O'zMU » Ma'lumotlar » Xorijiy filologiya fakulteti yutuqlari

Fakultetda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, Prezident va hukumatning  qarorlari va farmonlarini o'rganish tartibga qo'yilgan.

Fakultet respublika oliy ta'lim muassasalariga yuqori malakali o'qituvchi kadrlarni, shuningdek ma'muriy tizim va diplomatik korpus uchun tarjimonlar tayyorlaydi.

Har xaftada O'zbekiston OAV materiallari asosida «Axborot soatlari» o'tkaziladi.

Fakultet qoshida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish uchun Ixtisoslashgan kengash, dissertatsiyalar muhokamasi uchun ilmiy seminarlar faoliyat ko'rsatadi; respublika OTM va ilmiy     tashkilotlarning ilmiy natijalariga yuqori saviyada taqriz beriladi.

Xorijiy filologiya masalalari, tarjima nazariyasi va amaliyotiga bag’ishlangan ilmiy-metodik seminar va konferentsiyalar muntazam tashkillashtirib boriladi.

Universitetning 90yilligi va Toshkentning 2200 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar o'tkazilgan.

Talabalar bilan ijtimoiy-siyosiy va odob-ahloq mavzulariga bag’ishlangan   suxbatlar o'tkazilib boriladi.

Talaba va o'qituvchilar bilan O'zbekiston Respublikasining muhim sanalariga bag’ishlangan uchrashuvlar (O'qituvchilar kuni, Konstitutsiya kuni, Vatan himoyachilari kuni, Xotin-qizlar kuni, Navro'z, Xotira kuni, talaba kun iva h.k.), O'zbekistonning buyuk madaniyat arboblarini xotiralariga bag’ishlangan tadbirlar o'tkaziladi.

Talabalar Respublika miqyosida va fakultetlararo o'tkaziladigan (Quvnoqlar va zukkolar, «Kelajak ovozi», «Latofat», «Talabalar bahori», til madaniyat markazlarida teatr konkurslari) konkurslarda faol ishtirok etishadi.

Talabalarning sport musobaqalarida (estafeta, futbol, stol tennisi, voleybol, basketbol, shaxmat, shashka, kurash) ishtirok etishi.

Respublikaning taniqli shaxslari bilan urashuvlar tashkillashtiriladi (yozuchilar Abdulla Oripov, Muxammad Ali, Mirpulat Mirzo, A.Faynberg; akter Tesha Mo'minov, Amira Temur ekspeditsiyasi rahbari Faxriddinxo'ja Ashrafxo'jaev; meditsina fanlari doktori prof. Alimova M. v.b.).

Talabalar va o'qituvchilar O'zbekiston Respublikasi milliy madaniy markazlari tomonidag o'tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishadi.

Toshkent shahridagi teatr, muzey, ko'rgazma va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish tashkillashtiriladi.

Yosh o'quvchilar (kollej, maktab, O'zMU qoshidagi litsey va h.k.) orasida O'zMU Xorijiy filologiya fakultetiga o'qishga kirishga jalb etish maqsadida  kasbga yo'naltirish ishlari olib boriladi.

Talabalar fan olimpiadalari, talabalar ilmiy konferentsiyalari o'tkaziladi.

O'zMUning boshqa fakultetlari talabalari bilan iqtidorli talabalar faoliyati haqidagi prezezentatsiya va uchrashuvlar o'tkaziladi.

Fakultet bitiruvchilarining ish bilan ta'minlanganlik masalalariga katta e'tibor beriladi.

Ekologik shanbaliklar va boshqa tadbirlar o'tkazilib boriladi.

Fakultet professor-o'qituvchilari katta ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo'lib, o'quv jarayoniga mas'uliyat bilan yondashadilar, o'tayotgan fanlarning ilmiy-metodik saviyasini oshirish ustida muntazam ishlab borishadi,  o'z malakalarini oshirib borish bilan birga filologiya fanlarini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va metodikalar qo'llashadi, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib ularni o'quv jarayoniga tatbiq etishadi va  ilmiy tadqiqot faoliyati natijalarini konferensiya va seminarlarda taqdim etib borishadi, shuningdek talabalar bilan tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy va jamoat ishlarini olib borishadi.

 

Mukofotlanganlar

 

Yillar

Ismi, sharifi

Mukofoti

1995

Abduazizov Abduzuhur Abdumajidovich

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi

1997

Ermatov Baxodir Sadiqovich

“Shuhrat” medali

2002

Davshan Aleksandra Nikolaevna

“A.S.Pushkin” medali

2008

Sheremeteva Anna Gennadevna

“Do'stlik” ordeni,

2011

Sheremeteva Anna Gennadevna

“A.S.Pushkin” medali

 

Respublika fan olimpiadalari g’oliblari

 

Yillar

Familiyasi, ismi, sharifi

Tanlov nomi

2000

Tsoy Oksana

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2000

Xvostova Evgeniya

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2000

Golubeva Antonina

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2001

Xudyakova Evgeniya

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2001

Aedinova Mevide

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2001

Tarasova Nina

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2002

Tarasova Nina

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 4 o'rin

2003

Popova Mariya

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 2 o'rin

2004

Kononova Irina

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 2 o'rin

2004

Parpieva Sogdiyana

Nemis tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2004

Stepanova Oksana

Ingliz tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 3 o'rin

2005

Baratova Nadejda

Nemis tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2005

Kononova Irina

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2006

Baratov Ravshan

Nemis tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 3 o'rin

2007

Gostev Igor Igorovich

Fransuz tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2008

Boltaboeva Aziza

Rus tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 3 o'rin

2008

Gostev Igor Igorovich

Frantsuz tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 1 o'rin

2009

Rofieva Gulasal

Frantsuz tili bo'yicha respublika fan olimpiadasida 3 o'rin

2010

Xodjaeva Zilola

Nemis tili bo'yicha fan olimpiadasida 3 o'rin

2010

Shodieva Lobar

Frantsuz tili bo'yicha fan olimpiadasida 1 o'rin

2010

Boltaboeva Aziza

Rus tili va adabiyoti bo'yicha fan olimpiadasida 1 o'rin

2011

Yusupov Shuxrat

Frantsuz tili bo'yicha fan olimpiadasida 2 o'rin

2011

Perevalova Tatyana

Rus tili va adabiyoti bo'yicha fan olimpiadasida 1 o'rin

 

A'lochi stipendiatlar va tanlov goliblari

 

Yillar

Ismi sharifi

Stipendiya, tanlov va sovrin nomi

2008

Kazakova Laylo

Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendianti

DAAD (nemis akademik almashuv xizmati) stipendiyasiga sazovor bo'ldi va Germaniyaning Myunster shahridagi Vilgelm universitetida magistrlik dissertatsiyasi ustida ishladi

2009

Dushamova Hurriyat

Respublika “Fond forum”, “Mehr nuri” jamgarmalari ta'sis etgan “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi” golibi

2009

Allamberganova Umida

Respublika “Fond forum”, “Mehr nuri” jamgarmalari ta'sis etgan “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi” golibi

2009

Bozorov Jasur

Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasi stipendianti

2009

Ilxomova Nargiza

Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasi stipendianti

2009

Hojieva Gulchehra Salimovna      

O'zbekiston Respublikasi “Kamolot” jamgarmasi stipendianti

2009

Oxundadaeva Muxtasar

Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendianti

2011

Allanazarova Xafiza

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiati

2011

Boxodirova Mohigul

DAAD stipendiati DAAD (nemis akademik almashuv xizmati) stipendiyasiga sazovor bo'ldi va Germaniyaning Myunster shahridagi maktablarda amaliyot o'tadi

2011

Yo'ldosheva Vohida

DAAD stipendiati DAAD (nemis akademik almashuv xizmati) stipendiyasiga sazovor bo'ldi va Germaniyaning Myunster shahridagi Vilgelm universitetida magistrlik dissertatsiyasi ustida ishladi

 

Sport musobaqasi g’oliblari

 

Yillar

Ismi sharifi

G’oliblar

2008

Avezov Komil

Taykvando va TITF bo'yicha Osiyo chempioni

2010

Kryutchenko Aleksandra

Engil atletika bo'yicha sport ustaligiga nomzod, Markaziy Osiyo chempionati qatnashchisi

2010

Mamedova Sakina

Miltiqdan o'q otish bo'yicha sport ustaligiga nomzod, Jaxon chempionati qatnashchisi, Osiyo o'yinlarida uchinchi o'rin sohibi

2011

Ro'ziev Furqat

Belbogli kurash bo'yicha Osiyo chempionati 3 o'rin sohibi , kurash bo'yicha sport ustaligiga nomzod

2011

Charux Regina

Suzish bo'yicha  sport ustaligiga nomzod