O'zMU » Ma'lumotlar » Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari universitetning barcha fakultetlari talabalariga iqtisodiy nazariya fanini o’qitishni ta’minlaydi. Kafedra 1944 yilda siyosiy iqtisod kafedrasi sifatida tashkil topdi.

1967 yildan boshlab kafedra ikkiga: gumanitar va tabiiy fanlar siyosiy iqtisod kafedralariga bo’lindi

1996 yili universitet ilmiy kengashi qaroriga asosan gumanitar va tabiiy fanlar kafedralari birlashtirilib, “Fakultetlararo iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi deb yuritila boshlandi.

2005 yildan boshlab Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi” va “Fakultetlararo iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi birlashtirilib, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi deb nomlandi.

Hozirgi kunda kafedra 5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi va 5A230102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlaydi.

Kafedraga i.f.d., dots. Shadmanov E.Sh. rahbarlik qilmoqda.

Kafedrada 1ta fan doktori, professor, 11tа fan nomzodi, dotsentlar, 4 nafar katta o’qituvchi, 4 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Bular: Shadmanov E.Sh., Umarov K.Yu., Xoshimov P.Z., Sodiqov N.K., Shomansurov T.Sh., Shamsutdinova Z.R., Tolametova Z.А., Bogdanova D.X., Xudyakova N.K., Qurbonov S., Olimjonova Sh.O.,  Topildiyev S.R., Qo’chqorov T.Q., To’rayev X., Boynazarov E.E., Xamroyev O.Ya., Kim T.V., Umarov О.О., Po’latova Sh., Zoxirova G.

Hozirgi kungacha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan  22 ta darslik va o’quv metodik qo’llanmalar  tayyorlanib chop etilgan.

Ushbu darslik va o’quv qo’llanmalardan respublikamizning barcha oliy o’quv yurtlari, kollej va akademik litseylarida foydalanilmoqda.

Kafedra ilmiy va uslubiy ishlarni yaxshi yo’lga qo’yib borish maqsadida xorijiy va respublika oliy o’quv yurtlari, ilmiy tekshirish  institutlari bilan faoliyat olib bormoqda. Ular qatoriga  Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot Institutiga (Moskva), O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Moskva Davlat Universiteti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Farg’ona Davlat Universiteti, Toshkent Moliya Instituti, Toshkent Bank-moliya Akademiyasi va boshqalar kiradi.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi “Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlanib, hozirgi kunda ilmiy va uslubiy ishlar olib borilayapti.

Hozirgi kunda “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassisligida 20 nafar magistrant tahsil olmoqda.  Magistraturani tugatgandan so’ng bitiruvchilar iqtisodiyotning barcha va xo’jalik subyektlarida iqtisodchi, oliy o’quv yurtlarda iqtisodiy fanlar o’qituvchisi, iqtisodiy ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy hodim bo’lib ishlashlari mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manzilimiz: O’zMU Iqtisodiyot fakulteti  binosi 412-xona, tel.: 246-62-32.

                           

Shadmanov Erkin Sherqulovich 1972 yilda tug'ilgan. 1994 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2006 yilda "O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni  chuqurlashtirishda  banklar  faolligini   oshirishning asosiy yo'nalishlari" mavzusida 08.00.07. - "Moliya,    pul muomalasi   va    kredit"     ixtisosligi   bo'yicha nomzodlik dissertatiyasini himoya qilgan. 2009 yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan.  2011 yilda "Ma mlakatni modernizatsiyalash jarayonida iqtisodiyotni muvozanatli va mutanosibli rivojlantirishning  asosiy yo'nalishlari"  mavzusida 08.00.01. -"Iqtisodiy nazariya" ixtisosligi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Shadmanov Erkin Sherqulovich Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida tadqiqotchi - izlanuvchi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bosh inspektor, bo'lim boshlig'i, O'zbekiston Milliy Axborot agentligida boshqarma boshlig'i, Toshkent Davlat Yuridik institutida o'qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2007 yildan boshlab O'zbekiston Milliy universitetinig Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasida dotsent vazifasida ishlab, 2011 yildan esa kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Shadmanov Erkin Sherqulovich o'z faoliyati davomida Respublika va xorijiy jumallarda maqolalar, ilmiy - amaliy konferensiyalarda tezislar, uslubiy ishlar va monografiyalar chop ettirgan bo'lib, 50 dan ortiq ilmiy va metodik ishlari mavjud. Shuningdek, har o'quv yilida 2-3 ta magistrlik dissertatsiyasiga va 2 ta tadqiqotchining nomzodlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Kafedraning ish faoliyatini yaxshilashga o'z xissasini qo'shmoqda.