O'zMU » Ma'lumotlar » Devonxona

Bo'lim boshlig'i:  Samiyeva Farida Madjidovna

 Telefon: (8 371)246-02-24

E-mail: devonxona@nuu.uz

              devonxona@nuuz.uz

 

 

 

 

 

 

 

Devonxona haqida ma’lumot

 

             Devonxona O'zMUda ish yuritishning asosiy boshqaruv bo'limi hisoblanadi. O'zMU hujjatlari hisoboti, ularning yuritilishini belgilangan talablar asosida boshqa bo'limlar, fakul'tetlar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etadi.  Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash (rasmiylashtirish, ko'rib chiqish, nazoratdan olish) tartibini olib boradi.

Devonxonaning asosiy maqsadi:

             Ish yuritishning yagona davlat tizimi, xizmat hujjatlarini tayyorlash tartibi haqida amaldagi qo'llanmalarga asosan O'zMU bo'lim va fakultetlarida tezkor va madaniy ish yuritishning yagona tartibini o'rnatish hamda ijrosini ta'minlash;

 yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelgan nazoratga olinishi kerak bo'lgan hay'at qarorlari, farmoyishlar buyruq va topshiriqlarni ro'yxatga olgandan so'ng,  4b kerakli kartochkalar ochish uchun “JFS” dasturiga kiritib kartochkalar ochish va nazoratga qo'yish. Kartochkalarni ijrochilarga tarqatish va muddati kelganda nazoratdan olish, kartochkalarni yig'ma jildiga tikib borish;

            “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi qonun asosida murojaatlarni ko'rib chiqish, ijobiy hal etish, ularga amaliy yordam ko'rsatish;

            O'zMU bo'limlaridan, fakultetlardan taqdim etilayotgan hujjatlarning asosliligini, amaldagi qonun va qoidalarga mosligini tekshirish, ularning ijrosini ta'minlash;

            devonxona ish faoliyatida to'plangan hujjatlar yig'ma jildi (buyruqlar, farmoyishlar, kirish va chiqish xatlari, qayd qilish kitoblari) to'laligi holda belgilangan muddatda arxivga sifatli holda doimiy saqlash uchun topshirishni ta'minlash.

            Devonxona o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari, hay'at qarorlarini bajarish va bajarilishining nazoratini tashkil qilishni amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirish;

            Devonxonaga kelib tushayotgan korrespondentsiyalarni o'z vaqtida, ularni to'liqliligini tekshirib belgilangan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va rahbariyatga yoki xat yuboriluvchiga etkazish;

            rahbar rezolyutsiyasidan so'ng hujjatlarning nusxa ko'paytirish kerak bo'lganlarini ko'paytirib, nazoratga olish uchun ichki nazorat va monitoring bo'limiga yoki ijrochiga etkazib berish;

            jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan yozma murojaatlarni qabul qilish, ularni kompyuterda “JFC” dasturiga kiritib, nazorat kartochkasi ochib, rektorga rezolyutsiya uchun berish, so'ngra ijrochiga ijro uchun etkazish, uning nazoratini olib borish va har chorak yakuni bo'yicha vazirlikka hisobot berib borish;

            O'zMUda ish yuritishning davlat tilida olib borilishini nazorat qilish;

            O'zMUdan chiqish xatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va ularni jo'natish (aloqa bo'limi, kur'er orqali, faks va boshqalar orqali);

            hujjatlar yig'ma jildini doimiy saqlash uchun arxivga topshirish;

            ommaviy axborot vositalari bilan rahbariyat va bo'limlarni ta'minlash.

             Devonxona tarkibiga arxiv kiradi.

 

 

 

 

 

Devonxona tarkibi:

 

devonxona inspektori  – Chulliyev Dilshod;

devonxona ish yurituvchisi  – Niyozova Dilnoza;

devonxona texnik operatori  –  Muyidinova Maftuna;

devonxona texnik operatori  –  To’raxo’jayeva Muxlisa;

kur'er - Begimova Munisa;

arxiv mudiri - Boymamatov Toxir;

arxivarius - G'ofurova Dildora;