O'zMU » Ma'lumotlar » Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment kafedrasi

Mintaqaviy iqtisodiyot va memejment kafedrasi professor-o’qituvchilari Universitetning Iqtisodiyot fakulteti va  boshqa barcha fakultetlari talabalari va magistrlariga  kafedra yo’nalishiga oid fanlarni o’qitishni ta’minlab kelmoqda.

Kafedra Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ilmiy kengashining  2011 yil 29 iyundagi 15- sonli qarori bilan  “Mintaqaviy iqtisodiyot va memejment ” kafedrasi sifatida ikki kafedraning qo’shilishi natijasida tashkil topgan.

Menejment kafedrasiga 1991-2002 yillarda prof. Muhiddinov R.M., 2002-2005 yillarda dots. Sodiqova I.A., 2006-2011 yy. prof. Mamatov A. A., 2011-2012 yillarda dots. Mo’minov N.G. rahbarlik qilganlar.

Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasiga 2002-2011 yy. prof. Qayumov A.A. rahbarlik qilgan.

2011 yilning 18- aprelidan “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasiga dots. Xolmirzaev A.A. rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra 5A230110 “Mehnat iqtisodiyoti” mutaxassisligi boyicha magistrlar tayyorlashga mas’ul kafedra hisoblanadi.

Kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 10 tа fan nomzodi, dotsentlar, 4 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Bular: dots. Xalmirzaev A.A, prof.  Qayumov A.A, dots. Majidov N.M.,dots. Sodiqova I.A, dots. Umarov S. S.,dots.v.b  Djumanova R.F., dots.v.b Fayziyeva SH.R., dots.v.b Rustamova D.D., dots.v.b Mardanaqulov T., Nigmatova D.Z Abdunazarov O.A., Makushina A.Y., Usmonov Z.K., Rahmonov R., Niyozov M.A.,

1992 yildan 2012 yilgacha bo`lgan davrda kafedra professor o`qituvchilari tomonidan 500 b.t. ga yaqin 20 dan ortiq risola, 30 ga yaqin o`quv qo`llanmalar, ilmiy maqolalar e`lon qilingan.1 ta fan doktorlik va 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiya himoya qilindi.

2010 yildan kafedraning ilmiy yo`nalishi “ O`zbekistonda iqtisodiyotni tashkil etish va boshqarishning ustuvor yo`nalishlari va mintaqaviy xususiyatlari” mavzusida ilmiy va uslubiy ishlar olib borilmoqda.

To’liq ma’lumot uchun manzilimiz: O’zMU Iqtisodiyot fakulteti binosi 812-xona, tel.: 246-66-61 raqamga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Xalmirzayev Axmadjan Axunovich 1959 yilda tug'ilgan. 1982 yili Toshkent Davlat Universitetini Geografiya mutaxasisligi hamda 2004 yili O'zbekiston Milliy Universitetini Xalqaro iqtisodiy munosabatlari yo'nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1995-yilda 11.00.02.-Iqtisodiy va sotsial geografiya ixtisosligi bo'yicha "O'zbekistonning obikor mintaqalarida chorvachilik tarmoqlarini xududiy tashkil etish va rivojlantirish (Farg'ona iqtisodiy rayoni misolida)" mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan.

2008 yilda 08.00.01-iqtisodiy nazariya ixtisosligi bo'yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.

Xalmirzayev Axmadjan Axunovich Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumanidagi X.Olimjon nomli 32-o'rta maktab o'qituvchisi, direktor muovini, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi geografiya bo'limida kichik ilmiy xodim, kunduzgi bo'lim aspiranti, Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti fakultetlararo iqtisodiy nazariya kafedrasida dotsent, menejment kafedrasida dotsent, O'zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti biznesni boshqarish kafedrasida mudir, O'zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti biznesni boshqarish kafedrasida dotsent, Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment kafedrasida mudir lavozimlarida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Xalmirzayev Axmadjan Axunovich o'z faoliyati davomida Respublika xorijiy va jurnallarda maqolalar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar, uslubiy ishlar va monografiyalar chop etilgan bo'lib, 100 ga yaqin ilmiy va metodik ishlari mavjud. Shuningdek, har o'quv yilida 2-3 ta magistrlik dissertatsiyasiga va 2 ta nomzodlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Kafedraning ish faoliyatini yaxshilashga o'z hissasini qo'shmoqda.