O'zMU » Ma'lumotlar » Xorijiy filologiya fakulteti ma'muriyati

Xorijiy filologiya fakulteti dekani

DJUMABAEVA JAMILA SHARIPOVNA

 

Djumabaeva Jamila Sharipovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1971 yili Xorazm viloyati, Urganch shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan.

1994 yilda Toshkent Davlat universitetining Roman-german filologiasi fakultetining ingliz filologiasi bo’limini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994 yili Toshkent Davlat universitetining xorijiy filologia fakulteti ingliz filologiayasi kafedrasida o'qituvchiligidan boshlagan.

1995 yildan 2000 yilgacha Germanianinig Texnikaviy Hamkorlik Jamiyatiga qarashli LUSO Consult GmbH firmasida referent-tarjimon, ofis menejeri bo’lib ishlagan. Firmada ishlash mobaynida kichik biznes hamda tadbirkorlikni tashkil qilish bo’yicha chet ellardagi ingliz tilida olib boriladigan kurslarda qatnashgan? Jumladan Isroil va germaniyda tahsil olgan.

2001-2005 yillar davomida O’zbekiston Milliy Universiteti iqtisodiyot fakulteti Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar yo’nalishi bo’yicha tahsil olib bakalavr diplomiga ega bo’lgan.

2006 yili 10.02.20 – qiyosiy-tarixiy, tipologik, chog’ishtirma tilshunoslik, tarjima nazariyasi ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertasiyasi himoya qilgan. 2009 yilda esa dotsent ilmiy unvoni berilgan.

Universitetdagi faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chet ellarning nufuzli jurnallarida, xalqaro anjumanlar to’plamlarida, respublikamizdagi OAK tomonidan e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan bo’lib, ma’ruzalari bilan Germaniya, Avstraliadagi ilmiy anjumanlarda ma’ruzalari bilan qatnashib kelgan. Undan tashqari bir nechta o’quv qo’llanmalar muallifidir.

Hozirgi kunda doktorlik dissertasiyasi yakuniy bosqichda bo’lib, doktorlik dissertasiasi natijalari bo’yicha ko’plab ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

Fakultetda magistrlik hamda bakalavriatura talabalarining bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilib, yoshlarga ilmiy izlanishraida katta yordam berib kelmoqda.

Dotsent J.Sh.Djumabaeva Erasmus Mundus xalqaro granti ishchi gurihi a’zosi, 2011 yili “Iste’dod” fondi grant sohibidir.

Fakultet talabalari o’rtasida ma’naviy hamda ma’rifiy ishlar bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil qilishda faol ishtirok etmoqda.

 

TURSUNOVA GULCHEHRA SAMIQOVNA

 

 1955 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1978yil Toshkent davlat universitetini filolog, o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi mutaxassisligi bilan tamomlagan. 1979-1989 yillarda TDU rus filologiyasi fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi. 1991-1994 yillarda TDU xorijiy filologiya fakulteti o'zbek tili kafedrasi katta o'qituvchisi. 1994-1999 yillarda TDU xorijiy filologiya fakulteti tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi. 1999 yildan hozirgi vaqtgacha O'zMU xorijiy filologiya fakulteti o'quv ishlar bo'yicha dekan muovini.

 

ASQAROV ANVAR SAXIBOVICH

 

1950 yil Andijon viloyatida tug’ilgan. 1973 yil Toshkent davlat chet tillar  institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo’yicha mutaxasisligi: filolog, frantsuz tili va adabiyoti  o'qituvchisi.

1968-1973 yy.  Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti talabasi bo'lgan. 1973-1974 yy. xarbiy xizmatda bo'lgan. 1974-1975 yy.  Toshkent davlat unversiteti matematika fakulteti kechki va  sirtqi bo'lim metodisti

1993 yildan hozirgi vaqtga qadar O'zMU xorijiy filologiya fakulteti frantsuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi. Katta o'qituvchi A.S.Asqarov 4ta o'quv va o'quv-uslubiy qo'llanmalar, 30dan ortiq  va ilmiy maqolalar muallifi. A.S.Asqarov stilistika, leksikologiya, tarjima nazariyasi kabi nazariy fanlardan ma'ruzalar o'qiydi.

A.S.Asqarov XFF marketing va pedagogik amaliyot bo'yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

 

ZOIROV ALISHER ABDUGAPPAROVICH

1978 yil Namangan viloyati,  Chust tumanida tug’ilgan.

1999 yil, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr yo'nalishini tamomlagan. 2004 yil, O'zbekiston Milliy universiteti magistratura yo'nalishini tamomlagan.  Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: nemis va afrikans tillari bo'yicha tarjimon- referent, filolog nemis tili o'qituvchisi.

2004-2008 yy. mobaynida O'zbekiston Milliy universiteti fakultetlararo tillar kafedralari ijtimoiy-siyosiy fanlar, biznes va xuquqshunoslik yo'nalishlari bo'yicha chet tillari kafedrasi o'qituvchisi lavozimida ishlagan.

2008 yildan hozirga qadar Mirzo Ulug’bek nomli O'zbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti ijtimoiy-siyosiy fanlar, biznes va xuquqshunoslik  yo'nalishlari bo'yicha chet tillari kafedrasi o'qituvchisi. 2011 yil ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini.

 

ERGASHEVA GULI ISMOIL QIZI

 

Ergasheva Guli Ismoil qizi 1980 yil Namangan viloyati Uchqo’rg’on shaxrida tugilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy. G.I.Ergasheva 1996 yil Uchqo’rg’on shahridagi I.Oxunov nomli litseyni imtiyozli tamomlagan.

G.I.Ergasheva 2000 yil Andijon Davlat Tillar Pedagogika Institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1999 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori bo'lgan. 2000 yil O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti magistratura bo'limiga qabul qilindi va 2002-2005 yillar mobaynida shu fakultetning aspirantura bo'limida tahsil oldi.

Guli Ergasheva 2006 yildan buyon  O'zbekiston Milliy Universiteti ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasida ishlab kelmoqda.

O'tgan yillar mobaynida Respublika  va xalqaro ilmiy jurnallari va to'plamlarida 17ta maqola chop ettirgan, ilmiy anjumanlarda dissertatsiya mavzusi bo'yicha ma'ruzalar qilgan.

G. Ergasheva 2011 yil 16 noyabrda “Ingliz va o'zbek tillari frazeologizm va paremiyalarida gender aspektining qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini 10.02.20 – qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik mutaxassisligi bo'yicha O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi K067.44.02 raqamli Ixtisoslashgan kengashda himoya qildi.

2011yil dekabr oyidan XFF ilmiy ishlar va magistratura bo'yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

 

MUXAMEDAMINOVA FERUZA MARATOVNA

Frantsuz filologiasi kafedrasi o’qituvchisi (2007 yil sentabrdan buyon). Ma’lumoti: oily. 2006 yil O’zbekiston Milliy Universitetining Xorijiy filologia fakultetini tamomlagan. Mutaxasisslik: lingvistika (frantsuz tili). Fakultet Xotin-qizlar qo’mitasi raisi. Kafedrada reyting tizimi uchun mas’ul. Quyidagi fanlardan dars beradi: grammatika, fonetika, frontal o’qish va gazeta.