O'zMU » Ma'lumotlar » Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi

Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi

(tel.246-62-10; e-mail: polyfenol@mail.ru)

 

Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi 1946 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ko‘p yillar davomida nafaqat Respublikamizda, balki dunyo miqyosida ham taniqli olimlar – akademiklar O.S.Sodiqov, SH.I.Salixov, T.F.Oripov, A.A.Abduvaxobov, professorlar X.A.Aslanov, O.S.Otroщenko, A.O.Sodiqov, S.A.Auelbekov, U.N.Zaynutdinov, D.N.Dalimov, Q.U.Uteniyazov, A.A.Ziyaev, YU.K.Kushmuradov, M.K.YUsupov   kabi olimlarni etkazib chiqarish bilan birga, qator xorijiy davlat fuqarolari (B.CHommadov-Turkmaniston, A.Sulton –XXR, To Van Xoat-KXDR, CH.Gupta-Xindiston va boshqalar)ning ham bu maskanda ilmiy ish olib borib olimlik darajasiga erishganliini ta’kidlash lozim.

Kafedra O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “5440400 – Kimyo va 5441500 – Tabiiy birikmalar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “bakalavr” darajasini oladi. Bakalavriat yo‘nalishi bazasida kafedrada “5A440410 – Bioorganik kimyo” magistrlik yo‘nalishi ochilgan. Magistrant 2 yil dvaomida bilim olishi va ilmiy ish olib borib dissertatsiya himoya qilgandan so‘ng “magistr” akademik darajasini oladi. Kafedrada “Bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha aspirantura va doktorantura ochilgan.

Aspiranturani tugatgan va himoya qilganlar:

  1. Xayitboev A.X.
  2. Mengliev A.T.
  3. To‘qsonov A.X.
  4. To‘rabekova M.A.
  5. Matchonov A.D.
  6. Amanova S.F.

Himoyaga tayyorlanayotganlar:

  1. Dalimov SH. - nomzodlik
  2. Haqberdiev SH. - nomzodlik
  3. Matchanov O. –doktorlik
  4. Abduraxmanov T.R. - nomzodlik
  5. Mixalchik V.V.

Amaliyot va ishga joylashish.

Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning asosiy qismi bo‘lgan malakaviy amaliyot 2 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi o‘quv amaliyoti  - O‘zR FA Bioorganik kimyo, O‘simlik moddalar kimyosi, Polimerlar fizika va kimyosi institutlarida o‘tkazilsa, ikkinchi qismi ishlab chiqarish amaliyoti -  Olmaliq kon metallurgiya zavodi, CHirchiq kimyo ishlab chiqarish zavodi, Toshkent lak-bo‘yoq zavodi, Toshkent kimyo-farmatsevtika zavodi va SHo‘rtan zavodlarida o‘tkaziladi. SHuningdek, 4 kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida Toshkentdagi o‘rta ta’lim maktablar, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga boradilar.

O‘qishni tugatgandan keyin talabalar yuqoridagi tashkilotlar va viloyat ta’lim bo‘limlariga yo‘llanma bilan ishga joylashishadi.

Rahbar lavozimida ishlayotganlar.

  1. Salixov SH.I. - O‘zbekiston  Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidenti.
  2. Muxamedov R.S.  – O‘zR FA Biokimyo instituti direktori.
  3. Xolmurotov X.A. – Toshkent shahar xikimiyati, bo‘lim boshlig‘i.

 Davlat mukofotiga sazovorlar.

1. Salixov SH.I. – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi

2. Dalimov D.N. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator.

 

Ilmiy-tadqiqot ishlarining umumiy tafsiloti.

ITIning davlat byudjetidagi yillik rejasini, hamda oliy maktab muammolarini bajarilishi.

Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi bajaradigan fundamental mavzu:

Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustivor yo‘nalishi quyidagicha:

“O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklardan tabiiy faol birikmalarni ajratib olish, tuzilishini tadqiqot qilish, modifikatsiyalash, ta’sir mexanizmini o‘rganish hamda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun samarador vositalar yaratish”.

Kafedraning ustivor yo‘nalishiga mos kelgan xolda O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qumitasining 4 ta granti bo‘yicha ish olib borildi:

         “IK-09-01 – O‘simliklar biotexnologiyasi usullariga asoslangan urug‘lik kartoshkaning yuqori elita avlodlarini ishlab chiqarish”.

Bir yilga ajratilgan mablag‘: 36 800 000 so‘m.

Loyiha rahbari prof.D.N.Dolimov, jamoa a’zolari: kat.il. xod.Xolmurotov E.G., dots.Maulyanov S.A., kat.il.xod.Nasirova G.B., asp.Mixalchik V.A., asp.Abduraxmanov T.R., mux.Ulyanov A.V., kich.il.xod.Sabirova M., lab.Muslimov F., lab Atadjanova M.

“IK-2011-1/1 – Glitseram tabletkalarini olinishi texnologiyasi va tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish”.

Bir yilga ajratilgan mablag‘: 40 000 000 so‘m.

Loyiha rahbari prof.D.N.Dolimov, jamoa a’zolari: dots.Maulyanov S.A., kat.ilm.xod.GafurovM.B., kat.ilm.xod. Matchanov A.D., ilm.xod. Dalimova N.S., kat.ilm.xod. Vыpova N.L., kich.ilm.xod. Islomov A.X., mux. Pulatova M.P.

       “OT-F-3-145 -Tabiiy birikmalar asosida yangi supramolekulyar komplekslar sintezi, fizik-kimyoviy xossalari va biologik ta’sir mexanizmi”

Loyiha rahbari prof.Ziyaev A.A.                                                 

Bir yilga ajratilgan mablag‘: 23 829 000 so‘m.

Loyiha ishtirokchilari 9 kishi:

Loyiha rahbari prof.Ziyaev A.A., jamoa a’zolari: k.f.d.Muxamediev M.G., kat. il. xod.Xolmurotov E.G., prof.Dalimov D.N., kat.il.xod.Nasirova G.B., kat.ilm.xodim Tыщenko, ilm.xod.Abduraxmanov T.R., bakalavrlar Niyozov X., Sobirova G.

K-12-017 “Neyro- va psixofarmakologiyada qo‘llaniladigan yangi mahalliy import o‘rnini bosuvchi dori vositalarni yaratish uchun biologik faollikka ega bo‘lgan moddalarni farmakologik va toksikologik o‘rganish” (O‘simliklardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari va xosilalarini sintez qilish va ularni sut emizuvchi hayvonlarning xolinesteraza faolligiga ta’sirini o‘rganish, O‘zMU qismi).

Bir yilga ajratilgan mablag‘: 17 300 000  so‘m.

 

Loyiha rahbari k.f.n. Gafurov M.B., jamoa a’zolari:  prof.Dolimov D.N., dots.Maulyanov S.A., il.xodim  Olimjonov SH.S.

         Monografiyalar, maqolalar, ishlanmalar, patentlar.

         Kafedra o‘qituvchilari tomonidan ohirgi 20 yil davomida 1 ta monografiya, 1ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma (2 tasi nashrda), 15 tadan ortiq o‘quv-usulbiy qo‘llanma, 21 ta patent, 15 ta meyoriy texnik xujjatlar, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar respublika hamda  xorij mamlakatlari ro‘znomalarida chop qilingan. Tibbiyot amaliyotiga “Lagoden” qon to‘xtatuvchi dori vositasi tadbiq etildi, gemostatik xususiyatli “Inebrin” preparati klinik tekshiruvlardan o‘tayapti, “Glilagin”, “GLAS” dori vositalar Farmqo‘mita sinovlaridan o‘tib klinik sinovlarga tavsiya etilgan, ”Tuglizid”, “Tugosin”, “Glilagel”, “Glilakol” vositalarining klinik oldi sinovlari tugagan, “Lagoxilin”, “Gossipol” va “DKM-1” fungitsidining meyoriy texnik xujjatlari ishlab chiqilgan.

 

Kafedra tarkibi:

1. Prof. Dalimov Davranbek Nigmanovich – kafedra mudiri, kimyo fanlari doktori, professor, 1971 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Uning rahbarligida birinchi marta quyi molekulali tabiiy va supramolekulyar birikmalar bo‘yicha ishlar (glitsirrizin kislotasi va uning hosilalari, triterpenoid birikmalar –lagoxilin, steviollar, betulin va ularning hosilalari) olib borilgan. Quyi molekulali polifenol va di-, triterpenoidlar asosida sintez ishlari amalga oshirildi, yangi moddalarning tuzilishi IQ- va PMR-spektorskopiya usullari yordamida tasdiqlandi. Kimyo o‘qitish metodikasi sohasida “Nuklein kislotalar” mavzusi bo‘yicha o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanma tayyorlandi, yangi pedagogik texnologiya sifatida o‘rgatuvchi masalalar, va laboratoriya tajribalari ishlab chiqildi. “Bioorganik kimyo”, “Tabiiy birikmalar kimyosi asoslari” bakalavriat, “Tabiiy birikmalar kimyosining tanlangan boblari” magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

2. Prof.Zaynutdinov Umarjon Nasrutdinovich (0,5 st)– kimyo fanlari doktori, professor, 1962 yil Toshkent davlat farmatsevtika institutini tamomlagan. Uning rahbarligida madaniylashtirilgan lagolxilus o‘simligini standartlash ishlari bajarildi. Lagoxilin va lagoxirzinlarni glitsirrizin kislotasining ba’zi bir tuzlari olindi va tahlil qilindi. “O‘simlik xom-ashyolarini qayta ishlash ilmiy asoslari” kursini magistratura talabalariga o‘qiydi.

3. Dots.Xamidova Gulbaxor Raximovna – kimyo fanlari nomzodi, 1979 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Uning rahbarligida oliy maktabda kimyo o‘qitish metodikasi sohasida “Biomembranalar va lipidlar kimyosi” va “Di-, tri- va politerpenlar kimyosi” mavzularini o‘zbek tilida ma’ruza matni, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish uslubi – o‘rgatuvchi masalalar va laboratoriya tajribalari  ishlab chiqildi. “Kimyo o‘qitish metodikasi” kursini bakalavr talabalariga o‘qiydi.

4. Dots.Maulyanov Salixjon Alimjonovich –  kimyo fanlari nomzodi, 1983 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Dots.Maulyanov.S.A kafedraning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan innovatsion va amaliy loyixalar ishlarida ishtirok etadi. Tabiiy birikmalar kimyosi yo‘nalishidagi bakalavrlar uchun “Kimyoda fizikaviy usullar”, magistrantlar uchun “Uglevodlar kimyosi”  va “Oqsillarning tuzilishi va funksiyasi” fanlari ma’ruzalarini  o‘qiydi.

5. Dots.Xayitboev Alisher Xamidovich - kimyo fanlari nomzodi, 1992 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Dots.Xayitboev A.X. “Gossipol azometin xosilalarining gidrolizini o‘rganish”, “GK va GKMAT asosida yangi supramolekulyar komplekslar olish va ularning turli xossalarini o‘rganish” xamda “Oq qayin pustlog‘i tarkibidan betulin va lupeol ajratib olish” kabi mavzular yuzasidan bakalavr va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda raxbarlik qiladi. SHuningdek, keyingi vaktda antibiotiklar ta’siriga chidamli bo‘lgan turli xil mikroorganizmlar (jumladan, viruslar, zamburug va mikroblar) ga qarshi yukori faollikni namoyon qiluvchi tabiiy birikmalar (jumladan, GK, GKMAT, gossipol, betulin) asosida yangidan-yangi moddalar sintez kilish, ularning biologik faolligini o‘rganish, hamda bu sintez qilingan moddalarning tuzilishi va turli fizik-kimyoviy xususiyatlarini hisoblashda HyperChem, ChemOffice kabi programmalar yordamida matematik modellash ishlarini olib bordi. Bakalavrlar uchun “Fizikaviy tadqiqot usullari”, “Kimyoviy jarayonlarni matematik modellash” fanlarining ma’ruzalarini o‘qiydi.

6. Dots.Mirzaaxmedoa SHarofiddin Yashinovich  (0,5 st) - kimyo fanlari nomzodi, 1989 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Dots.Mirzaaxmedov SH.YA. rahbarligida sellyulolitik fermentlarining katalitik hususiyatlari  o‘rganildi va rN va harorat optimumlari aniqlandi. Paxta yog‘i chiqindilaridan pereeterifikatsiyalash yo‘li orqali yog‘ kislotalarning murakkab efirlari olindi. YOg‘-moy chiqindilarining tarkibi gaz-suyuqlik xromatografiyasi yordamida bir nechta yuqori molekulyar to‘yingan va to‘yinmagan karbon kislotalardan tashkil topganligi aniqlangan. Bakalavrlar uchun “Bioorganik kimyo”, magistrantlar uchun “Tabiiy birikmalarning fizik-kimyoviy analizi”, “Gen muxandisligi va biotexnologiya” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi.

7. O‘qituvchi Islamov Akmal (0,25 st)  - Lagoxilus o‘simligini introduksiyasi, lagoxilin hosilalarini suvda eruvchan kompleks birikmalarni olish bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda. Olingan kompleks birikmalarning fizik-kimyoviy xossalari hamda biologik faolligini o‘rganadi. Kafedrada bakalavrlar va magistrant uchun o‘qiladigan fanlarning amaliy va laboratoriya ishlari mashg‘ulotlarini olib boradi.