O'zMU » Ma'lumotlar » Umumiy, noorganik va analitik kimyo kafedrasi

Umumiy, noorganik va analitik kimyo kafedrasi

(tel. 246-98-88)

 

Umumiy, noorganik va analitik kimyo kafedrasi 2011 yil 2 dekabrda umumiy kimyo kafedrasi hamda noorganik va analitik kimyo kafedralarini birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan.

Ko‘p yillar davomida bu kafedralarda  professor T.S.Sirliboev, professor A.Ikromov, professor A.I.Qurbonovlar faoliyat olib borishgan.

Noorganik kimyo kafedrasi

(tel. +99871-246-09-21)

Noorganik kimyo kafedrasi 1932 yilda prof. M.A.Kolosovskiy tomonidan tashkil etilgan. Kafedraga bir qancha etuk professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan. 1958-1989 yillar davomida kafedraga prof X.R.Raximov rahbarlik qildi. 1989-2010 yillarda kafedraga akademik N.A.Parpiev boshchilik qildi. 2010 yilda boshlab kafedraga k.f.d., dots. SH.A.Kadirova rahbarlik qildi. 2011 yil dekabr oyida kafedra Umumiy kimyo kafedrasi bilan birlashtirildi.

Kafedrada taniqli olim va pedagoglar Kapitsa E., Nigay K.G., Raximov X.R., Ishanxodjaeva M.M., Tursunov S., Muftaxov A.G. va boshqalar ishlagan.

         Kafedra o‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim sistemasi uchun, ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalari uchun 5A140503-Neft va tabiiy gaz kimyosi mutaxassisligidan malakali kadrlar tayyorlaydi.

Aspiranturani tugatganlar va himoya qilganlar:

1. Qultoev Q.Q. 1990 y..

2.Turg‘unov E. 1990 y..

3.G‘ulom Murtoza (Pokiston fuqorosi) 1990 y.

4.Aksenova L.A. 1991 y.

5.SHaripov SH.R. 1992 y.

6.Zakirov S. 1994 y.

7.Muxammad SHamim (Afg‘oniston fuqorosi)1994 y.

8. Nurmonov S.E. 1995 y.

9.Allaberganov B. 1996 y.

10.Azizova R.G. 1996 y.

11.Raxmatov X. 1998 y.

12.Ibodullaev B. 1998 y.

13.Smanova Z. 1998 y.

14.Fayzullaeva M. 2003 y.

15.Matmuratov SH.A. 2006 y.

16.Mirxamitova D.X. 2009 y.

17.Ziyadullaev O.E. 2011 y.

1. Xusenov Q.SH. 1999y.

2. Kadirova SH.A. 2001y.

3. Nuralieva G.A. 2006y.

4. Raxmonova D.S. 2011y.

Kafedra “5440400-Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, 5A440401-noorganik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi. Kafedrada 02.00.01-Noorganik kimyo ixtisossligi bo‘yicha doktorantura va aspirantura ochilgan.

         Himoyaga tayyorlanayotganlar.

         1. YUsupova L.A.

         2. Qosimova O.X.

Alieva M.T.

2. Karimova G.SH.

3. Mirzaqulov U.

4. Alieva G.K.

5. Jo‘raev Q.S

         Amaliyot va ishga joylashish.

         Talabalarning pedagogik amaliyoti O‘zMU qoshidagi litseylarda va shartnoma asosida hamkorlikdagi maktablarda o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish amaliyoti esa O‘zR FA kimyo sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlrida va ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladi.

         O‘qishni tugatgandan keyin talabalar “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneftegaz”, “Uztransgaz” korxonalarida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim sistemasida va kimyo sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida ishga joylashishadi.

Ma’lumki, bakalavriat yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashning asosiy qismi bo‘lgan talabalar amaliyoti 2 qismdan iborat bo‘lib, 1-qismi O‘zbekiston Milliy universitetining kimyo fakulteti kafedralarida o‘tiladigan o‘quv tanishuv amaliyoti bo‘lsa, 2-qismi ishlab chiqarish amaliyotidir. Ishlab chiqarish amaliyoti O‘zFA tizimidagi etakchi ilmiy tadqiqot institutlarida (Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalar kimyosi instituti, Biorganik kimyo instituti), korxonalar muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.

O‘qishni tugatgandan keyin talabalar yuqoridagi tashkilotlarga yo‘llanma bilan ishga boradi. 1989-2010 yillarda kafedraga akademik N.A.Parpiev boshchilik qilishi mobaynida kafedra “Oraliq metallarni biologik aktiv ko‘p funksional geterotsiklik ligandlar bilan koordinatsion birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy tadqiqoti” mavzusi bo‘yicha ilmiy-ishlar olib borildi. Ushbu ilmiy yo‘nalish bo‘yicha bir qator magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Kafedra qoshidagi mablag‘ bilan ta’minlangan ilmiy guruxlar tomonidan kafedrada tasdiqlangan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fundamental tadqiqotlar fondining ilmiy ishlar tanlovida qatnashib fan va texnika davlat komiteti (O‘zFTAK) fundamental fanlar bo‘yicha grantlari (1994-1996, 1997-1999, 2000-2003, 2004-2007, 2004-2006, 2007-2011) olinib muvaffaqiyatli bajarilgan. Hozirgi vaqtda kafedraning ilmiy guruhi tomonidan O‘zbekiston Fan va texnika markazining 2 ta granti (F.3-142 va P.7-029) bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

FM-3-342 «Sintez i issledovanie koordinatsionnыx soedineniy metallov s proizvodnыmi tiazolov», «Metallarning tiazol hosilalari  asosidagi kooordinatsion barikmalari sintezi va tadqiqoti».

2.01.2004-31.12.2006y; 2004 yil uchun 10 mln so‘m. YOshlar granti.

Ilmiy rahbar: Kadirova SH.A. jamoa a’zolari: Parpiev N.A., Abdullaeva G.A., Alieva M.T.

F-3-142 «Selenapravlennыy sintez biologicheski aktivnыx veщestv na osnove aromaticheskix i geterotsiklicheskix soedineniy issledovanie ix kompleksoobrazuyuщix rostostimuliruyuщix i antimikrobnыx svoystv», “Aromatik va geterohalqali birikmalar asosida yangi biologik faol moddalarni maqsadli sintezi, ularning kompleks hosil qilish, o‘stiruvchi va antimikrob qobiliyatlarini tadqiqoti.

2.01.2007-31.12.2011y; 2007 yil uchun  18 mln so‘m.

Loyiha rahbari: k.f.d., akademik Parpiev N.A., jamoa a’zolari: Xodjaev O.F., Kadirova SH.A., Kadirova Z.CH., Axmedov. Q.N., Tojimuhamedov X.S., YUldasheva M.R., Eshmatov A.K., Boltaeva Z.A., Toshmuxamedova A.K., Kuznetsov D.V., Alieva M.T., Jo‘raev K., Mirzakulov U.J., Sultonova N., Sultonov S., Akromov D.

P7-029 “Osobennosti mexanizma sorbsii, nakopleniya i detoksikatsii ionov tyajelыx metallov makrofitami i razrabotka biosorbentov na osnove mestnogo rastitelnogo sыrya”, “Sorbsiya mexanizmining xususiyatlari, makrofitlar orqali og‘ir metall ionlarining detoksikatsiyasi va yig‘ilishi, maxalliy o‘simlik xom ashyosi asosida biosorbentlarni ishlab chiqish”.

2.01.2009-31.12.2011y; 2009 yil uchun  13 mln so‘m.

Loyiha rahbari: k.f.d., akademik Parpiev N.A., jamoa a’zolari: Xodjaev O.F., Kadirova SH.A., Kadirova Z.CH., Stoyko O.V., CHepulskiy S.A., Raxmonova D.S., Rashidova X.X., Razzoqova S.R.

Fundamental fanlar bo‘yicha grant mavzularidan (FM-3-342 va F-3-142) olingan yangi ma’lumotlar professor-o‘qituvchilar tomonidan “Noorganik kimyo”, “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Noorganik kimyoning ayrim muammolari va istiqbollari”, “Ligandlarning reaksion qobiliyati” va boshqa fanlar bo‘yicha ma’ruzalarda hamda laboratoriya mashg‘ulotlarida, shuningdek, magistr va bakalavrlar maxsus kurs darslarini o‘tkazishda keng qo‘llanilmoqda.

Monografiyalar, maqolalar, ishlanmalar, patentlar.

1991 yildan boshlab kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlar yo‘nalishi bo‘yicha kafedraning aspirantlari, doktorantlari va ilmiy-tadqiqotchilari tomonidan 3 ta doktorlik (B.B.Umarov, M.M.Ishanxodjaeva, SH.A.Kadirova) va 15 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlanib muvaffaqiyatli himoya qilindi. 400 dan ortiq maqolalar ilmiy jurnallarda chop etildi (shu jumladan 2 ta monografiya) va 8 ta patent olindi.

         Kafedrada olib borilgan ilmiy ishlar natijasida 66 ta yangi organik birikmalar sintez qilingan va ligand sifatida ilk marotaba foydalanilgan. Ulardan 22 tasining rentgenstrukturaviy taxlil (RST) asosida molekulyar va kristall tuzilishi aniqlangan. SHu liganlar asosida oraliq metallarning 350 dan ortiq kompleks birikmalari sintez qilingan. SHu jumladan, 35 ta kompleks birikmaning kristall tuzilishi va 50 dan ortiq birikmaning biologik faolligi aniqlangan.

         Kafedrada sintez qilinib, RST orqali kristall strukturalari aniqlangan 37 ta moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kembrijdagi «Halqaro strukturaviy ma’lumotlar banki» ga yuboriladi va ulardan dunyo miqyosida mutaxassislar foydalanmoqda.

         Metallarni polidentant va polifunksional ligandlar bilan bergan yangi koordinatsion birikmalari o‘ziga xosligidan foydalanib, ularni Olmaliq, Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati hamda O‘zbekistonning qiyin suyuqlanuvchi va o‘ta chidamli (O‘zKTJM) kombinatlarida metallarni texnologik jarayonlarda bir-biridan ajratib olish, korxona chiqindilarini boyitib ulardan metallarni ajratib olish bo‘yicha xam izlanishlar olib borilmoqda.

         Rahbar lavozimlarda ishlayotganlar.

  1. SHaripov SH.R. Jizzax davlat pedagogika instituti “Kimyo-ekologiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri.
  2. Umaraliev U. Ohangaron sement zavodi bosh texnologi.
  3.  

Davlat mukofotiga sazovorlar

  1. Sirliboev To‘rabek – kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

 

ITIning davlat byudjetidagi yillik rejasini, hamda oliy maktab muammolarini bajarilishi.

Umumiy kimyo yo‘nalishi bo‘yicha:

         -Mahalliy xomashyolar-neft, tabiiy gaz va ularni qayta ishlash maxsulotlari asosida yangi organik birikmalarni katalitik sintezi, ularning xossalari va qo‘llanish sohalarini o‘rganish;

         -Faol vodorod tutgan organik moddalar asosida vinil birikmalar sintezi va texnologik parametrlari;

-Atsetilen amino- va oksibirikmalarini katalitik sintezi va eksplutatsion xususiyatlari;

         Ilmiy tadqiqotlarning ushbu ustivor yo‘nalishlariga mos ravishda keyingi yillarda kafedrada O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining fundamental va amaliy grantlari bo‘yicha ish olib borilgan:

«Issledovanie protsessov kataliticheskogo sinteza novыx organicheskix veщestv reaksiyami atsetilena i ego proizvodnыx s karbonilnыmi soedineniyami i akrilonitrilom» (5F.2.11.2. Davlat qayd qilish raqami 01970006222, 1995-1999 yy.);

«Razrabotka effektivnыx metodov sinteza novыx vinilovыx soedineniy na osnove fenola i ego proizvodnыx» (Grant №21/99, 1999-2001 yy.);

«Sintez novыx vinilovыx soedineniy na osnove aminov i izыskanie oblastey ix primeneniya» (Grant 19/2000 Davlat qayd qilish raqami 01.200010392, 2000-2002 yy.);

«Razrabotka vыsokoeffektivnыx, texnologichnыx sposobov sinteza sennыx, importozameщayuщix i eksportiruemыx azotsoderjaщix organicheskix soedineniy – piridinovыx i pirimidinovыx osnovaniy, poluchennыx geterogenno-kataliticheskimi reaksiyami atsetilena i ego proizvodnыx s ammiakom i texnologii etix protsessov» (GNTP-9,  P-9.6, 2002-2004 yy.);

«Bakterialnaya korroziya neftepromыslovыx truboprovodov (jeleznыx i stalnыx neftexraniliщ) i puti ee predotvraщeniya» (FA-A6-T026, 2009-2011 yy. FA Mikrobiologiya instituti xodimlari bilan hamkorlikda).

Monografiya, maqola, ishlanma va patentlar.

Kafedra xodimlari tomonidan 550 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 monografiya, 1 darslik va 24 o‘quv qo‘llanmalar chop qilingan, 44 ta mualliflik guvohnomalari va 4 ta patent olingan, 150 dan ortiq yangi organik moddalar sintez qilingan, 4 ta mahsulotni sanoatda ishlab chiqarish texnologiyalari yaratilgan.

 

Kafedra tarkibi:

Turabov Nurmuxammad Turabovich- kafedra mudiri muovini, kimyo fanlari nomzodi, dotsent, 1973 yil Toshkent Davlat universitetini tugatgan. Analitik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga umu-miy va maxsus kurslardan ma’-ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

Nurmonov Suvanqul Erxonovich – kafedra mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent, 1989 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Neft va tabiiy gaz” mutaxassisligi magistrantlariga maxsus kurslardan, bakalavriatura talabalariga “Kimyo”, “Kimyoviy kinetika va kataliz” kurslaridan ma’ruzalar o‘qiydi.

1. Parpiev Nusrat Agzamovich – kimyo fanlari doktori, akademik, 1953 yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) kimyo fakultetini tamomlagan. “Noorganik kimyo”, “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Noorganik kimyoning ayrim muammolari va istiqbollari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi.

2. Xodjaev Omonulla Fayzullaevich – kimyo fanlari doktori, 0,75 st. professor, 1962 yilda Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan.  “Fizik-kimyoviy analiz”, “Fizik-kimyoviy tadqiqot usullari” va “Noorganik kimyo” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

3. Gevorgyan Arsvik Mexakovich – kimyo fanlari doktori, professor. O‘rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakultetini tugatgan. Kimyo fakulteti rus guruhi bakalavriatura va magistratura talabalariga umumiy va maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘qiydi, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

4. Kadirova SHaxnoza Abduxalilovna - kimyo fanlari doktori, professor v.b., 1997 yilda Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan.  “Ligandlarning reaksion qobiliyati”, “Noorganik kimyo”  “Kompleks birikmalar kimyosi” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

5. Xamidov Xakimjon Aslanovich – kimyo fanlari nomzodi, 0,75 st. dotsent, 1959 yilda O‘rta Osiyo politexnika instituti, kimyo-texnologiya fakulteti tamomlagan.  “Noorganik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Kompleks birimalar kimyosi”, “Noorganik birikmalar sintezi” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

5. Reshetnikova Roksana Vsevolodovna - kimyo fanlari nomzodi, 0,75 st.  dotsent, 1969 yilda Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan.  “Noorganik kimyo”, “Bionoorganik kimyoning ayrim aspektlari”, Kompleks birikmalar kimyosi”,“Noorganik kimyoning ayrim muammolari va istiqbollari”  Eritmada kompleks xosil bo‘lishi kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura (rus guruh) talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

6. Asamov Mavzur Kamilovich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent, 1963 yili Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Kimyoviy kinetika va kataliz”, “Kimyoda katalitik jarayonlar”, “Umumiy kimyo” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. Magistrlar uchun “Ilmiy ijodiyot metodologiyasi”, “Neft va tabiiy gazni termik jarayonlarini ilmiy asoslari” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi.

7. Raximova Saida Raxmatullovna - kimyo fanlari nomzodi, dotsent, 1966 yili M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Kimyo” fanidan bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boradi.

8. Smanova Zulayxo Asanalievna - kimyo fanlari nomzodi, dotsent. Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tugatgan. Kimyo fakulteti rus va o‘zbek guruhi bakalavriatura va magistratura talabalariga umumiy va maxsus kurslardan ma’ruzalar o‘qiydi, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

9. Turgunov Erxon - kimyo fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi, 1978 yil Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Bakalavriatura talabalariga “Kimyodagi katalitik jarayonlar”, magistratura talabalariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va “Neft va tabiiy gazni qayta ishlashda hosil bo‘lgan maxsulotlarni kinetik tamoyillari” kurslaridan ma’ruzalar o‘qiydi, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

10. Eshmurzaev Yigitali SHokirovich – kimyo fanlari nomzodi, 2009 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetini aspirantura bosqichini tugatgan. Kimyo fakulteti bakalavriatura talabalariga “Analitik kimyo” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi, 1-chi bosqich bakalavriatura talabalariga rahbarlik qiladi.

11. Tulaganova Xolis SHavkatovna – o‘qituvchi, Toshkent Davlat universiteti kimyo fakultetini tugatgan. Kimyo fakulteti bakalavriatura talabalariga analitik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi, 1-chi bosqich bakalavriatura talabalariga rahbarlik qiladi.

12. Ibragimova YUlduz Erkinovna – o‘qituvchi 0,75st.  , 1992 yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan.  “Noorganik kimyo”, “Kimyo tarixi”, “Modda tuzilishi” “Kompleks birikmalar kimyosi” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini , “Noorganik kimyoning ayrim muammolari va istiqbollari” kursidan magistratura talabalariga  laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

13. Nuralieva Go‘zal  Abduxamidovna  - kimyo fanlari nomzodi,  0,5 st. dotsent v.b., 2000 yil O‘zbekiston Milliy  universitetining kimyo fakultetini tamomlagan.  “Noorganik kimyo”, “Kimyo tarixi”, “Analitik kimyo”, “kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini, “Noorganik kimyoning ayrim muammolari va istiqbollari” kursidan magistratura talabalariga  laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi.

14. Matmuratov SHavkat Atamuratovich – kimyo fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi, 1996 yili Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Umumiy kimyo” va “Kimyo” fanlaridan bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. “Kimyoviy kinetika va kataliz”, “Kimyodagi katalitik jarayonlar” kurslari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari olib boradi.

15. Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna – kimyo fanlari nomzodi, o‘qituvchi, 2000 yili O‘zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Kimyo” fanidan bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. “Kimyoviy kinetika va kataliz”, “Kimyodagi katalitik jarayonlar” kurslari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari olib boradi.

16. Akbarova Muattar Tilavoldievna – 1994 yilda Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. Bakalavrlar uchun “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fanidan ma’ruza o‘qiydi, “Kimyo”, “Kinetika va kataliz” fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.