O'zMU » Ma'lumotlar » Nemis filologiyasi kafedrasi

Kafedra tarixi. Nemis filologiyasi kafedrasi 1962 yilda tashkil etilgan. Kafedra tarkibida malakali o'qituvchilar Rashidova D.F., Dantsiger O.A. va boshqalar faoliyat yuritishgan. Kafedraning ilk mudiri Rashidova D.F. bo'lgan. Keyinchalik kafedra Medjitova X.T., Shakirova N.Yu., Bo'riboeva Sh.A., Tyan N.V., To'raqulova S.T., Ibragimova D.T. kabi fakultet bitiruvchilari bilan boyidi.

            Nemis filologiyasi kafedrasi “Romano - german filologiyasi” mutaxassisligi bo'yicha proffesional mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etadi. Xorijiy filologiya fakulteti nemis filologiyasi kafedrasi 1962 yildan shu kungacha 1 fan doktori, prof. Avazbaev N.A va 8 ta fan nomzodi (f.f.n., dots. Rashidova D.X., f.f.n., dots. Abduqadirova G.M.,  f.f.n., dots. Isxakova A.A., f.f.n., dots. Kirshner V.T., f.f.n. Shadijonova Sh.U. (Germaniyada himoya qilgan), f.f.n. Rezyapova N., f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S., f.f.n. Ibragimova D.T.) tayyorladi.

Nemis filologiyasi kafedrasida ilmiy – tadqiqot ishlari ikki yo'nalishda olib boriladi:

1) fonetika va fonologiya, frazeologiya va tarjima nazariyasi  sohasi bo'yicha (f.f.n., dotsent Imyaminova Sh.S.).

2) “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind - evropa hamda hind-evropa bo'lmagan til va adabiy aloqalar” mavzusida (o'qituvchilar To'raqulova S.T., Tyan N.V. va  f.f.n. Ibragimova D.T.).

Ushbu mavzular bo'yicha 1994 yildan Vilgelm nomidagi Vestfaliya universiteti Germanistika instituti hamda Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti nemis filologiyasi kafedrasi bilan aloqa o'rnatgan.

            2003 yil 5 dekabrda Myunster Universitetida (Germaniyada) yuqorida nomlari zikr etilgan univeversitetlar o'rtasida ilmiy aloqalar bo'yicha 2003 yildan 2006 yilgacha bo'lgan   hamkorlik loyihasi imzolandi.

            2004 yildan esa ilmiy aloqalar bo'yicha loyiha Germaniya akademik almashinuv xizmati  (DAAD) tomonidan “Germanistika institutlarining hamkorligi” (GIP) granti doirasida qo'llab quvvatlandi. Grant rahbarlari prof. doktor Tomas Tomasek (Myunster) hamda f.f.n., dots. A.A.Isxakova (Toshkent). Keyinchalik GIP granti 2004 yildan 2008 yilgacha uzaytirilgan. 2007 yildan 2011 yilgacha O'zbekiston tomonidan GIP granti bo'yicha rahbarlik kat.o'q. Medjitova X.T. tomonidan amalga oshirildi. 2012 yildan esa bu proektga katta o'qituvchi Sh.A.Bo'ribaeva tomonidan  rahbarlik qilinmoqda.

            Nemis filologiyasi kafedrasi Myunster universiteti tomonidan 2000 dan ortiq  ilmiy va o'quv adabiyotlari bilan ta'minlandi va o'quv zali hamda kutubxona tashkil etildi. Bundan tashqari o'quv zali va kutubxona eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi.

            Grant doirasida (GIP) VVU olimlari (prof. doktor T. Tomasek, prof. doktor F.Xonemann, doktor E.Noys va prof., doktor D.Kremer) nemis filologiyasi kafedrasi aspirantlarining nomzodlik ishlariga (Ibragimova D.T., Tyan N.V., To'raqulova S.T.,), shuningdek, kurs ishi va bitiruv ishlariga hamda magistrlik dissertatsiyalariga   rahbarlik qilishmoqda.

            2004 yil mart oyidan O'zMUda VVU olimlari tomonidan 13 ta blok seminarlar o'tkazildi, unda XFF nemis tili bo'limi hamda Respublikadagi boshqa Oliy o'quv yurtlari talaba va magistrlari ishtirok etdilar. XFF talabalari hamda Vestfal universitetining doktorantlari (Katya Sheller, Katrin Xyoner, Kristina Rchexak, Lili Tonger-Erk) pedagogik amaliyotlarini o'tadilar.

            Grant asosida Germaniyaga har yili o'qish uchun eng yaxshi talaba, magistr, aspirantlar, shuningdek  o'qituvchilar  malakalarini oshirish uchun boradi. Kafedrada 2003 yildan to'rtta xalqaro konferentsiya o'tkazildi:

1. 2002 yil 18-19 - noyabr. Toshkentda  “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind - evropa hamda hind - evropa bo'lmagan adabiy aloqalar” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy konfenrentsiya o'tkazildi. Konferentsiyada 26 ta o'zbek va nemis olimlari o'zlarining ma'ruzalari bilan  ishtirok etdilar.

2. 2003 yil 1-3 dekabr.  Myunsterdagi “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind - evropa hamda hind - evropa bo'lmagan adabiy aloqalar” mavzusidagi ikkinchi xalqaro ilmiy konfenrentsiya o'tkazildi.

3. 2007 yil 9-10 yanvar.  Toshkentdagi  “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind - evropa hamda hind - evropa bo'lmagan adabiy aloqalar” mavzusidagi uchinchi xalqaro ilmiy konfenrentsiya o'tkazildi. Unda ilk bor Germaniya hamda O'zbekiston olimlaridan tashqari Xorijiy Filologiya Fakulteti nemis tili bo'limi talabalari ham ishtirok etishdi. Uchinchi xalqaro konferentsiyada nemis filologiyasi kafedrasining iqtidorli talaba va magistrlari o'zining ilmiy - tadqiqot mavzuslari bilan ishtirok etishdi.

4. 2009 yil dekabr oyida  Toshkentda  “Tilda, adabiyotda va madaniyatda hind - evropa hamda hind - evropa bo'lmagan adabiy aloqalar” mavzusidagi to'rtinchi xalqaro ilmiy konfenrentsiya o'tkazildi.

 2012 yil oktyabr oyida esa universitetda shu mavzuda  beshinchi konferentsiya universitetimizda o'tkazilishi ko'zda tutilmoqda.

            2008 yil aprel oyida VVU hamda O'zMUning  DAAD va Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida XFF nemis filologiyasi kafedrasi tarkibida “Germanistika markazi” ochildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri nemischa - o'zbekcha va o'zbekcha-nemischa lug’at yaratishdir.

            Oxirgi yillarda nemis filologiyasi kafedrasida quyidagilar nashr etildi:

-  Hozirgi nemis tili nazariy fonetikasi (nazariy kurs). (o'quv qo'llanma) Toshkent, Universitet, 1994., Hozirgi nemis tili nazariy fonetikasi (nazariy kurs). (o'quv qo'llanma) Toshkent, Universitet, 1995., Problema sloga v sovremennoy lingvistike. O'quv qo'llanma. T., Universitet, 1998., Problemi sovremennoy fonotaktiki. O'quv qo'llanma. T., Universitet, 1998. (Avazboev N.A.)

- 5 va 6 sinf o'quvchilari uchun nemis tili darsligi (hammualliflikda Tokarskaya N.I., Zagalskaya K.B., Medjitova X.T.),

- 5 sinf nemis tili darsligiga o'qituvchilari uchun kitob (Tokarskaya N.I),

-  abiturientlar uchun elektron darslik (Imyaminova Sh.S.),

- tarjima nazariyasi va amaliyoti kursidan o'quv qo'llanma (Borisova I.F., Imyaminova Sh.S.), magistrlar uchun  o'quv qo'llanma (Qosimova M., Imyaminova Sh.S.),

- “Nemis tilida juft so'zlar” (o'quv qo'llanma) (Imyaminova S.Sh., Tilovova G.). Prof. N.A.Avazbaev tavalludiga atab biobibliografik ko'rsatkich (Mamatov A.E., Imyaminova Sh.S.), prof. A.A.Abduazizov tavalludiga atab biobibliogarfik ko'rsatkich (Imyaminova Sh.S.), “Nemis tili frazeologiyasi” (o'quv qo'llanma), “Nemis va o'zbek tillarida bo'gin hosil bo'lishi” (monografiya), “Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari” va boshqa o'quv va uslubiy qo'llanmalar chop etilgan.

Kafedraning kadrlar tarkibi. Hozirgi kunda kafedrada uchta fan nomzodlari (f.f.n., dotsentlar Shakirova N.Yu., Sh.S.Imyaminova, f.f.n. Ibragimova D.T.), ikkita katta o'qituvchilar (Medjitova X.T., Bo'riboeva Sh.A.) va uchta o'qituvchilar (Tyan N.V., To'raqulova S.T., Qo'chqorova X., Xuqumova L.)  faoliyat ko'rsatadilar.