O'zMU » Ma'lumotlar » Talabalar turar joylari

 

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Talabalar turar joylari

 

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tasarrufida 11 ta talabalar turar-joylari mavjud bo'lib, ularni 1960 yillarda qurilgan. Davlatimiz rahbariyati tashabbusi bilan 2005 yil 17 iyuldan 8 ta turar joy to'liq ta'mirlashga topshirildi. Mamalakatimizda ko'zga ko'ringan vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar homiyligida qisqa vaqt mobaynida talabalar turar joylari to'liq ta'mirdan chiqarilib, zamonaviy ruhda bezatildi.
2005 yil 28 yanvar kuni Prezidentimiz Islom Karimov "Yoshlik" talabalar shaharchasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirish maqsadida tashrif buyurdi. Shaharchadagi qurilish ishlari va talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi hamda turar joylarda talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida bir necha taklif va tavsiyalar berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi to'liq ta'minlandi va talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi.
Talabalar turar joylari "Ma'naviyat va ma'rifat" xonasi, sport, dam olish, kompyuter, ota-onalar, yuvinish, dazmollash, kir yuvish xonalari zamonaviy jihozlar bilan bezitildi. Bundan tashqari homiylar tomonidan har bir talabani yashashi uchun zarur bo'ladigan yumshoq mebellar va jihozlar bilan ham ta'minlandi. Har bir xonada yashovchi 2 talaba uchun barcha sharoitlar yaratildi. 2, 3, 4, 5 sonliВ talabalar turar joylari 204 kishiga, 12, 14, 18 sonli talabalar turar joylari 306 kishiga, 9 sonli magistrlar va aspirantlar turar-joylari 216 kishiga mo'ljallangan. Talabalar turar joylarida boshqaruvning yangi tizimi joriy etilib, talabalarning o'z-o'zini boshqarish mexanizmi ishlab chiqildi. 2006 yil 14 yanvardan talabalar turar-joylarida talabalar istiqomat qilib kelmoqda.