O'zMU » Ma'lumotlar » Abiturientlar uchun yo'riqnoma

Abiturient oliy ta'lim muassasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asli;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma; 
  • pasport nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;
  • xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g'oliblariga o'qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli;

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolar harbiy qism qo'mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini taqdim etadilar.

Abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.