O'zMU » Ma'lumotlar » Fransuz filologiyasi

Kafedra tarixi. 1962 yili Toshkent Davlat universiteti roman - german filologiyasi fakultetida dastlab ikkita - ingliz  va nemis tili kafedralari mavjud bo'lgan. 1963 yildan esa fransuz tili guruрiga talabalar qabul qilina boshlandi. 1966 yil fransuz tili kafedrasi tashkil etilib, 1972 yil esa kafedra qoshida lotin tili bo'limi ochildi.

Fransuz tili kafedrasini  dastlab  A.A.Krasheninnikov (1963-1969) boshqargan. So'ngra dotsent Sh.X.Xaydarov (1969-1984 y), dotsent A.Umarov (1984-1988 y), professor A.E.Mamatov (2002-2003), katta o'qituvchilar A.S.Asqarov, V.V.Magidovich, M.Mirxoliqovlar (1988-2005 y) rahbarlik qilganlar.

1972 yili fransuz filologiyasi kafedrasi qoshida E.F.Vaganov rahbarligi ostida lotin tili kafedrasi ochilib, kafedra roman-german filologiyasi fakultetidan tashqari tarix fakultetiga ham faoliyat ko'rsatgan.

Fransuz filologiyasi kafedrasida o'z ishiga fidoiy olimlar mehnat qilishib,  o'zlarining ilmiy tadqiqotlari bo'yicha malakaviy dars berish bilan birga, yosh avlodni tarbiyalashda qo'shgan ulkan xizmatlari bilan hamisha qalbimiz to'ridan joy olganlar. Bular dotsent Xaydarov Sh.X., dotsent A.U.Umarov, dotsent Yu.S.Muratova, dotsent M.X.Karaeva, filologiya fanlari nomzodi F.S.Salimova va boshqalar.

Kafedraning bir qator o'qituvchilari, jumladan, A.E.Mamatov (1991, doktorlik), Sh.Haydarov (1972), A.U.Umarov (1972), Yu.S.Muratova (1982), F.S.Salimovalar (1997) nomzodlik disserttsiyalari ustida tadqiqot olib borib, kafedra ilmiy salohiyatini oshirishda o'z hissalarini qo'shdilar.

2004 yilda esa Sh.I.Isakova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2005 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatdi. 2010 yildan boshlab kafedra katta o'qituvchisi G.S.Qurbanova kafedrani boshqarib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy aloqalari. Kafedra Viktor Gyugo nomidagi Fransiya madaniyat markazi, Respublika oliy o'quv yurtlarining barcha til kafedralari va tashkilotlar bilan yaqindan aloqa qiladi. Jumladan, O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti fransuz tili fakulteti, Urganch Davlat universitetining chet tillar kafedrasi, O'zMU qoshidagi akademik litsey bilan xamkorlik qiladi. Tuzilgan shartnomalar bo'yicha istiqbolli reja asosida faoliyat olib borilmoqda.

Kafedraning o'quv, ilmiy uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlari. Kafedra “Filolog, fransuz tili va adabiyoti o'qituvchisi” mutaxassisligi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlamoqda. Shuningdek, magistraturaning 5A 120102 - Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi bo'yicha ham Respublikaning oliy o'quv yurtlari uchun etuk mutaxassislar etkazilmoqda.

Fransuz filologiyasi bo'limini tugatgan talabalar respublikaning  oliy o'quv yurtlarida, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlarida shuningdek, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida mehnat qilmoqdalar. Ular orasida chet elda mehnat qilayotgan diplomatlar, davlatning yuqori organlarida xizmat qilayotgan xizmatchilar, xuquq tartibot organlari xizmatchilari, oliy o'quv yurtlari fransuz tili o'qituvchilari bor.

Kafedra professor-o'qituvchilari hozirgi kunda “Frazeologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Ular respublikadagi O'zDJTU, SamDChTU, ADChTU, TDShI, UrDU hamda Sarbona, Qozog’iston tillar akademiyasi, Moskva kabi nufuzli universitetlarda bo'lib o'tayotgan xalqaro simpoziumlarda, ilmiy-amaliy konferentsiyalarda, oliy o'quv yurtlariaro konferentsiyalarda o'zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashib kelmoqda.

O'qituvchilar Fransiya elchixonasi qoshida tashkil etilgan kurslarda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Is'tedod” jamg’armasi masofali o'qitish markazi, O'zDJTUda o'z malakalarini oshirib kelishmoqda.

So'ngi yillarda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ko'pgina monografiya, darslik, o'quv qo'llanmalari, lug’atlar yaratildi. Jumladan, “Ocherki po fransuzskoy frazeologicheskoy stilistike”, “Frantsuzcha-o'zbekcha-ruscha so'zlashgich”, “Istoriya i teoriya yazo'kovoy normo'”, “Vvedenie v romano-germanskuyu filologiyu”, “Modallik kategoriyasining mantiq va tilda ifodalanish xususiyatlari”, “Lotin tili darsligi”, “Prakticheskoe posobie po latinskomu yazo'ku”, “Abiturientlar uchun fransuz tilida elektron darslik”, “Fransuz tili stilistikasi nazariy kursi bo'yicha o'quv - uslubiy qo'llanma”, “Fransuz tili nazariy grammatikasi”, “Metodicheskaya razrabotka “Prakticheskaya zanyatiya po frontalnomu chteniyu k proizvedeniyam po knige “Krasno'y shelkovo'y sharf” dlya studentov”, “Prakticheskaya zanyatiya po leksike” dlya studentov 1-kursa “Prakticheskie zanyatiya po frontalnomu chteniyu po proizvedeniyu Anri Truayya “Semya Egletera” dlya studentov 2 kursa FZF”  kabi o'quv adabiyotlari kafedra kitob fondini yanada boyitgan.

Kafedraning professor-o'qituvchilari tarkibi: hozirgi kunda kafedrada 1ta professor o'rindoshlik asosida (A.E.Mamatov, ), 1 ta fan nomzodi (Sh.I.Isakova), 5ta katta o'qituvchi (M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov, Z.B.Ernazarova, M.A.Salnikova, G.S.Qurbonova), 3ta o'qituvchi (Yu.V.Li, G.R.Rahimova, F.M.Muhammadaminova)lar faoliyat ko'rsatmoqda.