O'zMU » Ma'lumotlar » "STATISTIKA VA UNING TADBIQLARI" ILMIY-AMALIY ANJUMANI

O'zbekiston Milliy Universiteti mexanika-matematika fakulteti “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi tashabbusi bilan 2015 yil 16-17 oktabr kunlari “STATISTIKA va uning tadbiqlari” mavzusidagi III ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazmoqda.

STATISTIKA va uning tadbiqlari” mavzusidagi  I konferensiya 2012 yil 17-18 oktabr kunlari o`tkazilgan edi. Unda O`zMU, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Prognozlashtirish va Makroihtisodiyot tadqiqotlari instituti” va “Ijtimoiy tadqiqotlar instituti”, Rossiyaning Moskva, Nijniy Novgorod, Krasnoyarsk shaharlaridagi etakchi universitetlari, hamda respublikamizdagi ko'pgina oliy o'quv yurtlari, sug`urta tashkilotlari, kollej va litseylaridan ja'mi 86 nafar olim va mutaxassislar ishtirok etgan edi.  II konferensiya O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi, O'zbekiston Milliy Universiteti tashkil etilganligining 95 yilligi, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasining 75 yilligi yubileylariga, 2013 yil Xalqaro Statistika Yili va 20-oktabr Xalqaro Statistika Kuni deb e`lon qilinganligiga bag`ishlangan edi. Bu yilgi III konferensiya avvalambor statistikaning dolzarb masalalari, hamda ularni amaliyotga tadbig’i bilan shug’ullanuvchi nafaqat O’zbekiston Respublikasi, balki xorijiy davlatlar olimlarini jipslashtirishga yo’naltirilgan.

ANJUMANNING ILMIY YO’NALISHLARI:

  1. Ehtimollar nazariyasining dolzarb  masalalari;
  2. Statistikadagi matematik usullar;
  3. Biologiya va meditsina statistikasi;
  4. Demografiya statistikasi;
  5. Tabiiy va ijtimoiy fanlarda statistik usullar;
  6. Iqtisodiyotda matematik usullar;
  7. Moliya-sug’urta matematikasi;
  8. Pensiya ishining matematik masalalari;
  9. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni statistik modellash 

      va boshqalar. 

 

ILMIY ANJUMAN  MAQSADI VA  VAZIFALARI

Ilmiy anjuman matematik statistika usullarini qo'llab ilmiy-tadqiqot ishlari olib boruvchi, mutaxassislarni hamkorligini yanada takomillashtirish,  hamda statistikani yanada rivojlantirish va tadbiq etish bo'yicha yangi samarador usullarni ishlab chiqish yuzasidan olimlarni jipslashtirishni o'z oldiga maqsad qilib oladi.

ILMIY ANJUMANNING TASHKILIY QO'MITASI

Tashkiliy qo'mita raisi:

 

Sirojiddinov Sh.S. – O'zMU  rektori, professor.

Tashkiliy qo'mita raisi o'rinbosari:

Abdushukurov A.A. – O'zMU “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi mudiri, professor.

Dasturiy qo'mita a'zolari: 

Ayupov Sh.A. – O’zMU qoshidagi Matematika Instituti direktori, akademik;

Djumaboyev D.X. – Mexanika-matematika fakulteti dekani, f.-m.f.n.;

Farmonov Sh.Q. – O'zMU, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi professori, akademik;

Zuparov T.M.  – O'zMU, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi professori;

Sharipov O.Sh. – Matematika Instituti, yetakchi ilmiy xodim, f.-m.f.d.;

Xusanboev Ya.M. – TAQI, ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, f.-m.f.d.;

Vahobov A.V. - O'zMU, Iqtisodiyot fakulteti  professori, kafedra mudiri, i.f.d.;

Egamberdiev F.T. – O'zMU, Iqtisodiyot fakulteti  professori, i.f.d.;

Qayumov A.A. - O'zMU, Iqtisodiyot fakulteti professori, i.f.d.;

Alimova R.G`. – TTA, professor, t.f.d.;

Holmurodov M.Q. – NamDU, fizika-matematika fakulteti dotsenti, f.-m.f.n.; 

Sekretariat:

Muradov R.S. - Matematika instituti k.i.x.i., f.-m.f.n.;

Nurmuxamedova N.S. - O'zMU, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi k.i.x.i.;

Kakadjanova L.R. - O'zMU, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi assistenti.

 

MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH SHARTLARI

  1. Maqolalarni topshirishda natijalarni oldin nashr etilmaganligi va ilmiy anjumanning mavzusiga mos kelishligiga e’tibor bering.
  2. Maqolalar elektron ko’rinishda 6 betdan oshmagan holda o’zbek, rus yoki ingliz tilida topshiriladi.
  3. Maqola LaTex redaktori yordamida terilishi kerak. Maqola uchun tayyor shablonni konferensiya saytidan yuklab olish mumkin (Yuklab olish [87,06 Kb] ).
  4. Fayl nomining ko’rinishi [MUALLIF FAMILIYASI]_[MAVZU RAQAMI]. Masalan, Adilov_1.tex yoki Adilov_3.tex.
  5. Ilmiy-amaliy anjumanning tashkiliy badali 50 ming so`mni tashkil etadi. Ushbu badal quyidagi harajatlarga sarflanadi:

    - «kofe-breyk»;

     - konferensiya programmasi va materiallarini nashr ettirish, hamda papka komplekti.

  6. Maqolalar 2015 yil 20 sentabrgacha quyidagi elektron manzillar bo’yicha qabul qilinadi:

E-mail: statistika_konferensiya@nuu.uz, statistika_konferensiya@mail.ru 

 

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:

Ilmiy-amaliy anjuman sayti: www.nuu.uz/about/219-statistika-konferensiya.html;

 Tel.: (+99871) 246-39-25 - Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi;

(+99893) 504-10-59 - Muradov R.S.;

(+99893) 583-22-45 - Nurmuxamedova N.S.