O'zMU » Ma'lumotlar » Organik kimyo kafedrasi

Organik kimyo kafedrasi

(tel.246-07-88)

Organik kimyo kafedrasi universitetda dastlabki tashkil etilgan kafedralardan biri hisoblanadi (1921 y.). Kafedraga 1921-1933 yillarda prof. Naumov S.N., 1933-1968 yillarda O‘zR FA akademigi Sukervanik I.P. rahbarlik qilgan. Akademik Sukervanik organik kimyo sohasida ishlagan yirik olim bo‘lib, u kafedraning ilmiy yo‘nalishi-aromatik birikmalar va ularning hosilalarini alkillash va atsillash bo‘yicha dunyoga mashhur maktab yaratgan. I.P. Sukervanik vafotidan keyin kafedraga prof. Abdurasuleva A.R. (1968-1984), so‘ngra prof. YUldashev X.Y. (1984-1992), prof. Ahmedov Q.N. lar (1993-2008) rahbarlik qilishgan. 2008 yildan boshlab to hozirgi kungacha organik kimyo kafedrasiga kimyo fanlari nomzodi, dotsent H.S. Tojimuhamedov rahbarlik qilib kelmoqda. Organik kimyo kafedrasida uzoq yillar prof. Sidorova N.G., , prof. Romadan I.N., Moldova Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Lazurevskiy G.V., sobiq ittifoq akademiyasining haqiqiy a’zosi Sodiqov O.S., akademik Sultonov A.S., prof. Tambovseva V.D., prof. Manulkin Z.E., prof. Gusinskaya S.L., dotsentlar  Zakutskaya M.A Mansurov M.U., Yo‘ldoshev K.Y., Grebenyuk A.D. Ashrapxonova N.A.,Zemzina I.N Bokova A.I. Xaitboeva O.G.. lar faoliyat olib borishgan.

Kafedra respublikadagi ko‘plab ta’lim muassasalari hamda ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun 5140500-Kimyo ta’lim yo‘nalishi va 5A 140501  “Organik kimyo” mutaxassisligi bo‘yicha  kadrlar tayyorlab beradi. Kafedrada magistratura ochilgan., Magistratura talabalari uchun “Kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaksion qobiliyati”, “Organik funksional analiz”, “Geterohalqali birikmalarning tanlangan boblari”, Neft kimyoviy sintez,“Organik birikmalarning tabiiy manbalari” kabi mutaxassislik fanlaridan darslar olib boriladi. Kafedrada 02.00.03. Organik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura va doktorantura mavjud.

Aspiranturani tugatganlar va himoya qilganlar:

Ubaydullaeva S.U -1994 yil

1. Berdikulov A.X.-1996 yil

2. G‘apporov X.L.-2000 yil

3. Eshmuhamedov M.A.-1999 yil

4. Raximov A.           -1994 yil

5. Valixonov K.M. – 2002 yil

6. Mamatqulov N.N. 2004 y.

7. Andreev N.A.

8. Xoliqov T.S. 2007 y.

9. Axmedov O‘.CH. 2008 y.

10. YUsupova M.O‘. 2008 y.

11 YUldasheva M.R. 2009

12.Kuznetsov D.V.-2010 yil

 

Himoyaga tayyorlanayotganlar:

1. Kozinskaya L.K.

2. Sobirov S.K.

3. CHoriev A.O‘.

4. Jaloliddinxon SHermuhammad o‘g‘li.

Grantlar ma’lumoti:

OT-F-3-116. “Fenollarni xloratsetillash hamda O- va S- atsilmahsulotlar olishning regioselektiv usulini ishlab chiqish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar.”  Grant rahbari: k.f.d., prof. A.K. Abdushukurov. 2011 yil uchun 15500000 so‘m.

F-3.142.“Selenapravlennыy sintez novыx biologicheski aktivnыx soedineniy na osnove aromaticheskix i geteroaromaticheskix soedineniy i issledovanie ix  kompleksoobrazuyuщey, antimikrobnoy i rosstimuliruyuщey aktivnosti”. Rukovoditel temы: d.x.n., prof. A.K. Tashmuxamedova i d.x.n., prof. K.N.Axmedov. 2011 yil uchun  5000000 so‘m.

Monografiyalar, maqolalar, ishlanmalar, patentlar.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan oxirgi 20 yil davomida – monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 10 ta patent, 650 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan.

 

Kafedra tarkibi:

1. Tojimuhamedov Habibulla Sayfullaevich – kafedra mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1966 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi” fani bo‘yicha bakalavriatura talabalariga, “Kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaksion qobiliyati” kursidan magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

2. Axmedov Qudrat Nigmatovich – professor 0,5 st. Kimyo fanlari doktori, professor. 1963 yilda Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Bakalavritaura talabalariga “Organik kimyo” umumiy kursidan ma’ruzalar o‘qiydi.

3. Toshmuhamedova Oynisa Karimovna -  kimyo fanlari doktori, professor 1956 yilda Moskva Davlat universitetini tamomlagan. Kimyo fakulteti rus guruhi bakalavritaura talabalariga “Organik kimyo” umumiy kursidan, magistratura talabalariga “Geterotsiklik birikmalarning tanlangan boblari” maxsus kursidan ma’ruzalar o‘qiydi.

4. Abdushukurov Anvar Kabirovich –kimyo fanlari doktori, professor. 1968 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti bakalavritaura talabalariga “Organik kimyo” umumiy kursidan, magistratura talabalariga “Organik funksional analiz” maxsus kursidan ma’ruzalar o‘qiydi.

5. Xoliqov Tursunali Suyunovich -  o‘qituvchi 0,75 st. 1998 yilda Toshkent Davlat universiteti kimyo fakultetini tamomlagan. Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti bakalavritaura talabalariga “Organik kimyo” umumiy kursidan, magistratura talabalariga “Hozirgi zamon fizik-kimyoviy tadqiqot usullari” maxsus kursidan ma’ruzalar o‘qiydi.

6. Ahmedov O‘rol CHorievich – 2002  yil magistratura bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Kimyo fanlari nomzodi. Bakalavritaura talabalariga “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi” umumiy kursidan, magistratura talabalariga “Neftekimyoviy sintez” maxsus kursidan ma’ruzalar o‘qiydi.

7. Valixonov Kamoliddin Muhsimovich – o‘qituvchi 0,25 st. 1991 yilda Toshkent Davlat universitetini tugatgan. Kimyo fanlari nomzodi. Kimyo va biologiya-tuproqshunoslik fakultetlari talabalariga organik kimyodan seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.