O'zMU » Ma'lumotlar » Biznesni boshqarish kafedrasi

1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kafedraga 1999-2000 yillarda dots. F.T.Egamberdiev, 2000-2003 yillarda dots. A.A.Xolmirzaev, 2003-2006 yy. i.f.n. R.T.Dalimov, 2007-2008 yy. dots. D. Akbarov, 2009-2010 yy.a prof. E.Nabievlar rahbarlik qilganlar. 2010 yildan kafedraga  dots. A.A.Qulmatov rahbarlik qilib kelmoqda.

“Biznesni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha administrator-menejerlarni tayyorlovchi kafedra hisoblanadi.

1999-2010 yillar ichida kafedraning bakalaviratura yo‘nalishidan yuzlab talabalar, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘nlab kadrlar bitirib respublikamizning turli hil tashkilot va muassasalarda tegishli lavozimlarda ishlab kelmoqdalar.

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar ro‘yxati:

  1. Mikroiqtisodiyot
  2. Moliyaviy va boshqaruv xisobi
  3. Iqtisodiy tahlil va audit
  4. Tadbirkorlik  asoslari
  5. Kichik biznesni boshqarish
  6. Biznesni rejalashtirish
  7. Birja ishi
  8. Kommersiya ishi
  9. Biznes strategiyasi
  10. Korxona iqtisodiyoti
  11. Halqaro protokol va etiket
  12. Xalqaro biznes
  13. Institutsional iqtisodiyot

Kafedra jamoasi oxirgi yillarda chop etgan ilmiy ishlarning soni 70 tani tashkil etadi va ularning 11 ta ilmiy makola va tezislar, 1 ta monografiya xorijiy mamlakatlarda  chop etilganligi, shu jumladan respublikamiz miqyosida 41 ta tezis, 11 ta ilmiy maqola, 3-ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 1 ta statistik ma'lumotlar to‘plami chop etilganligi bilan diqqatga sazovordir.

 

Biznesni boshqarish kafedrasi mudiri Qulmatov Alimjon Abdilloevich


1966 yilda Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan. Millati o’zbek. 1994 yilda Toshkent Davlat Universitetini bitirgan. Iqtisodiyot nazariyasi o’qituvchisi. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyati. 1983–1984 yillar «Moskva» sovxozining ishchisi, 1984–1986 yillar Harbiy xizmatda bo‘lgan, 1987–1988 yillar «Moskva» sovxozining ishchisi, 1988–1989 yillar «Toshgorkooptorg» ishchi, 1989–1994 yillar ToshDUning falsafa-iqtisod fakultetining kunduzgi bo‘limi talabasi, 1994–1999 yillar «Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi o‘qituvchisi, 1999–2010 yillar «Biznesni boshqarish» kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2010 -2011 «Biznesni boshqarish» kafedrasiga dotsent vazifasini bajaruvchi, 2010 yildan hozirgacha «Biznesni boshqarish» kafedrasiga kafedra mudiri lavozimida ishlaydi.