O'zMU » Ma'lumotlar » Akademiklar
1. Abduvahobov Abduvali Abdusamadovich (11.07.1941) - ToshDUni bitirgan (1965), kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981), O`zR FA akademigi (1995), O`zR FA bioorganik kimyo instituti direktori (1987-1993), O`zR FA kimyo texnologiyasi va Yer haqidagi bo`limining raisi (1992-1994), O`zR FA vitse-prezident (1994-1997). Ilmiy ishlari fiziologik faol moddalarning nozik organik sintezi, stereokimyo, qisqa molekulali bioregulyatorlar molekulyar ta`sir mexanizmning kimyoviy mohiyati, hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi.
2. Abdukarimov Abdusattor (04.04.1942) - O`ODUni bitirgan (1966). Biolog va genetik olim, biologiya fanlari doktori (1979), professor (1990), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA genetika va o`simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992).A.Abdukarimov oqsil molekulasi va uning funktsiyasi hamda fizik - kimyoviy xossalarini o`rgandi. qator genlar va vektor molekulalar konstruktsiyasini yaratib, yakka hujayradan sun`iy sharoitda o`simlik etishtirish bilan boqliq ilmiy ishlar dasturiga rahbar.
3.

Abdullayev Abdumavlon Abdullayevich (13.07.1930) - O`ODUni bitirgan (1952). Biolog-botanik olim. O`zR FA akademigi (1995) O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, professor (1980).O`zR FA O`simliklar eksperimental biologiyasi institutida direktor (1972-1982, 1985-1989), O`zR FA qishloq xo`jaligi fanlari bo`limi raisi (1997-1998).Ilmiy ishlari selektsiyada g`o`zaning yaqin qarindosh va geografik uzoq yovvoyi tur hamda formalaridan foydalanish, g`o`zaning filogenetik sistematikasi muammolariga bag`ishlangan. g`o`za yovvoyi turlarining kornologiya evolyutsiyasi nazariyasini asoslab berdi.

4.

Abdurazzaqov Abdujabbor (1932-1994) - O`ODUni bitirgan (1956). Fizik olim, fizika-matemetika fanlari doktori (1972), professor (1973), O`zR FA muxbir a`zosi (1984), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1990), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofotining laureati (1978). Ilmiy ishlari asosan eksperimental yadro fizikasiga oid.

5.

Abutaliyev Faradey Basirovich (25.03.1932) - O`ODUni bitirgan (1952). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972), O`zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari differentsial tenglamalar, hisoblash matematikasi, dasturlash, axboratlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag`ishlangan.

6.

Azimov Sodiq Azimovich (1914-1988) - O`ODUni bitirgan (1940). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958). O`zR FA akademigi (1962), O`zR fan arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974). O`zR FA fizika-matematika institutida (1958-1962, 1966-1988), O`zR FA Yadro fizikasi institutida direktor (1962-1966), Fizika-quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1986-1988) bo`lgan.S.Azimov - yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali gelio materialshunoslik ilmiy maktablarining asoschisi.

7. Azlarov Tursun Abdurahimovich (1938) - O`ODUni bitirgan (1960). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974). O`zR FA akademigi (2000), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zR Davlat mukofoti laureati (1973). Ilmiy ishlari limit teoremalari, ommaviy xizmat ko`rsatishning matematik nazariyasi va uzluksiz funktsiyalarni chiziqli musbat operatorlar yordamida yaqinlashtirish muammolariga bag`ishlangan.
8.

Aminova Rahima Hodiyevna (1925-2001) - O`ODUni bitirgan(1948). Tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1963), professor (1968), O`zR FA akademigi (2004), O`zbekiston Respublikasi Fan arbobi (1985), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).Ilmiy ishlari ishchilar sinfining tarixiga, respublika agrar masalalariga bag`ishlangan. 250 bosma taboq hajmidagi ilmiy asarlar muallifi.

9.

Alimov Shavkat Oripjonovich (2.03.1945) - MDUni bitirgan (1967).Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974), O`zR FA akademigi (2000). SamDU rektori (1985-1987), ToshDU rektori (1987-1990), Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri bo`lgan (1990-1992). XXRda O`zbekistonning muxtor va favqulodda vakili (1995-1998).Ilmiy ishlari differentsial va integral tenglamalarni o`rganishga bag`ishlangan.

10.

Arjanix Ivan Semenovich (1914-1980) - O`ODUda o`qigan (1931-1934). Matematik olim, matematika fanlari doktori (1954), professor (1987) O`zR FA muxbir a`zosi (1960), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1964). Ilmiy ishlari differentsial va integral tenglamalar nazariyasiga, variatsion hisob, maydonlar nazariyasiga, analitik mexanika, kvant mexanika, elastiklik nazariyaga oid.

11.

Asqarov Akbar Asqarovich (25.10.1902 -1978) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Terapevt, O`zR FA muxbir a`zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1946), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1956). U birinchi o`zbek shifokorlaridan. В«O`rta Osiyo kana isitmasiВ», В«Bezgak, uning tarqalishi, klinikasi va unga qarshi kurashВ» nomli monografiyalar, В«Lotincha-o`zbekcha-ruscha normal anatomiya lug`atiВ», ikki tomli В«Ruscha-o`zbekcha tibbiyot lug`atiВ» kabi 100 dan ortiq asarlar muallifi.

12.

Ayupov Shavkat Abdullayevich (14.09. 1952) - ToshDUni bitirgan (1974). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985), O`zR FA akademigi (1995).O`zR FA Matematika instituti direktori (1992-1997), Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi (1997-2001), 2004 yildan O`zR FA Matematika instituti direktori.Ilmiy ishlari operator algebralari, yordan algebralari, LI va Leybnits algebralarining strukturalari, nokommutativ integrallar nazariyasi, kvant ehtimollik nazariyasiga oiddir.

13.

Ahmedov Bo`riboy Axmedovich (1924-2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Sharqshunos olim, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, tarix fanlari doktori (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1989), O`zR FA akademigi (1995). Xalqaro Amir Temur jamg`armasi raisi (1995).Ilmiy ishlari O`zbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbashunoslik, O`rta Osiyo xalqlarining X-XIX asrlardagi ijtimoiy, siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi masalalarga bag`ishlangan.

14.

Ahmedov Karim Sodiqovich (19.02. 1914- 2003) - O`rta Osiyo Davlat universiteti bitirgan (1937). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1958), professor (1960), O`zR FA akademigi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan Fan va texnika arbobi (1968), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). O`zR FA kimyo institutining direktori (1965 yildan), ToshPI rektori (1972-1988).Ilmiy ishlari Kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid bo`lib, suvda eruvchan polimerlar sirt-aktiv moddalarning sintez qilish va ularni o`rganish hamda amalda tatbiq etish masalalariga bag`ishlangan.

15.

Baratov Mubinjon Baratovich (9.12.1933-2003) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Faylasuf olim, falsafa fanlari doktori (1972), professor (1981), O`zR FA akdemigi (2000). O`zR FA falsafa va huquq instituti direktori (1970-1975). O`zR FA Sharqshunoslik instituti direktori (1976-1980) Ilmiy ishlari O`rta Osiyo va xorijiy sharq xalqlari falsafasi tarixiga oid.

16.

Bekjanov Rahim Bekjanovich (5.03. 1930-23.02.2000) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1968), O`zR FA akademigi (1989), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1973), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).Ilmiy ishlari yadro fizikasiga oid.

17.

Bedrintsev Kirill Nikolayevich (1907-7.04. 1995) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1929). Iqtisod fanlari doktori (1951), professor (1964), O`zR FA muxbir a`zosi (1962), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1967). Ilmiy ishlari O`rta Osiyoda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirishga oid.

18.

Bondarenko Boris Anisimovich (1923) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kibernetik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1970), professor (1974). O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1983). Ilmiy ishlari uzlukli matematik kombinotomik tahlil, murakkab matematik fizika masalalarini analitik va uzlukli usullar bilan echish, arifmetik fraktal tuzulmalarini tuzish va tekshirishga, elastiklik nazariyasining uch o`lchovli statik masalalariga bag`ishlangan.

19.

Borovkov Aleksandr Konstantinovich (29.03.1904-25.11.1962) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Ittifoq Fanlar akademiyasi (1958) va O`zR FA muxbir a`zosi (1943), professor (1953) O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1945). Ilmiy ishlari: O`zbek alifbosi, imlosini ishlab chiqishda, darslik va qo`llanmalar tuzishda bevosita qatnashdi (1943-1969). Turkiy xalqlarning tarixi, etnografiyasi, folklori va tili ustida ilmiy ishlar olib bordi. O`zbek tili shevasini o`rgandi. Turkiy xalqlarning tillari tarixini va grammatikasini o`rganishga katta hissa qo`shdi.

20.

Buzin Evgeniy Ivanovich (1916-1969) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Texnika fanlari doktori (1957), O`zR FA muxbir a`zosi (1962). Ilmiy ishlari deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar, suyuqlik va gaz mexanikasi nazariyasiga doir.

21.

Bo`riyev Tojiboy (1938) - ToshDUni bitirgan (1961). Mexanik va matematik olim. Texnika fanlari doktori (1974), professor (1976), O`zR FA akademigi (2000). Ilmiy ishlari qattiq jism mexanikasiga doir qodisalarni algoritmlashga, statik va dinamik yuk ta`siridagi bir o`lchovli va ko`p o`lchovli konstruktsiyalarning aniq hisoblariga, elastiklik nazariyasining dinamik va statik masalalariga oid.

22.

Buryakov Yuriy Fedorovich (15.03.1934) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Arxeolog, tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1984), O`zR FA akademigi (1996). Shosh-Iloq arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari (1978-2003).

23.

Vlasova Nina Aleksandrovna (05.05.1930) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Tsitoembriolog, biologiya fanlari doktori (1975), O`zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari selektsiya maqsadlarida turli genomli g`o`za navlarini embriologik, tsitologik va anatomik tadqiq etishga, chigitda tola va tuklarning xosil bo`lishi va rivojlanishini o`rganishga bag`ishlangan.

24.

Valiyev Abdulhay Hosimovich (1929-2003) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Falsafa fanlari doktori (1967), professor (1969), O`zR FA akademigi (2000). Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati.Ilmiy ishlari Turkiston ziyolilarining o`tmishi, ularning jahon ilmi, madaniyati va ma`naviyatiga qo`shgan buyuk hissalarini o`rganishga bag`ishlangan.

25.

Glushenkova Anna Ivanovna (1.08.1926) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1938). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1972), professor (1982), O`zR FA akdemigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1996). O`zR FA o`simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1984-1989). Ilmiy ishlari tabiiy birikmalar kimyosiga, xususan, chigit va undan olinadigan mahsulotlarni kompleks qayta ishlash masalalariga oid.

26.

Granitov Ippolit Ivanovich (12.02.1900-31.10.1981.) O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Geobotanik, professor (1960), biologiya fanlari doktori (1961), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1965), O`zR FA muxbir a`zosi (1968). Ilmiy ishlari O`rta Osiyo o`tloqlaridan to`g`ri va unumli foydalanish, o`tloqlar xosildorligini oshirish, ayniqsa, O`zbekiston gul o`simliklari va turlarining genezesi masalalariga bag`ishlangan.

27.

Gubin Viktor Ivanovich (24.11.1917-22.04.1975) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1941). Geofizik olim, fizika-matemtika fanlari doktori (1958), professor (1960), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1967), O`zR FA muxbir a`zosi (1962).Ilmiy ishlarida frontogenez uchun qulay sharoit vujudga keltiradigan usullarni topgan, temperatura va bosimning ob`ektiv o`zgarishlarini oldindan hisoblash va bosim bo`yicha shamol tezligini aniqlash usulini ta`riflab bergan, qisqa muddatga ob-havoni oldindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan.

28.

Dadabayev Akrom Dadabayevich (1908-12.08.1988) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner olim, biologiya fanlari doktori (1954). O`zR FA muxbir a`zosi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1968). O`zbekiston qishloq xo`jalik akademiyasi vitse-prezidenti (1957-1961).Ilmiy ishlari: qurg`oqchilik va kasalliklarga chidamli, erta pishar va bargi tez to`kiladigan, 42foizi gacha tola beradigan g`o`za navlarini yaratgan.

29.

Dolimov To`rabek No`monovich (18.08.1936) - ToshDUni bitirgan (1960). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1981), professor (1985), O`zR FA akademigi (1995) O`zMU rektori bo`lgan. Ilmiy ishlari burmalangan o`lkalardagi vulqon jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bag`ishlangan.

30.

Jalilov Ostan (17.09.1937) - ToshDUni bitirgan (1961). Selektsioner-genetik olim, O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1989), qishloq xo`jaligi fanlari doktori (1981), professor (1991). O`zR FA В«BiologВ» IIB bosh direktori (1991-1997) bo`lgan.Ilmiy ishlari radiatsion nurlanishning g`o`za genetik apparatiga ta`sirini va shu yo`l bilan olinadigan foydali yo`nalishdagi mutatsiyalarning nasldan naslga o`tishini o`rganishga bag`ishlangan.

31.

Jo`rayev To`xtamurod Jo`rayevich (25.10. 1934) - O`ODUni bitirgan (1958). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O`zR FA akademigi (1989), ToshDU rektori (1992-1996), O`zR FA Prezidenti (1995-2000). O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1991), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974).Ilmiy ishlari-xususiy xosilali differentsial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga tegishli.

32.

Zohidov Tesha Zohidovich (10.05.1906-1981) - O`ODUni bitirgan (1931). Zoolog olim, biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949), O`zR FA akademigi (1952-1956), O`zR FA prezidenti (1952), O`ODUi rektori (1950-1952), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1947), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1971). Ilmiy ishlari umurtqali hayvonlarni o`rganishga, zoologiya fanini targ`ibot qilishga bag`ishlangan. U В«Qizilqum sahrosining biotsenoziВ», ikki jildlik В«O`rta Osiyo tabiati va hayvonlar olamiВ» nomli asarlari bilan biologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.

33

Ibrohimov Ne`mat (1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Sharqshunos olim, manbashunos, jamoat arbobi, O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1990), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1985). Sharqshunoslik instituti rektori (1991-2005). O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy ma`rifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi (2001 yildan).Ilmiy ishlari arab manbalari bo`yicha O`rta Osiyo tarixini o`rganib, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishga oiddir.

34.

Ismoilov Nosir Ismoilovich (27.05.1901-1971) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1929). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), O`zR FA muxbir a`zosi (1952), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1951). Ilmiy ishlari me`da-ichak, yurak-tomir va qon kasalliklariga oid.

35.

Yo`ldoshev Behzod Sodiqovich (9.05.1945) - ToshDUni bitirgan. (1968). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1987), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA Prezidenti (2000-2005). O`zR FA Yadro fizikasi institutining direktori (2005 yil dekabridan).Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasi institutda jahon standartlariga mos keluvchi radio izatoplarini keng ko`lamda ishlab chiqarish va chetga sotish, mahalliy tog`-kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qo`shimcha ravishda ajratib olish texnologiyasiga bag`ishlangan.

36. Yo`ldashev Toymas Sattiyevich (30.07.1931) - MDUni bitirgan (1954). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1983). O`zR FA akademigi (1994), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1991). O`zR FA astronomiya instituti direktori (1983-1995).
37.

Yo`ldoshev Sadriddin Xodjayevich (22.02.1917-24.04.1996)-O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Biolog olim, biologiya fanlari doktori (1966),professor (1979), O`zR FA muxbir a`zosi (1968).1972 yildan Butunittifoq Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI) direktori bo`lgan. Ilmiy ishlari-g`o`za biologiyasi, ayniqsa, uning yotib qolish sabablari, vilt kasalligiga qarshi kurash masalasiga oid.

38. Komilov Mirzoyan Mirzahmedovich (17.10.1936) - N.E.Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtini bitirgan (1960). Informatika va kibernetika sohasi olimi, O`zR FA akademigi (1994), texnika fanlari nomzodi (1974), professor (1977). "Kibirnetika" IIChB qoshidagi Tizimli tadqiqotlar ilmiy tekshirish instituti direktori (1992-1994), O`zR FA vitse-prizidenti (1994-2000). Ilmiy ishlari asosan informatika, kibernetika, inson-mashina hamda sun`iy intellekt tizimlarini qurish, yechim qabul qilish, tasvirlarni aniqlash nazariyasi va amaliyotiga oid.
39.

Kanash Sergey Stepanovich (23.09.1896 - 1975) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925). Selektsioner olim. O`zR FA haqiqiy a`zosi (1952). Butunittifoq g`o`za selektsiyasi va urug`chiligi ilmiy tekshirish instituti direktori (1960-1964). Ilmiy ishlari g`o`za biologiyasi selektsiyasi va urug`chiligi, har xil xromosomali g`o`za turlarini o`rganish usullari masalalariga bag`ishlangan.

40.

Karimov Ubaydulla Israilovich (1.04.1920-11.10.1997) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). Sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori (1972), O`zR FA akademigi (1995). Abu Rayhon Beruniy asarlariga oid tsikl ilmiy tadqiqotlar va uning tarjimasining ilmiy sharhi uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi (1971).Ilmiy ishlari sharq kimyosi, dorishunosligi, tabobat tarixi kabi sohalarni o`rganishga oid.

41.

Lapkin Kuzma Ivanovich (31.10.1904-19.07.1989) - O`rta Osiyo Davlat universitetining iqtisod fakultetini bitirgan (1930). Iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori (1966), professor (1968), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1964), O`zR FA akademigi (1979). O`zR FA vitse-prezidenti(1981-1987).Ilmiy ishlari qishloq xo`jaligini rejalashtirish va boshqarish, qishloq xo`jaligini ixtisoslashtirishning nazariy asoslari, qishloq xo`jaligini rivojlantirishning istiqbollarini prognozlash masalalariga oid.

42.

Maltsev Abram Maiseevich (20.04.1897-25.07.1963) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan agronom, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, O`zR FA muxbir a`zosi (1943). Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida direktor (1942-1955)Ilmiy ishlari g`o`za selektsiyasi va urug`chiligi genetikasi, bioximiya va geografiyasiga oid.

43.

Mamadolimov Abdug`afur Teshaboyevich (1947) - ToshDUni bitirgan (1969). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1985), professor (1989), O`zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari chuqur satxli yarim o`tkazgichlar va elektr o`tkazuvchan polimerlar fizikasiga oid.

44.

Muborakov Ermuxammad Nurupovich(22.04.1944-18.11.1999) - ToshDUni bitirgan (1970). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1989), professor (1991), O`zR FA akademigi (1994).Ilmiy ishlari er osti fazoviy inshootlarning seysmik kuchlar ta`sirida deformatsiyalanish, zo`riqish holatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga oid.

45.

Musayev Jo`ra Azimboyevich (5.12.1928) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1948). Genetik olim, biologiya fanlari doktori (1973), professor (1975), O`zR FA akademigi (1984),O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1980). O`zR FA O`simliklar eksperimental biologiya instituti direktori (1982-1984). G`o`zaning irsiy toza genetik kollektsiyasini yaratgan. Birinchi bo`lib allotetraploid g`o`zalar belgi va xususiyatlarini o`rganib, genlarning kombinativ ta`sirida irsiylanishi to`g`risidagi genetik nazariyaga asos solgan, g`o`zaning "Gulbahor", "Navbahor", "Armug`on" navlarini yaratishda qatnashgan.

46.

Muqimov Komil Muqimovich (14.02.1940) - O`rta Osiyo Davlat universitetida o`qigan (1957-1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1988), professor (1989), O`zR FA akademigi(2000). Buxoro universiteti rektori bo`lgan (1992-2005).Ilmiy ishlari magnitooptika, yadro, ferrimagnitik dielektriklarda magnitooptik hodisalarga oid.K.Muqimov izlanishlari tufayli magnit hodisalari fizikasi sohasida yangi "kuchli magnit maydonida nodir elementlar magnito optikasi" ilmiy yo`nalishi shakllandi.

47.

Musaxonov Mirzayusup Mirzamaxmudovich (1.09.1943) - MDUni bitirgan (1967).Fizik olim, O`zR FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1982).Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, asosan kvant yadrodinamikasiga oid.

48.

Muhammadjonov Abdulahad Rahimjonovich (26.12. 1928) - O`rta Osiyo Davlat ersitetini bitirgan (1951). Sharqshunos va arxeolog olim, tarix fanlari doktori, O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA tarix va arxeologiya instituti direktori (1980-1983), O`zR FA vitse-prezidenti (1996-1998), O`zbekiston tarixi instituti direktori (1996-1998) bo`lgan. "O`zbekistonda ijtimoiy fanlar" jurnalining bosh muharriri (1997 yildan).Ilmiy ishlari O`rta Osiyo sug`orma dehqonchilik, irrigatsiya, gidrotexnika hamda dehqonchilik vohalarining vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixiga oid.

49.

Mo`minov Ramzilla Abdullayevich (24.10.1941) - ToshDU ni bitirgan (1963). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1990), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA fizika-texnika institutida maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1984-1988), O`zR FA fan va texnika davlat qo`mitasining Davlat ilmiy texnika axborot bo`limi direktori (1996-2002) bo`lgan.Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarim o`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob uskunalar yaratishga oid.

50.

Mo`minov Tolib Musayevich (1.11.1943) - SamDUni bitirgan (1965). Fizik olim, O`zR FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1981). Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1981-1987), SamDU rektori (1992-1995), ToshDU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1995 yildan). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid.

51.

Nazarov Baxtiyor Aminovich (17.09.1945) - ToshDUni bitirgan (1966).Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1986-1990), O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990-1992), ayni vaqtda "O`zbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri (1986-1994) bo`lgan.Ilmiy ishlari o`zbek adabiyoti taraqqiyoti,tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar masalalariga bag`ishlangan.

52.

Oybek Muso Toshmuhammedov(10.01.1905-1.07.1968) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Yozuvchi, shoir, olim va jamoat arbobi,O`zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O`zR FA akademigi (1943). «Sharq yulduzi» jurnalining muarriri (1945-1957), O`zbekiston yozuvchilar soyuzi pravleniyasi raisi (1945-1950), "O`zbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri (1958-1968).Oybekning badiiy asarlari chet tillariga tarjima qilindi. "Navoiy" romani Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. Ilmiy asarlari o`zbek mumtoz adabiyotining chuqur o`rganishda, adabiy merosga to`g`ri yondashishda katta ahamiyat kasb etdi.

53.

Olimjonov Rahim Olimjonovich(10.07.1913-17.02.1985) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Entomolog, biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950), O`zR FA muxbir a`zosi (1952), O`zR FA Zoologiya va parazitologiya instituti direktori (1958-1961).Ilmiy ishlari g`o`za, beda va boshqa qishloq xo`jalik ekinlari zararkunadalari va ularga qarshi kurash choralariga oid.

54.

Oripov Tohir Fotihovich(7.09.1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Biofizika, ekologiya sohasi olim. Biologiya fanlari doktori (1988), professor (1998),O`zR FA akademigi (1994-95). O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (1997), O`zR FA vitse-prezidenti (1997 yildan) bo`lgan.Ilmiy ishlari oqsil moddalarning biomembranalar bilan ta`sirlanish biospektroskopiyasiga oid.

55.

Parpiyev Nusrat Agzamovich (14.09.1931) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1976), professor (1981), O`zR FA akademigi (1995). Buxoro oziq- ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti rektori (1977-1989), Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori (1994-2001). Ilmiy ishlari koordinatsion birikmalar kimyosiga oid.

56.

Popov Vladimir Ivanovich (23.02.1907 - 25.11.1991) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1927). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1939), professor (1940), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1957). O`zR FA akademigi (1968).Ilmiy ishlari asosan cho`kindi jinslarning fatsial komplekslarini aniqlash va fatsial-poleogeografik kartaga tushirish metodikasi va geologik formatsiyalar tasnifiga bag`ishlangan.

57.

Rashidova Sayyora Sharafovna (2.08.1943) - MDUni bitirgan (1965). Kimyogar olima, kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1993), O`zR FA akademigi (2000). O`zR FA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1981 yildan), O`zbekiston Oliy majlisi deputati, Oliy majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (1995 yildan). O`zMU kafedra mudiri (2006 yildan).Ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi-polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaktsiyalarga oid.

58.

Rashidov Tursunboy (1934) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Mexanika sohasi olimi, O`zR FA akademigi (1984), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1977), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). O`zR FA mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1966-1974), Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti rektori (1974-1979), O`zR FA vitse-prezidenti (1985-92), O`zR FA Prezidiumi mexanika boshqaruv jarayonlari va informatika bo`limi raisi (1992-1994). Ilmiy ishlari konstruktsiyalar va inshootlarning seysmodinamikasiga oid.

59.

Rasulov O`tkir Hasanovich (11.07.1939) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1992), O`zR FA akademigi (1995). O`zR FA Elektronika instituti direktori (1985 yildan).Ilmiy ishlari fizika elektronika va qattiq jism sirti, fizik kimyosi masalalariga oid.

60.

Risqiyev To`xtapo`lat Tursunovich (3.11.1944) - ToshDUni bitirgan (1970). Fizik olim, texnika fanlari doktori (1993), O`zR FA akademigi (1995). O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta`lim va ijtimoiy muammolar masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi (1993-94, 1997-2003), O`zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo`shma qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi (2003 yildan).Ilmiy ishlari yuqori kontsentrallashtirilgan quyosh energiyasidan foydalangan holda xususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish biologiyasiga oid.

61.

Rtveladze Edvard Vasilevich (14.05.1942) - ToshDUni bitirgan (1967). Arxeolog, tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (1989), professor (1992), O`zR FA akademigi (1995), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston davlat mukofoti laureati (1985).Ilmiy ishlari O`rta Osiyoning qadimgi va o`rta asrlar tarixi, arxeolgiyasi, numizmatikasi, etnografiyasi, san`ati, madaniyatini o`rganishga bag`ishlangan.

62.

Rustamov Husni Rustamovich (21.03.1910) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1932). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1967), O`zR FA akademigi (2000). Ilmiy ishlari kislota asos katolitik jarayonlar reaktsiyalarining genetikasi va mexanizmi hamda adsorbtsiya jarayoni kuchini o`rganishga bag`ishlangan.

63.

Rustamov Alibek (15.05.1931) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Manbashunos, tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1968), O`zR FA akademigi (1995). Ilmiy ishlari turkshunoslik hamda umumiy tilshunoslikning amaliy va nazariy masalalariga oid.

64.

Salihov Shavkat Ismailovich (12.12.1944) - ToshDUni bitirgan (1967). Kimyogar olim, biologiya fanlari doktori (1984), professor (1984), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1998). 2005 yil mart oyidan O`zR FA prezidenti. Ilmiy ishlari oqsillar va peptsidlar tuzilishi hamda xossalarini o`rganish masalalariga oid.

65.

Salohitdinov Mahmud Salohitdinovich (1933) - O`ODUni bitirgan (1955). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1969). O`zR FA akademigi (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1984). O`zR FA vitse-prezidenti (1984-1985), O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri (1985-1989), O`zR FA prezidenti (1988-1994) bo`lgan. Ilmiy ishlari - chiziqli bo`lmagan xususiy xosilali differentsial tenglamalar tizimi uchun Koshi masalasini hal qilishga bag`ishlangan.

66.

Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich (10.09.1915-1995) - O`ODUni bitirgan (1936). Matematik olim, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942). O`zR FA akademigi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1960), Davlat mukofoti laureati (1967), Mehnat qahramoni (1990). O`ODU (1943-44, 1952-1958), ToshDU rektori (1971-1983) bo`lgan. O`zR FA prezidenti (1947-1952). O`zbekiston Ministrlar soveti Oliy va o`rta maxsus ta`lim Davlat Komitetining raisi (1959-1960), O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri (1960-1971).T.A.Sarimsoqov O`zbekistonda oliy ta`limning, matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan, ko`plab fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlab etishtirgan. U 1971 yildan Osiyo va Afrika hamkorlik jamiyati O`zbekiston komitetining raisi edi.

67.

Satimov Nu`mon Yunusovich (15.12.1939-2006) - MDUni bitirgan (1962). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1978). O`zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari differentsial tenglamalar, optimal boshqaruv va ziddiyatli jarayonlar nazariyasiga oid.

68.

Sattorov Jo`raqul Sattorovich (1938) - ToshDUni bitirgan (1962). Agrokimyogar, tuproqshunos olim. qishloq xo`jalik fanlari doktori (1980), professor (1982), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan qishloq xo`jalik xodimi (1990), O`zR FA akademigi (1994). O`zR FA tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish instituti direktori (1987-1995), SamDU rektori (1995-1999). Ilmiy ishlari tuproq melioratsiyasi, tuproqshunoslik, agrokimyo va ekologiya, cho`llashish jarayonining tuproq qatlamiga ta`siri, suv omborlarining cho`kindi loyqalaridan o`g`it sifatida foydalanish masalalariga bag`ishlangan.

69.

Sa`dullayev Azimbay (9.01.1947) - MDUni bitirgan (1969). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985), O`zR FA akademigi (1995). Urganch Davlat universiteti rektori (1992-2007), Xorazm Ma`mun akademiyasi raisi (1997-2002).Ilmiy ishlari ko`p argumentli funktsiyalar nazariyasiga, Kompleks potentsiallar nazariyasiga oid.

70.

Sirojiddinov Sa`di Hasanovich (10.05.1920-04.1988) - O`ODUni bitirgan (1942). Matematik olim va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1953), professor (1956), O`zR FA akademigi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1970), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). ToshDU rektori (1966-1970), O`zR FA vitse-prezidenti (1970-1983), ToshDU rektori (1983-1987) bo`lgan.Ilmiy ishlari ko`p o`zgaruvchanli klassik ko`phadlarning muhim xossalariga bag`ishlangan, Markov zanjiri uchun limit teoremalarni umumlashtirish va assimptotik yoyilmalar sohasidagi tadqiqotlardir.

71.

Sodiqov Obid Sodiqovich (5.11.1913-1987) - O`ODUni bitirgan (1937). Kimyogar olim, davlat va jamoat arbobi, kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947). O`zR FA akademigi (1947), Ittifoq Fanlar Akademiyasining akademigi (1972), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1960), Mehnat qahramoni (1973). ToshDU rektori (1958-1966). O`zR FA Prezidenti (1966-1984). O.S.Sodiqov rahbarligida va qo`l ostida 30ga yaqin nomzodlik, bir necha doktorlik dissertatsiyalari tayyorlangan va himoya qilingan.

72.

Starodubtsev Sergey Vasilevich (24.10.1914-19.03.1967) - O`ODUDA o`qigan (1931), mduni bitirgan (1935). fizik olim, texnika fanlari doktori (1946), professor (1947), O`zR FA akademigi (1956), vitse-prezidenti (1956-1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1964). O`ZR FA yadro fizikasi instituti direktori (1966-1967).Ilmiy ishlari fizik elektronika atom yadrosi fizikasi, yadro va radiatsiya fizikasi, radioaktiv izotoplar va nurlardan texnikada foydalanish, sof materiallar texnologiyasiga oid.

73.

Sultanov Abdulla Sultanovich (13.03.1913-26.10.1983) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1964), professor (1966), O`zR FA muxbir a`zosi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1973). Ilmiy ishlari neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoati organik katalizi muammolariga oid.

74.

Sultanov Muhammad Aliyevich (02.02.1915-12.07.1980) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Gelmintolog, biologiya fanlari doktori (1963), O`zR FA muxbir a`zosi (1968). Ilmiy ishlari O`zbekistonning uy va ov xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan parrandalar gelmintlari, ot oshqozon bo`qasi hamda boshha yovvoyi hayvonlar paraziti faunasini o`rganish, ularga harshi kurash choralarini ishlab chiqishga bag`ishlangan.

75.

Sultanov Izzat Otaxonovich (1910) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Adabiyotshunos, dramaturg. Filologiya fanlari doktori (1955), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). O`zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1948-1953).Ilmiy ishlari o`zbek adabiyoti tarixini va Navoiy hayotini o`rganishga bag`ishlangan.

76.

Toshmuhamedov Bekjon Oybekovich (27.01.1935) - MDUni bitirgan (1958). Biolog-biofizik olim. Biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973), O`zR FA akademigi (1987), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1985). O`zR FA fiziologiya instituti direktori (1985-92). Ilmiy ishlari biologik membranalarning xosil bo`lishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, garmonlar, pestitsidlar, feromanlar va boshqa biologik aktiv moddalarning membranaga ta`sir qilish mexanizmini o`rganishga oid.

77.

Tashpulatov Yunus Tashpulatovich (15.08.1932) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim, professor (1980), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari doktori (1978), O`zR FA akademigi (2000). Kimyo sanoati vazirligi qoshidagi Paxta tsellyulozasi texnologiyasi ilmiy tekshirish instituti direktori bo`lgan (1974-1983).Ilmiy ishlari paxta tsellyulozasi va uning modifikatsiyalangan xillarini rentgenozatik va IK spektrlar yordamida tekshirish, ular tuzilishini tadqiq qilishga mahalliy xom-ashyolardan pishiq materiallar olishga oid.

78.

Tursunmuhamedov Sattor Fazilhaqovich (11.01.1929) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1970), professor (1972), O`zR FA akademigi (2000). Toshkent Davlat pedagogika instituti rektori (1980-1983).Ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo`jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik sohalariga bag1ishlangan.

79.

Tolipov Shukur Tolipovich (5.01.1908-1980) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1935).Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1948), professor (1949), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1950), Qozog`iston FA akademigi (1967 y.).Ilmiy ishlari nodir va tarqoq elementlarni turli tog` jinslari va ishlab chiqarish mahsulotlarida aniqlashning yangi metodlariga bag`ishlangan.

80.

Troitskiy Vitaliy Ivanovich (13.071932) - O`rta Osiyo Politexnika Institutini bitirgan (1956). Geolog injener. Geologiya fanlari doktori (1967) professor (1968). O`zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1985), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1995), Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi (2008).

81.

Umarov G`iyos Yoqubovich (25.12.1921 - 21.12.1988) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1943). Fizik olim. Texnika fanlari doktori (1967), professor (1968), O`zR FA muxbir a`zosi (1968).Ilmiy ishlari yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid.

82.

Usmanov Hamdam Usmanovich (16.10.1916 - 5.07. 1994) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O`zR FA akademigi (1966), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1966).O`zR FA kimyo instituti direktori (1952-1956), O`zR FA o`simliklar kimyosi instituti direktori (1956-1959), O`zR FA Polimerlar kimyosi instituti direktori (1959-1962). Ilmiy ishlari tsellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, paxta qoldiqlari, ftor polimerlarini o`rganishga bag`ishlangan.

83.

Usmanov Fayzulla Asadullayevich (30.04.1935) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1969). Geolog olim. Geologiya va minerologiya fanlari doktori (1979), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1998). O`zR FA geologiya va geofizikasi instituti direktori (1992-2000) bo`lgan.Ilmiy ishlari geologik tadqiqotlarni matematikalashtirish va kompyuterlashtirishga bag`ishlangan.

84. Umidova Zulfiya Ibrohimovna (1.07.1897-17.04.1980) - Turkiston Davlat Universitetini bitirgan (1922). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining muxbir a`zosi (1948), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan vrach (1944), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1949).Ilmiy ishlari o`pka patologiyasiga va issiq iqlim sharoitida yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashga, shuningdek, sog`lom odamning yurak-tomir sistemasi va miokarda-infarktning klinik xususiyati hamda tonus tomirlar kamchiligining boshqa shakllarini yoritishga bag`ishlangan.
85.

Fayzullayev Jorulla Fayzullayevich (11.02.1924-24.10.1992) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1948). Gidromexanik olim, texnika fanlari doktori (1971), professor (1971). O`zR FA muxbir a`zosi (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1992).Ilmiy ishlari suyuqlik va ko`p fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, kon gidrodinamikasi, sug`orish gidrodinamikasiga oid.

86.

Farmonov Shokir Hosimovich (20.02.1941) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1963). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977). O`zR FA akademigi (2000). Ilmiy ishlari Markov zanjiri bo`yicha boshlang`ich tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun ilmiy teoremalar yaratishga oid.

87.

Filatov Aleksandr Nikolayevich (1.10.1930) - O`rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1953). Matematik va mexanik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1969), professor (1970), O`zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari asosan differentsial va integro-differentsial tenglamalar nazariyasiga asimptotik usullarni qo`llashga oid.

88.

Xayrullayev Muzaffar Muxitdinovich (17.11.1931-26.03. 2004) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Filosof olim. Falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967), O`zR FA akademigi (1989). O`zR FA filosofiya va huquq instituti dirketori (1961-1970, 1975-1980) bo`lgan. So`ng O`zR FA Sharq qo`lyozmalar instituti direktori (1980-87, 1993-2004) bo`lgan.Ilmiy ishlari O`rta Osiyo xalqlari falsafiy tafakkuri tarixi, madaniyat va ma`naviyat masalalariga bag`ishlangan.

89.

Shermuhammedov Said (12.05. 1930) - SamDUni bitirgan (1953). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1973), professor (1978). O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1980). Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992), O`zR FA akademigi (2000).O`zbekiston KP Markaziy komitetida Fan va madaniyat bo`limi mudiri o`rinbosari (1964-1965), madaniyat bo`limi mudiri (1965-1970). O`zbekiston maorif vaziri (1970-1984), O`zbekiston Pedagogika ilmiy tekshirish instituti direktori (1984-1985), O`zbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990 yildan).Ilmiy ishlari madaniyat nazariyasi va boshqa muammolarga bag`ishlangan.

90.

Tsukervanik Isaak Platonovich (23.05.1901-21.04.1968) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1940), professor (1940), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1942), O`zR FA akademigi (1966). Mendeleev nomli Butunittifoq kimyogarlar jamiyati Respublika boshqaruvining raisi bo`lgan (1942-57).Ilmiy ishlari aromatik birikmalarni alkishlash va atsillashga oid. Aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkishlash usullarni ishlab chiqqan.

91.

Yudaxin Konstantin Kuzmich (31.05.1890-22.02. 1975) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925).Tilshunos, sharqshunos olim. Professor (1940), O`zR FA muxbir a`zosi (1952), Qirg`iziston FA akademigi (1955). В«Qirg`izcha-ruscha lug`atВ» uchun 1967 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan.Ilmiy ishlari lug`atchilikka, turkiy tillar dialektologiyasiga oid.

92.

Yunusov Sobir Yunusovich (18.03.1909-29.11.1995) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952), O`zR FA akademigi (1952), Ittifoq FA muxbir a`zosi (1958), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1959), Leopoldin nomli nemis tabiatshunoslari akademiyasining akademigi (1962), Mehnat qahramoni (1969). O`zR FA vitse-prezidenti (1952-1962), O`zR FA O`simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1958-1983) bo`lgan. Ilmiy ishlari yangi alkoloidli o`simliklarni izlash, yangi topilgan alkoloidlarning tuzilishini aniqlash va ularni amaliyotga joriy qilishga bag`ishlangan.

93.

Yunusov Muhammadjon Sobirovich (5.01.1932 -15.10. 2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955).Fizik olim. Fizika-matematika fanari doktori (1981), professor (1983), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1993), O`zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari aralashmalar bilan boyitilgan yarim o`tkazgichlar va ular asosidagi asboblarning tuzilmalariga turli ko`rinishdagi energiyalar va chuqur kirib boruvchi nurlar ta`sir etganda yuz beradigan elektr jarayonlarini tekshirishga oid.

94.

Yusupov Erkin (1929-2003) - O`ODUni bitirgan (1951). Faylasuf olim va jamoat arbobi. Falsafa fanlari doktori (1965), professor (1966), O`zR FA akademigi (1979), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1979). O`zR FA vitse-prezidenti (1979-1989), ToshDU rektori (1990-1992) bo`lgan.Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq, tarix, siyosatshunoslik, ma`naviyat, mafkura masalalariga oid.

95.

O`razbayev Muhammad Toshevich (20.05.1906-9.05.1971) - O`ODUning ishchi fakultetini bitirgan (1928). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1947), professor (1938). O`zR FA akademigi (1956), Ittifoq qurilish va arxitektura akademiyasining haqiqiy a`zosi (1957), Davlat mukofoti laureati (1959), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti (1967) laureati. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi (1960).O`zR FA mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1947-1957). Toshkent Politexnika instituti rektori (1963-1971).Ilmiy ishlari asosan mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga oid.

96.

Qori Niyoziy - Toshmuhammad Niyozovich (2.09. 1897- 18.03.1970). O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1921). Matematik olim, pedagog, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1930), professor (1931), O`zR FA akademigi (1943), O`zR FA birinchi prezidenti (1943-47), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1939), Mehnat qahramoni (1967). Ikki marta Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. Ilmiy ishlari o`zbek matematika atamashunosligi va oliy matematika darsligi (o`zbek tilida), O`zbekiston xalqlarining madaniyati tarixi masalalariga bag`ishlangan.

97.

Qayumov Azizxon Po`latovich (1926 yanvar) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). O`zbek adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1961), O`zR FA akademigi (1995), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1986).O`zR FA til va adabiyot instituti direktori (1958-1961) bo`lgan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1974-1979), Hamid Sulaymonov nomidagi qo`lyozmalar instituti direktori (1979).Ilmiy ishlari Navoiy hayoti va ijodini, o`zbek mumtoz adabiyoti tarixini o`rganishga oid.

98.

Hosimov Akmaljon (1937 - 2004) - ToshDUni bitirgan (1961). Bioximik olim. Biologiya fanlari doktori (1978), professor (1978), O`zR FAning akademigi (2000). Andijon pedagogika instituti rektori (1976). Ilmiy ishlari biologik membranalarga radioaktiv nurlar va boshqa fiziologik aktiv moddalarning ta`sir mexanizmini o`rganishga bag`ishlangan.

99.

Qo`shjonov Matyoqub (5.05.1918-16.08.2005) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1950). Adabiyotshunos olim, tanqidchi. Filologiya fanlari doktori (1972), professor (1975), O`zR FA akademigi (2000), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1978).O`zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1975-1987) bo`lgan. Ilmiy ishlari hozirgi o`zbek adabiyotining nazariy muammolarini o`rganishga bag`ishlangan.

100.

Qo`chqortoyev Iristoy (5.07.1936-2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1958). O`zbek tilshunosi, pedagog. Filologiya fanlari doktori (1979), professor (1983), O`zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari hozirgi adabiy o`zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasini o`rganishga bag`ishlangan.

101.

Katsepolskiy Iosif Samuilovich (10.10.1903-2.10. 1976) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1960), professor (1967), O`zR FA muxbir a`zosi (1968). Ilmiy ishlari mahalliy tsementlarning qotish va emirilish jarayonlarini o`rganishga bag`ishlangan, mahalliy xom-ashyolar va sanoat chiqindilari asosida portland-tsementning yangi turlarini olish va sanoatda qo`llashga oid.

102.

G`ulomov Ulug` G`ofurovich (1933-1990) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Fizik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O`zR FA muxbir a`zosi (1974). O`zR FA Yadro fizikasi institutida direktori bo`lgan (1969-1978). Ilmiy ishlari Yadro fizikasiga oid. Yadro moddalarining favquloddagi holatlari uchun yadro-yadro to`qnashuvlarini o`rganishning yangi metodlarini ishlab chiqqan.

103.

Hamrabayev Ibrohim Hamrabayevich (5.05.1920-24.06.2002) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1942). Geolog olim. Geologiya fanlari doktori (1957), professor (1958). O`zR FA akademigi (1974), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1970). O`zR FA H.M.Abdullaev nomidagi geologiya va geofizika instituti direktori (1960 yildan) bo`lgan.Ilmiy ishlari O`rta Osiyo magmatizm, ayrim kompleks formatsiyalarning geoximik va metallogenik xossalarini o`rganishga bag`ishlangan.

104.

Hojiyev Azim (18.12.1933) - O`rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1975), O`zR FA akademigi (2000), O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi (2000).Ilmiy ishlari O`zbek tilshunosligining grammatika, orfografiya, leksikologiya, leksikografiya kabi sohalarini o`rganishga bag`ishlangan.

105.

Hojiyev Javdat (4.07.1938) - MDUni bitirgan (1962). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1977), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1990). O`zR FA akademigi (2000). Ilmiy ishlari invariantlar nazariyasi va tasvirlar nazariyasi masalalariga bag`ishlangan.

106.

Habibullayev Po`lat Qirg`izboyevic (14.10. 1938) - O`ODUni bitirgan (1960). Fizik olim, jamoat va davlat arbobi. Fizika matematika fanlari doktori (1971), professor (1972), O`zR FA akademigi (1984, Rossiya Texnologiya FA akademigi (1992). O`zR FA vitse-prezidenti (1979-1984), Prezidenti (1984-1988) bo`lgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). Ilmiy ishlari akustika, optika, radiatsion va lazer fizikasi, yadro va issiqlik fizikasi masalalariga oid.