O'zMU » Ma'lumotlar » Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi

Kafedra tarixi. Ingliz filologiyasi kafedrasi 1962 yilda roman – german filologiyasi fakulteti tarkibida  tashkil etildi. Kafedraning tarixiga bir nazar tashlasak kafedra tashkil topgandan keyin bir qator  o'qituvchilar, jumladan, E.L. Mayskaya, L.N. Maslennikova, L.T. Boboxonova, J.A. Babadjanova, A.I.Nemirovskaya, Z.B.Sattarova, D.A. Rustambekova, L. A.Agadjanova  va boshqalar fan nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli  himoya qilib, kafedra ilmiy  salohiyatini oshirishda o'z hissalarini qo'shganlar. Yuqorida ismlari zikr etilgan tajribali ustozlarning ishlarini davom ettirib va ularning bevosita rahbarligida kafedraning yana bir necha azolaridan, G.X.Salimov, D.K.To'rabekova, N.Qambarov nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli  himoya qilganlar.

Fakultet talabalari sonining kengayishi munosabati bilan 2002 yilda ingliz filologiyasi kafedrasi ikkiga bo'linib: Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi,  Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi tashkil etildi.

Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasida 2002 – 2004 yilgacha katta o'qituvchi Jo'raeva I.A. kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatdi. Shu davr mobaynida kafedrada bir qancha e'tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi.

2002 yilda kafedra o'qituvchisi Solieva M.A. o'zining nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va filologiya fanlari nomzodi darajasini oldi.  2004 yil esa kafedraning katta o'qituvchisi Nazirova Sh.O. nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va filologiya fanlari nomzodi darajasini oldi. Shu yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Kafedra o'qituvchilari respublikadagi, xususan, O'zDJTU, JIDU, TDShI, SamDavChTI va O'zbekiston Respublikasi Maorif Vazirligi qoshidagi ilmiy-uslubiy jurnallarda va chet ellarda, shuningdek, Moskva, Minsk, Kiev, Vyatsk, Belorussiya, Volgogradlardagi nufuzli universitetlarda o'tkazilayotgan xalqaro ilmiy – uslubiy konferentsiya va seminarlarda o'z ilmiy ishlari bilan qatnashib kelmoqdalar.

 2002 yildan beri kafedra o'qituvchilari bir necha chet el universitetlarida malaka oshirib kelmoqdalar. Ular Angliyaning Kembridj Universitetining xalqaro toifadagi ingliz tili o'qituvchisi diplomini olishga sazovor bo'lganlar. 2007 yilda ingliz tili fonetika va grammatika kafedrasi professor – o'qituvchilari UzTEA, O'zDJTU, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste'dod” jamg’armasi masofali o'qitish markazi, ITEC programmasi bo'yicha Xindistonning Dexli shahrida o'z malakalarini oshirib keldilar.

Bundan tashqari 2005-2006 o'quv yillarida kafedra  o'qituvchisi Jo'raeva I.A. Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetida xalqaro stajyor sifatida o'z malakasini oshirib keldi.

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mongografiyalar “Istoriya lingvisticheskoy tipologii. Professor V.D.Arakin”, “Teoreticheskie osnovo' sopostavitelnoy lingvistiki”; shuningdek, “Delovoy angliyskiy yazo'k”, “Ingliz tili leksikologiyasi”, “Metodika prepodavaniya angliyskogo yazo'ka”,“Sinonimo' v angliyskom yazo'ke”, “Ingliz tilidan mustaqil o'qish uchun mo'ljallangan matnlar to'plami”, “Ingliz tilidagi predloglar uchun nutq namunalari”,”Inglizcha- o'zbekcha mamlakatshunoslik lug’ati“, “Vvedenie v Romano-germanskuyu filologiyu“, “Mustaqil o'qish», “Ingliz tili Amaliy so'zlashuvi” “Buyuk Britaniyaning Ochiq universitetida masofaviy o'qitish jarayoni”, ”Listening and speaking comprehension skills”, “Computer and Communication skills”, “A Brief of Uzbekistan”, “Prakticheskiy kurs angliyskogo yazo'ka v kachestve inostrannogo yazo'ka v gruppax slavyanskoy filologii”, “Mustaqil o'qish “ kabi uslubiy va o'quv  qo'llanmalar  yaratildi.

Kafedraning ilmiy aloqalari.  AQSh elchixonasi, Angliya elchixonasi, Britaniya Kengashi, Buyuk Britaniya Ochiq Universiteti,  Xindiston elchixonasi, O'zbekiston Jahon tillari universiteti, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi universiteti, respublikaning boshqa oliy o'quv yurtlari, litsey va kollejlari.

 Kafedraning bir necha yosh o'qituvchilari va aspirantlari sobiq talabalarimiz hisoblanadi. Ular magistraturani bitirib, kafedrada xorijiy tillardan dars bermoqdalar va nomzodlik dissertatsiyalarini yozmoqdalar.

O'quv- uslubiy taminot. 5220100 – Filologiya ( ingliz tili) ta'lim  yo'nalishi yuqori malakali filologik kadrlarni tayyorlashni ta'minlaydi. Yo'nalish fanlarining ob'ekti – ingliz tili tizimidir. Yo'nalishning dolzarbligi O'zbekistonning xalqaro aloqalari keng rivojlanayotganligi hamda “Ingliz filologiyasi” ixtisosligi bo'yicha yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash zaruriyati bilan bog’liqdir. Yo'nalishning maqsadi – ingliz tili asosiy satxlari tizimining nazariy bilimlarini mustahkam singdirish, shuningdek zamonaviy tilshunoslikning nazariy asoslari bilan tanishtirishdir. Bu yo'nalish doirasida quyidagi vazifalar hal qilinadi: talabalarni zamonaviy tilshunoslik qonuniyatlari bilan tanishtirish, ingliz tilining shakllanish tarixini, hozirgi holatini til va nutqning farqlanishi nuqtai nazaridan asoslab berish, talabalarda ingliz tili fanining amaldagi namunaviy dasturlar talab qiladigan hajmda bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qilish.

Kafedrada 5A 120102– Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo'yicha magistratura mavjud va quyidagi fanlar o'qitiladi: ilmiy ijodiyot metodologiyasi, amaliy chet tili, maxsus  fanlarni o'qitish metodikasi, nazariy grammatika asoslari, asosiy chet tili, semantika va so'z tuzilishi, paralingvistika, lug’at tuzish printsiplari, frazeologiyaning dolzarb muammolari, qiyosiy lingvistikaning nazariy asoslari

Kafedraning professor-o'qituvchilari tarkibi. Ayni vaqtda kafedrada 18 nafar professor-o'qituvchilar xizmat qilmoqda: filologiya fanlari doktori, professor O'.K.Yusupov, f.f.n.  Sh.O.Nazirova, f.f.n., dotsent I.A.Siddikova f.f.n. Yusupova Sh.B.  katta o'qituvchi va o'qituvchilar.