O'zMU » Ma'lumotlar » Kimyo fakulteti yo'nalishlari

Bakalavr:

Fakultetda 2-4 kurs o‘zbek va rus gurux talabalari 2 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida o‘qimoqdalar:

- 5441400 – Kimyo;

- 544000 – Tabiiy birikmalar kimyosi;

Bu ta’lim yo‘nalishlarida  jami 275 ta talabalar o‘qimoqdalar:

 

Magistrataratura:

1 kursda 2 ta mutaxassisliklar mavjud bo‘lib, 5A140501-Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha), 5A140503-Neft va tabiiy gaz kimyosi, 42 ta magistrant talaba taxsil olmoqda.

2  kursda 7 ta mutaxassisliklar mavjud bo‘lib, 5A 440401-Noorganik kimyo, 5A 440402-Analitik kimyo,  5A 440403-Organik kimyo, 5A440404- Fizik kimyo, 5A 440407-YUqori molekulyar birikmalar kimyosi, 5A440410-Bioorganik  kimyo, tabiiy va fizologik faol birikmalar kimyosi, 5A 440411-Neft va tabiiy gaz kimyosi 54ta magistrant talaba taxsil olmoqda.

Jami fakultetda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 472 ta talaba va magistrantlar  taxsil olmoqda.

 

Stajyor – taqiqotchi izlanuvchilar:

Hozirgi kunda fakultetda 12 ta stajyor – taqiqotchi izlanuvchilar turli mutaxassisliklarda taxsil omoqdalar.

Tasdiqlangan rejalar asosida stajyor – taqiqotchi izlanuvchilar dissertatsiya ishlarini olib bormoqdalar ular uchun kafedralarda xona va jixozlar ajratilgan.

Talaba, magistrant va stajyor – taqiqotchi izlanuvchilar uchun fakultetda biblioteka, muzeylar va 2 ta kompyuterlar sinfi xizmat ko‘rsatmoqda. Kompyuterlar sinfidagi 30 ta kompyuterlar universitetni lokal tarmog‘i va internet tizimiga ulangan.