O'zMU » Ma'lumotlar » Talabalar uchun yoriqnomalar

Talabalarning huquqlari va majburiyatlari


1. O‘zMUga qabul umumiy o‘rta (11 yoki 12 sinf), professional-texnik, o‘rta maxsus, professional akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari) ma`lumotiga ega bo‘lgan shaxslarning arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq test sinovlari natijalariga ko‘ra Davlat granti va to‘lovli-kontrakt hajmi doirasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Talabaning, bir vaqtning o‘zida ham O‘zMUda, ham boshqa oily o‘quv yurtida ta’lim olishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. O‘zMU rektori buyrug‘I bilan o‘qishga qabul qilingan shaxslar O‘zMU ning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi va reyting (sinov) daftarchasi beriladi.
3. O‘zMU talabalari quyidagi huquqlarga ega:
Ilm-fan, texnika va madaniyat rivojining hozirgi zamon darajasida bilim olish;
Universitetdagi barcha ko‘rinishdagi o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish;
Universitet va fakultet faoliyatiga doir muhim masalalarni muhokama qilish va ishtirok etish, shu jumladan, jamoat tashkilotlari va oily o‘quv yurtlari boshqaruv organlari orqali ta`sir ko‘rsatish;
Kutubxonadan, hisoblash mashinalaridan, o‘quv loborotoriyalaridan, axborot fondlaridan; universitetning o‘quv, ilmiy sog‘lomlashtirish va boshqa tarmoq xizmatlaridan bepul foydalanish;
O‘quv mashg‘ulotlarining o‘tishini sifatli ta`minlay olmayotgan o‘qituvchilarni almashtirish masalasini qo‘yish;
Olimpiadalarda, tanlovlarda, xalqaro tanlov va turli ko‘riklarda ishtirok etish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha turlarida-grantlar, halqaro grantlar, ilmiy seminarlar, simpoziumlarda ishtirok etish; o‘z ishlarini nashirga, shu jumladan, universitet nashrlariga tavsiya etish;
O‘zi tanlab olgan mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv fanlarini hamda universitetda shartnoma asosida o‘qitilayotgan boshqa barcha fanlarni o‘zlashtirish;
O‘qishdan tashqari (bo‘sh) vaqtlarida mehnat shartnomasi bilan universitetning o‘zida va undan tashqarida ishlash (bu ish mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘rindoshlik sanalmaydi);
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, universitet boshqaruvining buyruqlari va ko‘rsatmalari bo‘yicha shikoyat qila olish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, harbiy ixtisoslik bo‘yicha ta`lim olish.
4. Davlat grantlari asosida kunduzgi bo‘limda ta`lim olayotgan fanlardan o‘zlashtirishga erishgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartib va hajmda stipendiya bilan ta’minlanadilar. Talabalar, muayyan qoidalar asosida nomdor stipendiya olish huquqiga egadirlar. O‘qishga yuridik yoki jismoniy shaxslarning to‘lov shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan va o‘zlashtirishga erishayotgan talabalarga stipediya belgilanishi mumkin.
Tibbiy hulosaga ko‘ra, talabaga amaldagi qonunlarga muvofiq, akademik ta`til berilishi mumkin.
Kunduzgi bo‘lim talabalariga, O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, universitetda ta`lim olish muddati tugaguncha harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish imkoniyati beriladi.
Turar joyga ehtiyoji bo‘lgan talabalarga universitet yotoqxonasidan joy beriladi. Talabalar uchun yotoqxonada yashash, kommunal va xo‘jalik xizmatlariga to‘lov hajmi stipendiya hajmining 5 foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi.
5. O‘zMU talabalarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Barcha korinishdagi majburiy auditoriya mashg‘ulotlariga qatnashish, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha, ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha nazariy bilimni, amaliy ko‘nikmalarni va ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy metodlarini chuqur egallash;
Muayyan o‘quv rejasi va reyting nazorati jadvalida ko‘zda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni o‘z muddatida bajarish;
Doimiy ravishda umumiy va milliy madaniyatni yuksaltirishga, iqtisodiy, huquqiy va ekologik bilimlarni egallashga, ma`naviy va ruhiy, axloqiy, estetik va jismoniy barkamollikka intilish;
Umumhalq bayramlari, jamoat tadbirlari, tanlovlar va boshqalarda faol ishtirok etish;
Universitetning jihozlari, adabiyotlar, o‘quv asboblari va boshqa mol-mulklarni avaylash;
Texnika havfsizligi qoidalariga, universitet hududida va yotoqhonada ichki tartib va tozalik tartib-qoidalariga rioya qilish;
6. Talaba universitet talabalari safidan chiqarilgan bo‘lsa, 5 yil davomida O‘zMU da o‘qishga to‘lov shartnomasi asosida qayta tiklanishi mumkin.
O‘zMU talabalari boshqa oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga o‘tish (qayta tiklanish) huquqiga ega. Akkreditatsiya qilinmagan (ruxsat berilmagan) oily o‘quv yurtlari talabalarining O‘zMU ga o‘tishi (qayta tiklanishi) ga ruxsat berilmaydi.
Talabalarni o‘qishga qayta tiklash va biridan-biriga o‘tkazish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan qoidalarga ko‘ra beriladi.
7. O‘zMU talabalari uning Ustaviga, shuningdek, ichki tartib qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.
Talabalarni O‘zbekiston Respublikasi hukumati Qaroriga muvofiq keluvchi holatlardan tashqari, o‘quv jarayoniga aloqador bo‘lmagan ishlarga o‘quv vaqti hisobidan jalb qilish taqiqlanadi.
Intizomiy jazo chorasi uning qilmishi aniqlangan kundan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmagan muddat ichida va aybni sodir etgan kundan hisoblaganda, olti oy ichida qo‘llanadi. Bunda talabaning kasalligi yoki ta’tilda ekanligi ham hisobga olinmaydi.
Talabalarni universitet talabalari safidan chiqarish ularning kasalligi davrida, ta`til vaqtida, akademik ta’tilda bo‘lganida yoki homiladorlik va tug‘ish ta`tili davrida amalgam oshirilmaydi.
O‘zMU da ta’lim olayotgan talabalarga yaxshi o‘zlashtirishga erishgan, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi va jamoa faoliyatidagi faol ishtiroki uchun quyidagi rag‘batlantirish tadbirlari belgilanadi:
a) rahmatnoma e`lon qilish;
b) fahriy yorliq va qimmatbaho sovg‘a bilan mukofotlash;
c) hurmat taxtasiga kiritish;
d) mukofotlash va boshqalar;
e) universitet miqyosidagi nomdor stipendiya belgilash;
f) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga taqdim etish.