O'zMU » Ma'lumotlar » Fizikaviy va kolloid kimyo

“Fizikaviy va kolloid kimyo”  kafedrasi

                         (tel 2463665;  e-mal: habduvali@rambler.ru)

         “Fizikaviy kimyo” kafedrasi 1927 yilda tashkil etilgan bo‘lib o‘quv jarayonini hamda ilmiy tadqiqotlarni olib borishda o‘zini buyuk an’analariga egadir. Kafedraning o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatining rivojlanishida 1927-1952 yillarda kafedraga mudirlik qilgan taniqli olimlar prof. Alekseev D.V, prof. Kolosovskiy N.A, akad. Usanovich M.I, prof. Udovenko V.V lar juda katta xissa qo‘shganlar. 1953 yildan 1972 yilgacha “Fizikaviy kimyo“ kafedrasiga katta olim, O‘zbekistonda polimerlar fizik-kimyosining otasi, akad. Usmonov X.U., 1972-1997 yillarda esa, kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, k.f.d., prof. Tillaev R.S. mudirlik qildilar.

         “Kolloid kimyo” kafedrasi 1937 yilda tuzilgan. Kafedraning tiklanishida kafedraga mudirlik qilgan prof. Zaprometov B.G ning xissasi kattadir. so‘ngra umrining oxirigacha ilmiy maslahatchi bo‘lgan akademik K.S.Ahmedov boshchiligida o‘tkazilgan tadqiqotlar nazariya va amaliyotga bebaho hissa qo‘shgan.

         “Fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi 1995 yilda “Fizikaviy kimyo” va “Kolloid kimyo” kafedralarining birlashtirilishi natijasida vujudga kelgan . Ushbu kafedraga prof. R.S.Tillaev, prof. X.I.Akbarov va xozirgi kunda dots. B.U. Sagdullaev mudirlik qilib kelmoqda.

        Kafedra O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “5440400- Kimyo” ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. O‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar “bakalavr” akademik darajasini oladi. Bakalavriatura yo‘nalishi bazasida kafedrada 5A440404- Fizikaviy kimyo, 5A140501- Kimyo  magistrlik yo‘nalishlari ochilgan. Ularda o‘qish muddati 2 yil, o‘qishni tamomlagandan so‘ng “magistr” akademik darajasini oladi. Kafedrada “Fizikaviy kimyo” ixtisosligi bo‘yicha aspirantura va doktorantura ochilgan.

        Aspiranturani tugatgan va ximoya qilganlar:

  1. Sagdullaev B.U. 1973 y
  2. Axmedova M.A. 1985 y
  3. Akbarov X.I.  2005 y
  4. Zokirova N.T. 2008 y
  5. Xoliqov A.J 2009 y

        Ximoyaga tayyorlanayotganlar.

  1. Umarov B.S.
  2. Eshmamatova N.A.
  3. YArkulov A.A
  4. Oserbaeva A.S. 

        Amaliyot va ishga joylashish

        Kafedra o‘qituvchilari 2 kurs talabalarining malakaviy amaliyotlariga raxbarlik qiladilar. Malakaviy amaliyot O‘zR FA UNKI va TDTU ning “Fan va taraqqiyot” ITK bilan hamkorlikda, ilmiy ishlab chiqarish markazlarida o‘tkaziladi.

       O‘qishni tugatgandan so‘ng talabalar yuqoridagi tashkilotlarga yo‘llanma bilan ishga joylashadilar.

      Raxbar lavozimlarida ishlayotganlar:

 K.f.d., professor To‘raev A, O‘zFA Bioorganik kimyo instituti direktori, K.f.d., professor Sarimsoqov A. O‘zFA FKPI direktor o‘rinbosari.

   

                       Ilmiy-tadqiqot ishlarining umumiy tavsifi

        ITI ning davlat byudjetidagi yillik rejasini, xamda oliy maktab muammolarini bajarilishi.

         Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasida bajariladigan fundamental mavzular:

          Kafedraning 2 ta yo‘nalishlari bo‘yicha: “Elektrod jarayonlarning kinetikasi” va “Dispers sistemalarning suvda eruvchi polielektrolitlar ta’sirida strukturlanishi” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasida oxirgi 3 yil davomida 2 ta fundamental, 1 ta innovatsion loyixalar va 1 ta xujalik shartnomasi bajarildi.

  1. OT-F3-151 “Polimerlar biologik faol moddalarni tashuvchilar, ingibitorlari sifatida. Diterpenoidlarning ta’sir mexanizmi” mavzusi bo‘yicha fundamental loyixada gurux a’zolari 12 ta shundan 4 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, 2 ta tadqiqotchi va 1 ta magistrantdan iborat.

Loyixani mablag‘ bilan ta’minlanganlik xolati:

2009 yil -14200 ming sum.

2010 yil -19300 ming sum.

2011 yil -24500 ming sum.

Ilmiy loyixa bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida 31 ta tezis va 19 ilmiy maqola Respublika va xalqaro jurnallarda chop etildi. Oxirgi 3 yilda loyixa a’zolaridan 2 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari ximoya qilindi va diplomlari olindi.

  1. Muxamediev M.G. 2009 yil kimyo fanlari doktori.
  2. Xoliqov A.J. 2009 yil kimyo fanlari nomzodi.
  3. Turaeva D. 2010 yil biologiya fanlari nomzodi.

 

2. OT-F3-124 “Molekulyar, intermolekulyar va intramolekulyar polikomplekslar va ular asosida nanokompozitsion materiallar yaratishning fizik – kimyoviy asoslari” mavzusi bo‘yicha fundamental loyixada gurux a’zolari 8 ta shundan 2 ta fan doktori, 1 ta fan nomzodi, 3 ta tadqiqotchi va 2 ta magistrantdan iborat.

Loyixani mablag‘ bilan ta’minlanganlik xolati:

2009 yil -13900 ming sum.

2010 yil -18700 ming sum.

2011 yil -23800 ming sum.

Ilmiy loyixa bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida 28 ta tezis va 10 ilmiy maqola Respublika va xalqaro jurnallarda chop etildi.

3. ID-8-048 Kimyo yo‘nalishida ta’lim olayotgan universitet talabalari uchun “Fizikaviy kimyo” darsligi  mavzusi bo‘yicha innovatsion loyixada gurux a’zolari 4 ta shundan 2 ta fan doktori va 2 ta fan nomzodidan iborat.

Loyixani mablag‘ bilan ta’minlanganlik xolati:

2009 yil -5000 ming sum.

2010 yil -6500 ming sum.

Ilmiy loyixa bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida 2 ta tezis Respublika konferensiyalarida chop etildi.

  1. XD  №  21/2010 «Antikorrozionnoe pokrыtie «Antikor-2» i texnologiya ego naneseniya na metallicheskie poverxnosti» mavzusi bo‘yicha xujalik sharnomasi bo‘yicha gurux a’zolari 7 ta shundan 1 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi va 2 ta tadqiqotchidan iborat.

Xujalik sharnomasining mablag‘ bilan ta’minlanganlik xolati:

2010 yil -11250 ming sum.

2011 yil -18750 ming sum.

Xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida 14 ta tezis va 5tamaqola  Respublika va xalqaro jurnallarda chop etildi.

Kafedramizda “Eritmalar termodinamikasi” va “Elektrokimyo” yo‘nalishlari bo‘yicha 4 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyalariga tegishli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

        Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi OAJ “Olmaliq TMK” bilan “Gossipol asosida metallar korroziyasiga qarshi qoplamalar olish” mavzusi bo‘yicha xamkorligi natijasida xujalik shartnomasi tuzildi (30 mln. so‘m). SHartnoma bo‘yicha talabalar, magistrantlar va aspirantlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Xamkorlik asosida tuzilgan xo‘jalik sharnomasida ish olib borayotgan talabalar va tadqiqotchilar moddiy rag‘batlantirilmoqda.

          “Sovutgich” firmasi bilan “Antifriz uchun ingibitor yaratish va avtomobil korxonalariga joriy etish” mavzusi asosida xamkorlik qilinmoqda. Avtomobillarning sovitish sistemasida ishlatiladigan Antifriz EA-40 ni tarkibini o‘zgartirmaydigan va fizik –kimyoviy xossalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan ingibitorlarni olish bo‘yicha magistrantlarimiz ilmiy izlanishlar olib bormoqda. YAratilgan ingibitorlarning birinchi qismi Andijonda avtomobil ishlab chiqarish zavodining laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

         OAJ “Bekobod TMK” bilan “Metallar korroziyasiga ingibitorlarning ta’sirini va metallarning tarkibini aniqlash” mavzusi bo‘yicha xamkorlik olib borilmoqda. Xamkorlik natijasida ingibtorlar ta’sir etkizilgan bir qancha metallar yuzasi tarkibi aniqlandi va ingibitorlarning ta’sir mexanizmlari ishlab chiqildi. 1 ta malakaviy bitruv ishi va 2 ta magistrlik ishi ximoya qilindi. 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda.

         Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar kafedramizning bitiruvchi talaba, magistrant, aspirant va professor-o‘qituvchilarining ilmiy ishlarini rivojlanishida muxim axamiyatga egadir.

Oxirgi 3 yil mobaynida kafedramiz loyixalar va xujalik sharnomalari xisobiga 144 400 ming sum mablag‘ bilan ta’minlandi.

         Hamkorliklar asosida olingan natijalardan xujalik shartnomalari va loyixalar olish rejalashtirilmoqda.

Kafedra tarkibi

1. Sa’dullaev B.U. – kafedra mudiri, Kimyo fanlari nomzodi, dotsent 1968 yil Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Fizik kimyo”, “Statistik termodinamika”, “Fazaviy muvozanat”, “Fizik kimyoning tanlangan boblari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi

2. Akbarov X.I. – Kimyo fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor, 1976 yil

Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Fizik kimyo”, “Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasi”, “Eritmalar termodinamikasi”, “Polimer eritmalar termodinamikasi”, “Kimyoviy termodinamika”, “Metallarni korroziyadan saqlash usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

3. Axmedova M.A.- kimyo fanlari nomzodi, dotsent, 1968 yili Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Kolloid kimyo”, “Fiz-kolloid kimyo”, “Satx yuzasidagi xodisalarning fizik kimyosi”, “Nanomateriallar fizik kimyosi” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

4. Umarov B.U. – katta o‘qituvchi, 1981 yili Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Kvant mexanika va kvant kimyosi” kursidan bakalavriatura  talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi va “Fizik- kimyo” kursidan laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliyot darslarini olib boradi.

5. Kalyadin V.G.- kimyo fanlari nomzodi, dotsent, 198  yili Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasi”, “Fiz-kolloid kimyo”  “Fizik kimyoviy tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

6. Mamajonova Z.U -  o‘qituvchi, 1980  yili Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan, “Fizik kimyo”, “Kolloid kimyo”, “Fiz-kolloid kimyo” kurslaridan laboratoriya mashg‘ulotlari olib boradi.

7. Xoliqov A.J. – kimyo fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi, 2004 yili O‘zbekiston Milliy Universitetini tamomlagan. “Fizik kimyo”, “Kvant mexanikasi va kvant kimyosi” kurslaridan amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boradi.

8. Muxtorov O.P. – fizika-matematika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi 0,5st, 1986 yili Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan, “Kvant mexanikasi va kvant kimyosi”, “Modda tuzilishi” kursidan bakalavriatura  talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

9. Ziyaeva M. – o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, katta o‘qituvchi 0,5 st, 1980 yili Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan, “Fizik- kimyo” kursidan bakalavriatura  talabalariga laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliyot darslarini olib boradi.

10. Xamraev S.S.- kimyo fanlari doktori, professor 0,25 st, 1956 yili Moskva Davlat Universitetini kimyo fakultetini bitirgan. “Kolloid kimyo” kursidan bakalavriatura  talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.