O'zMU » Ma'lumotlar » Programmalash va tarmoq texnologiyalari

Kafedra 1971 yilda Toshkent Davlat Universitetida Amaliy matematika va mexanika fakultetining tashkil bo'lishi munosabati bilan, shu fakultet qoshida akademik N.Yu. Satimov ra?barligida «EHMning matematik ta'minoti» nomi bilan ochilgan. 1972 yildan kafedrani professor B.Kurmanbaev boshqardi.

1992 yildan kafedra «Hisoblash va avtomatlashtirilgan sistemalarning matematik ta'minoti» deb nomlandi va uni 1998 yildan 2010 yilgacha prof.Xaldjigitov A.A. mudirlik qildi.

2002 yildan kafedra Kompyuter texnologiyalari fakulteti tarkibiga «Programmalash texnologiyalari» nomi bilan kirdi. 2005 yilda o'quv yurtalri tuzilmaoarini yiriklashtirish jarayonida kafedraga “Tarmoq texnologiyalari” kafedrasi qo'shildi va kafedra «Programmalash va tarmoq texnologiyalari» nomi bilan faoliyatini davom ettirdi.

2010 yildan kafedraga dots. Madraximov Sh.F. mudirlik qilmoqda.

Madraximov Sh.F. 1983 yil Toshkent Davlat universitetini matematika mutaxassisligining EHMni matematik ta'minoti ixtisosligi bo'yicha tugatib, O'zR FA Kibernetika institutiga kichik ilmiy xodim sifatida 1991 yilgacha ishladi. 1991 yilda ToshDU Tadbiqiy matematika va mexanika fakultetining EHMni matematik ta'minoti kafedrasiga assistenti lavozimida pedagogik faoliyatini boshladi. Umumiy ish staji 28 yil, pedagogik mehnat staji 23 yil.

Madraximov Sh.F. fizika-matematika fanlari nomzodi va 2006 yilda «Informatikaning nazariy asoslari» ixtisosligi bo'yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.

U olib borayotgan ilmiy tadqiqotlar yo'nalishi - sun'iy tafakkurning ekspert tizimlari, sun'iy neyron to'rlari va berilganlarning intellektual tahlili sohalaridir. Bunda berilganlar bazasidan yashiringan qonuniyatlarni ajratib olish va ularni bilimlarni tasvirlash modellarida tasvirlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Madraximov Sh.F. 1994 yilda f.-m.f.n. Jelyabin V.N. ilmiy rahbarligida «Алгоритмы, вычислительные модели и программные средства логического вывода для обработки баз знаний» mavzusida   nomzodlik   dissertatsiyasini    himoya   qildi. Ayni paytda f.-m.f.d. Ignatev N.F. ilmiy maslahatchiligida «Выявление закономерностей в эксперементальных данных на базе нейроэкспертных систем»  mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

Madraximov Sh.F. jami 56 ta ilmiy maqola va uslubiy ishlar chop qildirgan. Shulardan 40 ta ilmiy, 3 ta ilmiy-uslubiy maqola, 13 ta o'quv qo'llanma.

Madraximov Sh.F. o'quv va metodik qo'llanmalar yaratishda samarali ish olib bormoqda. U tomonidan va hammualliflikda yaratilgan “Paskal tilida programmalash bo'yicha masalalar to'plami», «Informatika va programmalsh» «Programmalash tizimlari» va “C++ tilida programmalash asoslari” o'quv qo'llanmalari bakalavriatning Informatika va Axborot texnologiyalari, hamda Informatika va Tadbiqiy matematika yo'nalishlarining talabalari uchun mos fanlarni o'zlashtirishda o'zbek tilidagi asosiy manbalar hisoblanadi va bu qo'llanmalar Respublikaning boshqa Oliy o'quv yurtlariga tarqatilgan.

Kafedra tomonidan bakalavriatning 5480100-Tadbiqiy matematika va informatika va 5480200-Informatika va axborot texnologiyalari» yo'nalishlarida bakalavrlar, magistraturaning «Tadbiqiy matematika va informatsion texnologiyalar», 5A30201-Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti  mutaxassisliklari bo'yicha magistrlar tayyorlamokda.

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan «Programmalash asoslari», «Tizimli programmalash», «Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari», «Tarmoq texnologiyalari» va shu turkumdagi axborot texnologiyalari bilan bog’liq fanlardan ma'ruza va amaliy mashhulotlar olib boriladi.

O'tgan yillar mobaynida mazkur kafedrada yuzlab yuqori malakali mutaxassislar etishib chiqqan.Hozirgi davrda ular informatsion texnologiyalar yo'nalishidagi etuk mutaxassislar bo'lib Respublikamizning deyarli barcha Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassassalarida; O'zbekiston Fanlar Akademiyasining institutlarida; Bank tizimlarida, Davlat korxona va tashkilotlarida faoliyat ko'rsatmoqdalar.

Kafedramiz  iqtidorli bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat, ilmiy tadqiqot soqasida faoliyat olib borishmoqda. Ular orasida ko'plab fan nomzodlari va doktorlari etishib chiqqan: f-m.f.d Fayazov K.S., f-m.f.d. M. Tuxtasinov., f-m.f.d. Sh.U.Nazirovlarni sanab o'tishimiz mumkin.

Mazkur kafedrada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan  professorlar: - I.Mirzaev, U.Yu.Yuldashev, B.F.Abduraximov, dotsentlar:- V.B.Buzurxonov, M.Ikromov, A.B.Sattorov, T.T.Imomov, T.T.Azlarov, N.R.Kadirova, A.A.Abdukodirovlarni faxr bilan qayd etish mumkin.

Ayni payti kafedrada quyidagi professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda:

Madraximov Shavkat Fayzullaevich - f-m.f.n, dotsent, kafedra mudiri;

Ignatev Nikolay Aleksandrovich - f-m.f.d, professor;

Polatov Asxad Muxamedjanovich - f-m.f.n, dotsent;

Xakimov Muftoh Hamidovich - t.f.n, dotsent;

Gaynazarov Sulton Mamanazarovich - f-m.f.n., dotsent v.b;

Gulyamov Saidkarim Sultonovich - t.f.n, dotsent;

Ikramov Ahmad Maripovich - f.-m.f.n, dotsent v.b;

Adamboev Uchqunbek Erkinovich - f.-m.f.n., katta o'qituvchi;

Djamirzaev Abdug’ofur - katta o'qituvchi;

Maxarov To'lqin Abdilaxatovich - katta o'qituvchi;

Mirzaev Umrzoq - katta o'qituvchi;

Saidov Doniyor  - o'qituvchi;

Nig’monova Dilobar - o'qituvchi.

Mirzaev Aziz - o'qituvchi.

 

Kafedrada olib borilayotgan  ilmiy-tadqiqot ishlari:

- Berilganlarni intellektual tahlili;

- Tadbiqiy masalalar echimining programma ta'minoti.

- Kompyuter lingvistikasi;

- Ta'limda axborot tizimlari va texnologiyalari (“Talaba S”);