O'zMU » Ma'lumotlar » Kimyo fakulteti ma'muriyati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor Akbarov Hamdam Ikromovich

H.I. Akbarov universitetdagi mehnat faoliyatini 1977 yildan “Fizikaviy kimyo” kafedrasining kichik ilmiy xodimligidan boshlagan. Keyinchalik aspirant, katta ilmiy xodim, dotsent, dekan muovini, universitet Ilmiy-tadqiqot bo‘limining boshlig‘i, “Fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasining mudiri lavozimlarida ishlagan va nihoyat 2010 yildan xozirgacha dekan lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Umumiy mehnat staji 44 yil, ilmiy-pedagogie staji 35 yil.

H.I.Akbarov yuqori molekulali birikmalarning fizik-kimyosi va eritmalarning termodinamikasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yirik olim xisoblanadi. Oxirgi yillarda uning rahbarligida kafedrada yana bir yangi yo‘nalish - elektrokimyoviy jarayonlarning kinteiksi va termodinamkiasi rivojlantirildi. H.I.Akbarov 1984 yilda nomzodlik va 2004 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 2005 yilda professor ilmiy unvonini olgan. U 200 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi, shu jumaladan monografiyalar, patentlar, o‘ndan ortiq o‘quv qo‘llanmalar va darsliklarchop etgan. Uning rahbarligida 3 ta fan nomzodi tayyorlangan. Xozirgi vaqtda u 1 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda. H.I. Akbarov universitetdagi doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bo‘yicha Birlashgan ixtisoslashgan kengash raisining muovini hamda O‘zR FA PKFI dagi Ixtisoslashgan kengashning a’zosidir.

Uning rahbarligida har o‘quv yilida 2-3 ta magistrlik dissertatsiyalari va 4-5 ta bakalavr bitiruv ishlari bajarildi. Oxirgi yillarda uning rahbarligida bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yangi DTS larv a fan dasturlari ishlab chiqildi.

H.I. Akbarov ilmiy rahbarligida fundamental, amaliy va innovatsion davlat grantlari bajariladi. Bundan tashqari uning rahbarligida Respublikaning ko‘pgina yirik sanoat korxonalari bilan hamkorlik aloqalari hamda xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va amaliyotga joriy qilinmoqda.

Fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor beriladi. Talabalarni ilmiy izlanishlarga yanada qiziqtirish uchun fakultetimizda faoliyat ko‘rsatgan yirik olimlarning –akad. Sodiqov O.S., akad. Usmonov H.U., akad. Tolipov SH.T. larning nomdor stipendiyatlari joriy qilindi. Bakalavr vamagistrantlarni chet ellarga ilmiy safarlarga yuborish yo‘lga qo‘yilgan.

H.I. Akbarov universitet va fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol qatnashadi. Uning ishtirokida fakultet xududida kafedralarning bog‘lari va botanika bog‘ida “O‘quv–ilmiy–tajriba kompleksi” yaratildi. Fakultet binosini ta’mirlash ishlarida talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi. Fakultetda faoliyat ko‘rsatgan yirik olimlarning nomini abadiylashtirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.

H.I. Akbarov kamtar, fakultet va universitet uchun fidoiy insondir. Uning rahbarligida fakultetda ijodiy muxit yaratildi va talabalarning bilim olishiga va ilmiy ishlarda faol qatnashishiga barcha imkoniyatlar yaratmoqda.

Kimyo fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini Ziyaeva Manzura Raxmatjonovna, malumoti oliy, (19.08.1956y) Toshkent viloyati,  YUqori-CHirchiq tumani. ToshDU kimyo fakultetini 1980 yilda tamomlagan. 1980-2000 yilgacha uslubchi. 2000-2002 yillarda analitik kimyo kafedrasi o‘qituvchisi. 2002 yildan hozirgi vaqtgacha fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasida 0,5 st. o‘rindoshlik asosida katta o‘qituvchisi.   2004-2011 yilgacha magistratura ishlari bo‘yicha dekan muovini vazifasini bajarib kelgan. 2011 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti  o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini vazifasini bajarib kelmoqda.

Ilmiy ishlar va magistratura bo‘yicha dekan muovini Xoliqov Abduvali Jonizoqovich (16.12.1979), Samarqand viloyati Narpay tumani. O‘zbek. O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetini 2002 yilda bakalavr, 2004 yilda shu fakultetning fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi magistraturasini bitirgan.

2005-2007 yillarda kimyo fakulteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi aspiranti, kimyo fanlari nomzodi. 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi muxandisi. 2011 yildan shu kafedraning katta o‘qituvchisi. 50 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etgan.

Kvant mexanika va  Kvant kimyo, fizikaviy kimyo, kolloid kimyo fanlaridan maruza va seminar darslar beradi.

 Ilmiy yo‘nalishlari: Maxalliy xom ashyolar asosida metallar korroziyasiga qarshi ingibitorlarning yangi avlodini yaratish va amaliyotga joriy etish. Ilmiy izlanishlari natijalari turli sanoat korxonalari tomonidan berilgan dalolatnomalarda tasdiqlangan.

 

O‘zMU kimyo fakulteti Manaviy va marifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Umarov Baxrom Smanovich Umarov Baxrom Smanovich (18.12.1957). CHimkent viloyati. O‘zbek. Toshkent Davlat Universiteti  (O‘zMU). Kimyo fakultetshni  1981 yilda bitirgan.

1981-1984 yillari fizikaviy kimyo kafedrasida kichik ilmiy xodim vazifasidf ishlagan.

1999-2001 yillari fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasining o‘kuv laboratoriya mudiri vazifasida ishlagan.

2001-yildan O‘zMU kimyo fakulteti  fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi katta o‘ktuvchisi.

2005-yildan manaviy va marifiy ishlar bo‘yicha dekan movini   vazifasini bajarib kelmokda.

Kvant mexanika va  Kvant kimyo, fizikaviy kimyo, kolloid kimyo fanlaridan maruza va seminar darslar beradi.

Ilmiy yo‘nalishlari ; Polimer eritmalar termodinamikasi ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha  va grant asosida OTFZ 124 molekulyar  inbermolekulyar va intramolekulyar polikomplekslar va ular asosida nanokompozitsion materiallar yaratishning fizik kimyoviy asoslari bo‘yicha ilmiy tadkikot ishlarida katnashib kelmokda .

10 dan ortik ilmiy makola 30 dan ortik tezislar chop etilgan.

Nomzodlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida.

O‘zMU kimyo fakulteti Xotin-qizlari bo‘yicha  dekan muovini Tulaganova Xolis SHavkatovna – o‘qituvchi 0,25 st., Toshkent Davlat universiteti kimyo fakultetini tugatgan. Kimyo fakulteti bakalavriatura talabalariga analitik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi, 1-chi bosqich bakalavriatura talabalariga rahbarlik qiladi.