O'zMU » Ma'lumotlar » Axborot resurs markazi

Kislitsina Irina L’vovna

Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy universiteti

kutubxona (ARM) direktori

Tel.: (998 71) 246-67-71

Qabul qilish vaqti: seshanba, payshanba soat 10.00 - 12.00

 

Telefon: 246-67-71

 

E-mail: Kislitsina_il@nuuz.uz , arm@nuu.uz

 

 

Kutubxona (ARM) director o’rinbosari

Ergashova Maxbuba Pazilovna

Tel: (998 71) 246-67-71

Qabul qilish vaqti: dushanba, chorshanba soat 10.00 - 12.00

e-mail: ergashova_mp@mail.nuuz.uz 

 

 

 

 

 

 

  • Kutubxona kecha va bugun 

O’zbekiston Milly universiteti o’z faoliyatini 1918 yil 12 maydan boshladi. Universitet bilan bir vaqtda kutubxona ham shakillanib bordi.

       1920 yillarda kutubxonaning kitob fondi 75 ming nashr birligini,                           40- yillarda kutubxonaning fondi 500 ming nashr birligini, 60-yillarda 1 mln. nashr birligini, 80-yillarda 2,5 mln. nashr birligini tashkil qildi. 1920 yillarda  kutubxonaning kitobxonlar soni 1 ming kishi,   40- yillarda kutubxonaning kitobxonlar soni 4 ming kishi, 60-yillarda 7 ming kishi, 80-yillarda 21 ming kishiga ortdi.

      1938 yilda Ilmiy kutubxona o’z fondi va miqyosi bo’yicha Butunittifoq Oliy maktablar ishlari komitetining buyrug’iga asosan, mamlakatdagi 30 ta yirik kutubxonalar qatoriga kiritilgan, 1969 yilda esa, Ilmiy kutubxona statusi berilgan. 1944 yilda Ilmiy kutubxona ikkinchi toifaga  ko’chirildi, 1990 yilda Ilmiy kutubxona xodimlariga mehnat haqi to’lash bo’yicha birinchi toifaga ko’chirildi.

       Ilmiy kutubxona 1976 yil 16 dekabrdan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug`iga asosan O`zbekiston OTMlari kutubxonalarining uslubiy markazi qilib tasdiqlandi.

        2006 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining № PP-381 “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan kutubhona sohasidagi ish faoliyati axborot – telekomunikatsiya texnologiyasini  amalga oshirishga va an`anaviy shakldan zamonaviy ish shakliga o`tishga yo`naltirilgan,  

      2012 yilda M. Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining  kutubxonasi (ARM) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil                           20 iyundagi 250-sonli buyrug’iga asosan KARMAT (Korporativ Axborot-Resurs Markazlarining Avtomatlashtirilgan Tizimi) dasturi bo’yicha Respublika ARMlarining yig’ma electron katalogini tuzish uchun Uslubiy markaz qilib tayinlandi.

      Xozirgi vaqtda yagona kompleks, kutubxona (ARM)ning hamma                                  5 funksional bo’limlarini; 600 o`rinli o`quv zallari, markaziy o’quv zali, 11 fakul’tet o’quv kutubxonalari,  ilmiy adabiyotlar bilan xizmati ko’rsatish bo’limlari va nodir qo’lyozmalar muzeyini o’z ichiga oladi.

Axborot-resurs markazi universitet o`quv jarayoni, hamda ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etadi. Universitet kutubxonasining asosiy vazifasi avvalo universitet professor-o’qituvchilarini va o’quv jarayonini ilmiy, badiy, o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashdir. Kutubxona (ARM) universitetning hamma kategoriyasidagi kitobxonlar uchun differensial xizmat ko’rsatadi.

        Bugungi kunda Kutubxona (ARM)ning kitobxonlar soni - 10 ming atrofida.

        Yillik davomat soni  - 400 ming dan ortiq.

        Yil davomida berilgan adabiyotlar soni  – 800 ming dan ortiq.

Kutubxona (ARM) markazi ishchi xodimlar soni 79, shundan oliy ma’lumotlilari - 35, oliy maxsus ma’lumotlilari  - 8, o’rta ma’lumotlilari – 44,  o’rta maxsus ma’lumotlilari  - 19 kishini tashkil  qiladi.

      Har yili ARM fondiga 10 ming nashr birligida adabiyotlar olinadi, vaqtli nashrlar 150 nomni tashkil qiladi. 80-90 % foizini ARM fondiga olingan yangi o’quv adabiyotlari va o’quv qo’llanmalari tashkil qiladi. ARM kitoblar olish uchun o’rta hisobda 50 mln. so’m, obuna uchun esa, 60 mln. so’mdan ortiq mablag’ sarflaydi.

      ARMda 3 mln. dan ortiq nashr birligida-o’zbek, rus va chet tillarda yozilgan adabiyotlar mavjuddir. Kutubxonada universitet o’quv jarayoni va talabalarni o’quv qo’llanmalari va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash juda yahshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’quv adabiyotlari - 1 mln. 200 ming nashr birligini, ilmiy adabiyotlar 650 ming nashr birligini tashkil qiladi. Chet el adabiyotlari alohida nashrlar sifatida ko’rsatilgan. Shuningdek ARM fondida juda qiziq va boy mazmunga ega bo’lgan, adabiyotlar uzoq davrlardan boshlab saqlanib kelmoqda.

      ARM fondida juda boy va bebaho XIII-XX asrlarni o’z ichiga olgan  tojik, fors, arab tillarda yozilgan nodir qo’lyozmalar va litografiyalar ham uzoq yillardan buyon saqlanib kelmoqda. Bu fondda 1465 qo`lyozma va litografiyalar mavjud/ ARM ning bu fondi o’z mazmuni bo’yicha juda xilma-xildir. Bu fondda O’rta Osiyoda o’sha davrlarda tarix, geografiya, din, tibbiyot, so’fizm, filosofiya fanlarining qanday rivojlanganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Uzoq yillardan buyon  ARM fondida saqlanib kelayotgan litografiyalar va qo’lyozmalar muzeyning  tashkil qilinishi uchun asos soldi.

       Kutubxonaning electron o’quv zalida kitobxonlar uchun ilmiy va o’quv adabiyotlarining electron versiyalari (20 ming) yaratilgan, hamda  INTERNET tarmog’I orqali Ziyo Net axborot-ta’lim portal va jahon axborot resurslari bilan tanishish imkoniyatlari yaratilgan. 


Kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar ro'yxati 2017

Kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar ro'yxati 2016

Kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar ro'yxati 2015