O'zMU » Ma'lumotlar » Iqtisodiyot fakulteti haqida

 O‘zbekiston Milliy Universitetida iqtisodiyot nazariyasiga oid pedagogik va ilmiy izlanishlar 1918 yildan boshlangan va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar fakulteti (1918-1931) faoliyati bilan bog‘liqdir. 1922 yilda Siyosiy iqtisod fakulteti Ijtimoiy fanlar fakultetiga aylantirildi va 1931 yilda uning negizida Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.

1928 yilda O‘rta Osiyo iqtisodiy kengashining qaroriga binoan mavjud mahalliy xo‘jalik va qishloq xo‘jaligi fakultetlari asosida O‘rta Osiyo Davlat universiteti qoshida Iqtisodiyot ilmiy-tekshirish instituti tashkil topdi. 1931 yili O‘rta Osiyo universitetidan Qishloq xo‘jaligi va Iqtisodiyot instituti ajralib chiqdi va iqtisodchi kadrlarni tayyorlash Siyosiy iqtisod kafedrasida amalga oshirila boshlandi. 1944 yilda O‘rta Osiyo universitetida Siyosiy iqtisod kafedrasi tashkil etildi. 1967 yildan boshlab kafedra ikkiga: gumanitar va tabiiy fakultetlar siyosiy iqtisod kafedralariga bo‘lindi. 1968 yilda Tarix fakulteti tarkibida iqtisodchi, siyosiy iqtisod o‘qituvchilarini tayyorlovchi Siyosiy iqtisod bo‘limi va Siyosiy iqtisod kafedrasi tashkil etildi. 1979 yilda Tarix fakulteti tarkibidan Falsafa-iqtisod fakulteti ajralib chiqib, Siyosiy iqtisod bo‘limi 1990 yilgacha mazkur fakultet tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. 1991 yilda Iqtisodiyot bo‘limi Falsafa fakultetidan ajratilib, mustaqil Iqtisodiyot fakultetiga aylantirildi.

Mustaqillik yillarida Iqtisodiyot fakulteti O‘zbekistonda “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Menejment”, “Biznesni boshqarish”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish”, “Kadrlar menejmenti”, “Ijtimoiy ish (pensiya ta’minoti)” yo‘nalishlari va “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “Makroiqtisodiyot”, “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti”, “Biznesni boshqarish”, “Mehnat iqtisodiyoti”, “Ijtimoiy ish (pensiya ta’minoti)” mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi ilmiy va o‘quv markazlardan biriga aylandi.

1991-2016 yillar mobaynida Iqtisodiyot fakultetida 10 ga yaqin kafedralar faoliyat yuritgan va ushbu kafedralarda 15 dan ziyod yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr va magistlar tayyorlangan.

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2527-sonli Qarori asosida tashkil etilgan “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu kafedra o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, jihozlar, mebellar, kompyuterlar va boshqalar bilan ta’minlandi. 

 

IQTISODIYOT FAKULTETIDA FAOLIYAT KO‘RSATAYOTGAN KAFEDRALAR:  

 

“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi;

“Makroiqtisodiyot” kafedrasi; 

“Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi;

“Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi.

 

 

YO‘NALISH, MUTAXASSISLIK VA IXTISOSLIKLAR

 

BAKALAVRIAT – o‘qish muddati – 4 yil.

Yo‘nalishlar:

5230100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”;

5231700-“Kadrlar menejmenti”;

5520100-“Ijtimoiy ish (pensiya ta’minoti)”.

 

MAGISTRATURA – o‘qish muddati – 2 yil

Mutaxassisliklar:

5A230102-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”,

5A520101 – “Ijtimoiy ish (pensiya ta’minoti)”

 

KATTA ILMIY XODIM IZLANUVCHI – o‘qish muddati – 3 yil

Ixtisosliklar:

 

 

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

 

Fakultetda fan doktori: 9

Fakultetda fan nomzodi: 24

Fakultetda fan o‘qituvchi: 24

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fakultet dekani

UMAROV ABDUVAXOB TURSUNOVICH

 tel.: (+998 71) 246-90-80

Oquv ishlari boyicha dekan muovini

RAYXANOV ULUG‘MUROD ALIYEVICH

tel.: (+998 71) 246-77-93

Manaviy-marifiy ishlar boyicha dekan muovini

REJAPOV XAYRILLO XIKMATULLAYEVICH

tel.: (+998 71) 246-86-83

Ilmiy ishlar boyicha dekan muovini

FAYZIEVA SHAXNOZA RUSTAMOVNA

tel.: (+998 71) 246-90-80


 

2015-2016-yil talabalar  stipendiyasi miqdori

 

2015-2016-yil talabaning 1 yillik o'qitish miqdori

Fakultet saytiga o'tish