O'zMU » Ma'lumotlar » Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish

Kafedra o'z faoliyatini «hisoblash matematikasi» nomi bilan boshlab, unga 1959-1967 yillarda dotsent A.P.Domoryad, 1971-1979 yillarda dotsent G.S.Salixov, 1980-1993 yillarda dotsent Z.J.Jamolov va 1993-1995 yillarda akademik T.A.Azlarov, 1995-2011 yillarda professor X.A.Muzafarov kafedra mudirlik qildi.

2012 yil sentyabrdan boshlab professor R.D.Aloev kafedraga rahbarlik qilmoqda.

1998 yildan kafedra «qisoblash matematikasi va matematik modellashtirish» kafedrasi deb nomlandi.

2008 yildan kafedra “hisoblash  texnologiyalari   va  matematik  modellashtirish”  kafedrasi  nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

O'zbekiston Respublikasining ilmiy-texnikani rivojlanishida “hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasining, jumladan, hisoblash matematikasi sohasida ilmiy maktabni paydo bo'lishida o'zlarining butun umrini baxshida etgan katta ustozlarimiz G`.N.Solihov, M.I.Isroilovlarning xizmatlari behisob kattadir.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar axborot xavfsizligi, axborot himoyasining kriptogafik usullari, ochiq kalitlar infrastrukturasi, kriptologiyaning matematik asoslari, kriptografiya va kriptoanaliz muammolari, giperbolik sistemalarga qo'yilgan aralash masalalarning adekvat hisoblash modellarini qurish, matematik fizikaning nokorrekt  masalalarini echish, kvadratur va kubatur formulalar qurish, murakkab jarayonlar va ob'ektlarni matematik modellashtirish vositasida tadqiq qilish, matematik modellashtirishda hamda kriptoanalizda parallel texnologiyalarni qo'llash kabi axborot qimoyasi, hisoblash matematikasi va amaliy matematikaning dolzarb muammolari bilan shug`ullanib kelmoqdalar.

“Hisoblash  texnologiyalari   va  matematik  modellashtirish” kafedrasi bitiruvchilaridan 10 dan ortig`i doktorlik dissertatsiyalarini va 30 dan ortig`i nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar. Bugungi kunda ular Respublikamizda malakali kadrlar tayyorlashda va ilm-fan taraqqiyotini yuksalishida munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.

 

Fizika-matematika fanlari doktori, professor Aloev Raxmatillo Djuraevich kafedrani 2012 yildan boshqaradi. U 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan, 3 ta monografiya, 3-ta patent, 16 ta o'quv qo'llanmalar muallifi.

Ilmiy qiziqishlari: hisoblash matematikasi, informatsion tizimlar, axborot xavfsizligi, giperbolik sistemalar uchun  adekvat hisoblash modellarini qurish.

Professor R.D.Aloev tomonidan simmetrik t-giperbolik sistemalar uchun adekvat hisoblash modellari ishlab chi?ilgan. O'quv jarayonini boshqarish informatsion tizimi va elektron ta'lim muhiti ishlab chiqilgan. O'zbekiston davlat standartlari asosida milliy kriptografik provayderning dasturiy ta'minoti ishlab chi?ilgan.

Uning rahbarligida bir necha respublika miqyosida grantlar bajarilgan.

R.D.Aloev tashabbusi bilan hisoblash matematikasi sohalari bo'yicha xalqaro maktab-seminari va respublika ilmiy anjumani o'tkazilgan.

Uning bevosita tashabbusi bilan hisoblash matematikasining zamonaviy usullari, Informatsion tizimlarning ishlab chiqish uslubiyoti, Axborot xavfsizligining kriptografik usullari, Ochiq kalitlar infrastrukturasi kabi predmetlar birinchi marta o'quv jarayoniga kiritildi.

Kafedraga professor R.D.Aloev rahbarlik qilgan davrida kafedra o'quv portali yaratildi va uni takomillashtirish ustida ish olib borilmoqda.

Professor R.D.Aloev O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining informatsion texnologiyalar va axborot xavfsizligi sohalari bo'yicha ekspert sifatida faoliyat yuritmoqda.

HOZIRGI KUNDA

Hozirgi kunda kafedrada shtat bo'yicha 3 nafar professor - X.A.Muzafarov, R.D.Aloev, N.H.Qosimov 3 nafar dotsent v.b. - G.U.Jo'raev, S.A.Baxromov, M.O'.Xudoyberganov, katta o'qituvchi - f.-m.f.n. M.S.Kosbergenova  va  o'qituvchilar B.B.Elov va R.H.Aloevlar faoliyat olib bormoqdalar.

Hisoblash  texnologiyalari   va  matematik  modellashtirish kafedrasida 2012 yildan boshlab 5A330302 - Axborot xavfsizligi va 5A330301 - Kriptografiya va kriptoanaliz (matematik va dasturiy ta'minoti) mutaxasisliklari bo'yicha magistrlar  tayyorlana boshlandi. Bugungi kunda kafedrada 2  nafar stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi, 16 nafar magistrant, 18 nafar bakalavriyat talabalari kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi  va magistrlik dissertatsiyalarini bajarmoqdalar.

Kafedrada 2009-2011  yillarda “Optimizatsiya uchebno-vospitatelnogo protsessa i  prognozirovanie uspevaemosti studentov” mavzusidagi amaliy loyiha bajarildi va uning natijalari kafedra  faoliyatiga joriy etishga tayyorlanmoqda.  Olib borilgan ishlar natijasida kafedra a'zolari tomonidan “Noravshan bilimlar bazasi va regressiya modeli asosida talabalar o'zlashtirishi bashoratlarini identifikatsiya qilish dasturi”, “ Noravshan joriy axborotda o'quv jarayonini optimallashtirish masalasini echish” dasturi va  “OTM elektron ta'lim muhiti” dasturlari uchun Intelektual mulk agentligidan 3 ta patent olindi. hozirgi kunda kafedra a'zolari “Parallel” yopiq mavzudagi  ilmiy loyihasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Oxirgi o'n yilda kafedra professor-o'qituvchilari rahbarligida 200 dan ortiq bakalaviatura talabalari malakaviy bitiruv ishlarini va 100 dan ortiq magistrantlar hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish mutaxassisliklari bo'yicha magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ishlab chiqarish korxonalari va ta'lim muassasalarida ilmiy va pedagogik faoliyatini olib bormoqdalar. Ushbu yillarda kafedra a'zolari tomonidan “Matematicheskoe modelirovanie” (Muzafarov X.A., Baklushin M.B., Abduraimov M.G. O'zMU, 2002 yil), Sonli usullar I,II qism (Aloev.R.D., Sharipov T.X. 2004 y.), “Sonli usullar” (Fayazov K.S., Ismatullaev G`.P., O'zMU, 2006 yil), “Hisoblash usullaridan  metodik qo'llanma” (Ismatullaev G`.P., Jo'raev G`.U., O'zMU, 2007 yil), “Hisoblash usullaridan laboratoriya mashg`ulotlari to'plami” (Aloev R.D., Xudoyberganov M.O'., O'zMU, 2007 yil) darslik va o'quv qo'llanmalari, “Oliy ta'lim muassasalarida elektron ta'lim muhitini yaratish” monografiyasi chop etilib, o'quv jarayoniga qo'llanilmoqda. Shuningdek, magistrantlar uchun “Ayirmali sxemalar nazariyasi elementlari” (Jo'raev G`.U., Baxromov S.A., Xudoyberganov M.O'.) o'quv qo'llanmasi ham tayyorlanib, bosmadan chiqarishga tayyor qolga keltirildi.