqali  videokonferentsiyalar o’tkazish, ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog’idan foydalanish, VPN  aloqa xizmatlari bo’yicha, “Arsenal – D” kompaniyasi bilan domen xizmati bo’yicha, UZINFOCOM DUK bilan xosting xizmati bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Universitet tarmog’i 10 Mbit/s tezlik bilan Internetga ulangan. Universitet bo’limlari, resurs markaz zallari, dekanatlar va kafedralardagi 910 dan ortiq kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan. Shu kompyuterlar orqali ro’yxatdan o’tgan 3620 dan ortiq foydalanuvchi internetdan o’quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlar uchun ma’lumotlar olishmoqda.

O’zbekiston Milliy universitetining sayti 2012 yilning boshida yangi dizayn bilan qaytadan yaratildi, saytdagi ma’lumotlar yil davomida yangilanib boriladi. Veb sayt quyidagi bo’limlardan iborat: yangiliklar, umumiy faoliyat, ta’lim, bo’limlar, fakultetlar, ilmiy faoliyat, madaniy-ma’rifiy faoliyat, abiturientlar uchun, bizning faxrimiz, o’qituvchilar uchun, talabalar uchun, interaktiv xizmatlar, universitet muzeylari, namunaviy dekanat, O’zbekistonning eng yangi tarixi, elektron pochta, elektron kutubxona, universitet hayotidan foto lavhalar – fotogalereya, universitet rasmiy veb sahifasiga tashrif buyuruvchilar sonini ko’rsatuvchi bloklar. Sayt ichida 4 ta maxsus veb-sahifa ochilgan: ek.nuu.uz – elektron kutubxona, portal.nuu.uz – universitet portali, gallery.nuu.uz – universitet hayotidan foto va videolavhalar, test.nuu.uz – talabalar fanlardan o’z bilimlarini sinashlari uchun test dasturlar.

 

 

7. ZiyoNet tarmog’iga joylashtirish uchun axborot resurslarni taqdim etish. Vazirlikning 2008 yil 18 fevraldagi 39-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan 180 ta,  2010 yil 14 maydagi 183-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan universitetda ishlab chiqilgan 390 ta Elektron axborot ta’lim resurslari «ZiyoNET» axborot tarmog’iga (ziyonet.uz) va universitet elektron kutubxonasiga (ek.nuu.uz) joylashtirilgan.

8. O’zMU lokal tarmog’idan foydalanish.  O’zMU bo’limlari, resurs markaz zallari, dekanat, kafedralardagi 910 dan ortiq kompyuter lokal tarmoqqa ulangan. Hozirda jurnalistika fakultetidan tashqari barcha fakultetlar optik tolali kabellar bilan lokal tarmoqqa ulangan.

9. Videokonferentsiyalar tashkil etish. Mustaqilligimizning  20 yilligi arafasida ishga tushirilgan “Milliy elektron ta’lim” tarmog’i masofaviy ta’limni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi, videokonferentsiya zali ishga tushirildi, optik tolali kabellar o’rnatildi va aloqa tezligi 1 Gbps tezlikkacha ko’tarildi, videokonferentsiya o’tkazish uchun yangi videoterminal, zamonaviy HD proektor va HD video kameralar o’rnatildi. Videokonferentsiya zali optik tolali kabel orqali mamlakatimizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari bilan bog’langan. Tashkil etilgan videokonferentsiya zalida joriy yilning 1-choragida 7 ta videokonferentsiya  tashkil etildi. Bu ko’rsatkichni yanada oshirish maqsadida fakultetlar oldiga tegishli vazifalar belgilab berilgan.