O'zMU » Ma'lumotlar » Matematik fizika

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti mexanika-matematika fakultetining  «Matematik fizika» kafedrasi 1988 yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Sh.А. Alimov raxbarligida tashkil topgan. Hozirgi davirda kafedarada 2 ta fizika-matematika fanlari doktori, 5 ta fizika-matematika fanlari nomzodi, hamda 1 ta assistant faoliyat ko’rsatadi.

Kafedraga fizika-matematika fanlari doktori, dotsent Kasimov Shakirbay Gapparovich raxbarlik qiladi.

«Matematik fizika» kafedrasi qoshida «Differensial operatorlarning spektral nazariyasi» ilmiy maktabi shakillangan. Bu ilmiy maktabning asoschisi va raxbari O’zbekiston Resbublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, 100 dan ortiq ilmiy ishlar, bir nechta o’quv qo’llanmalar va darsliklar avtori Shavkat Artifdjanovich Alimovdir.

Bu ilmiy maktabning asosiy markazi O’zbekiston Milliy Universiteti «Matematik fizika» kafedrasidir. Kafedra qoshida tashkil topgan ilmiy maktabning faoliyatida «Matematik fizikaning zamonaviy usullari» ilmiy seminari muhum ro’l egallaydi. Seminarga O’zR FA akademigi Sh.А. Alimov raxbarlik qiladi. Ilmiy maktabning aktiv va sermaxsul ijodiy faoliyati tufayli differensial va psevdodifferensial operatorlarning spektral nazariyasi sohasida yangi muhim natijalarga erishishga muvofiq bo’lindi. Bu nazariyaning taraqqiyotiga Sh.A. Alimov va uning ko`pgina shogirdlari - fizika-matematika fanlari doktorlari R.R. Ashurov, S.R. Umarov, A.R. Halmuxamedov, A.A. Raximov, B.X. Turmetov, Sh.G. Kasimov, fizika-matematika fanlari nomzodlari E.M. Saydamatov, Q. T. Buvayev, E.I. Qo’chqorov, Y. E. Fayziev, T.N. Aliqulov, М.V. Sokolov, Sh.T.  Pirmatov va boshqalar o’z ulushlarini qo’shdilar.

Keyingi yillarda kafedrada 5 ta  fan doktorlari , 9 ta fan nomzodlari tayyorlandi. Kafedraning ilmiy seminarida  olimlar , stajyo’r-tadqiqotchilar, katta ilmiy xodimlarning ilmiy natijalari muntazam rasvishda muhokama qilib boriladi.

Kafedraning ilmiy faoliyati asosan quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

  • Elliptik differensial  operatorlar  bilan bog’liq spektral yoyilmalar;
  • Matematik fizikaning klassik bo’lmagan  tenglamalarini yechish muammolari va spektral hossalari;
  • Ko’p zarrachali Shredinger  operatorining spektral hossalari;
  • Giperbo’lik tenglamalar uchun korrekt bo`lmagan chegaraviy masalalar;
  • Kasr va cheksiz tartibli differensial  tenglamalar;
  • Psevdodifferensial  operatorlarning spektral nazariyasi;
  • Taqsimotlarning spektral yoyilmalari;
  • Funksional fazolar va cheksiz tartibli chiziqli bo`lmagan differensial  tenglamalar.

Kasimov Shakirbay Gapparovich - fizika-matematika fanlari doktori, dotsent, O`zbekiston Milliy universiteti «Matematik fizika» kafedrasi mudiri. 1961 yil 20 yanvarda Xorazm viloyati Bog`ot tumanida xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1978 yilda Bog’ot  tumanidagi  № 10 sonli o’rta maktabni oltin  medal bilan bitirgan.

1978 yilda o’rta maktabni tamomlagandan  keyin  Samarqand Davlat  universitetining mexanika-matematika fakultetiga o’qishga kirgan va  1981 yilda a’lochi talaba sifatida o’qishini davom ettirishi uchun М.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Univertsitetining  mexanika-matematika fakultetiga yuborilgan va uni 1984 yilda funksiyalar nazariyasi va funksianal analiz kafedrasi bo’yicha tamomlagan.

1984 yilda o’z ish faoliyatini Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining mexanika-matematika fakeultetida injener-programmist lavozimidan boshlagan, keyinchalik 1990 yildan  1992 yilgacha asisstent bo’lib ishlagan.  1986 yildan 1989 yilgacha professor Sh. A. Alimovning ilmiy rahbarligida aspiranturada o’qigan.

1992 yil 13 fevralda Toshkent Davlat universitetinig Ixtisoslashgan Ilmiy Kengashida 01.01.03-Matematik fizika ixtisosligi bo’yicha dissertasiyasini himoya qilgan.

1992 yildan 2001 yilgacha  Аl-Хorazmiy nomidagi Urganch Davlat universiteti «Аmaliy matematika va matematik fizika» kafedrasinig dosenti bo’lib ishlagan. 2001 yil sentyabrdan O’zbekiston Milliy universiteti «Matematik fizika» kafedrasining dosenti lavozimiga ishga o’tgan.

2009 yil  9 aprelda O’zbekiston Milliy Universitetining Ixtisoslashgan Ilmiy Kengashida  01.01.03-Matematik fizika ixtisosligi bo’yicha elliptik operatorlar bilan bog’liq spektral yoyilmalarni tekshirish va chegaraviy masalalarning yechilishiga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

2010 yildan boshlab u O’zbekiston Milliy Universiteti  «Matematik fizika » kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydi. Sh.G. Kasimov aktiv ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi, hamda yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashda faol qatnashadi. Sh.G. Kasimovning  asosiy ilmiy faoliyati xususiy hosilali differensial tenglamalarning spektral nazariyasi va matematik fizika tenglamalari uchun chegaraviy masalalar nazariyasi bilan bog’liq. Uning 75 dan ko’p maqolalari chop etilgan, u doimo xalqaro konferensiyalarda qatnashadi. Hozirda uning ilmiy raxbarligida bir nechta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda.

Fundamental tadqiqotlar sohasida Sh.G. Kasimovning faoliyati ham diqqatga sazovardir. U ilmiy tadqiqot mavzularini ishlab chiqishda doimiy qatnashuvchidir. Masalan, u fan va Texnalogiya Markazining fundamental tadqiqotlar bo’yicha ajratilgan  «Matematik fizikaning zamonaviy masalalarini yechishning yangi usullarini ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy granti bo`yicha ishlaydi.

O`quv-pedagogik sohada ham tan olingan mutahassisdir. U universitetlarning talaba va magistrantlari uchun o`quv va metodik qo`llanmalar avtoridir.

li