O'zMU » Ma'lumotlar » Iqtisodiyot fakulteti erishgan yutuqlar

Fakultetda talabalar hayotiga alohida e'tibor qaratilib, ish olib borilayotganligi sababli, ular turli fond va xalqaro fondlar grantlari tanlovlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar va o`zlarining yuqori bilimga ega ekanliklarini namoyish etib, tanlov g`oliblari bo`lmoqdalar. Fakultetning 30 dan ortiq talabalari xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o`quv yurtlarida tahsil olib qaytdilar.

Iqtisodiyot fakultetida iqtidorli talabalar bilan maxsus ishlab chiqilgan reja asosida ish olib boriladi. Fakultetning talabalaridan M.Mirzakarimova va O.Nasriddinxo`jayevlar 1993-1994 o`quv yilida respublika Prezidenti stipendiyasi, 1995-96 o`quv yilida fakultet talabalari  N.Xudoyberganov, N.Otajonov, R.Maxmudov, M.Saidaxmedov va Sh.Xaydarovlar ToshDU stipendiyasi, A.Abirov Navoiy stipendiyasi, 1996-97 o`quv yilida A.Abirov Ulug`bek stipendiyasi, N.Xudoyberganov Navoiy davlat stipendiyasi, 3 kurs talabasi K.Abduraxmonova Yaponiyaning "Sumatoma korporeyshn" kompaniyasi stipendiyasi, 1997-98 o`quv yilida N.Xudoyberganov ToshDU stipendiyasi, B.Ramatov - Kamolot jamg`armasi stipendiyasi, E.Yo`ldoshev - Banklar Assotsiatsiyasi stipendiyasi, N.Izamova -Yaponiyaning "Sumatoma korporeyshn" kompaniyasi stipendiyasi, 1999-2000 o`quv yilida J.Abdurasulova "Beruniy" davlat stipendiyasi, K.Abduraxmonova, N.Izamova, N.Shoyusupova, J.Abdurasulovalar Yaponiyaning "Sumatoma korporeyshn" kompaniyasi stipendiyasi va 12 talaba O`zMU stipendiyasi, 2000-2001 o`quv yilida J.Abdurasulova O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va Yaponiyaning "Sumatoma korporeyshn" kompaniyasi stipendiyasi, A.Lisenko - Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, 2003-2004 o`quv yilida R.Raxmonov Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, 2004-2005 o`quv yilida M. Xalilov Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, 2006-2007 o`quv yilida Dilshod Abduazizov O`zbekison Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari bo`ldilar. 2008-2009 o`quv yilida 2 - bosqich macistranti Dilshod Abduazizov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan «Shuxrat» medali bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda fakultetda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzurida”gi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlahstirish qo’mitasining quyidagi fundamental grantlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

  1. F-1-115 “Iqtisodiyotni modernizasiyalashning konseptual asoslarini takomillashtirish”.  Ilmiy raxbar: prof. Vaxobov A.V.
  2. F-1-127 “Iqtisodiyotni modernizasiyalash ta’sirida mutanosiblikning o’zgarishi va uni tartibga solishning asosiy yo’nalishlari”. Ilmiy raxbar: i.f.d. Shodmonov  I.SH
  3. F-1-16 “O’zbekistonda investitsiya jarayonlariga jamg’arilib boriladigan pensiya jamg’armasining ta’sir mexanizmlarini tadqiq etish”. Ilmiy raxbar: dots. Majidov N.M
  4. F-1-125 “O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mexnat bozorining rivojlanish xususiyatlari va axoli bandligini oshirish yo’llari”. Ilmiy raxbar. dots. Tolometova Z.A.

O'zMU Iqtisodiyot fakultetining faol talabalari Innovacion g’oyalar, tehnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida faol ishtirok etib keladilar. Talabalarning yuqori bilim saviyasi, ularning faolligi va fakultetdagi ijodkorlikka yaratilgan qulay muhit tufayli 2010 yili yarmarkada iqtisodiyot fakulteti talabalari “Talabalar orasida eng yahshi innovacion loyiha” nominaciyasida birinchi o'rinni egalladilar. Har yilgi ushbu yarmarkada fakultet talabalari turli hil yutuqli o'rinlarni egallab kelmoqdalar. Umuman 3 yil davomida  38 ta innovacion g’oyalar yarmarkaga olib chiqildi va OAVda yoritildi.

 Bundan tashqari fakultetda “Iqtisodchi” va “Profit” biznes klublari faoliyat yuritib kelmoqda. Biznes klublarning asosiy maqsadi - faol, bilimli talabalarning o'z fikrlarini va g’oyalarini realizaciya qilishda ko'maklashish, ularga biznes, iqtisodiyot va huquq sohasida ko'maklashishdir. 3 yil avval tashkil etilgan bu klub hozirda fakultetning faol va yosh tadbirkor bo'lish istagida yurgan talabalarni o'z ichiga oladi. Talabalar klub yig’ilishlarida O'zbekiston va jahon iqtisodiyoti, bozor kon'yukturasi, dunyoning eng yirik kompaniyalari tarihi haqida ma'ruzalar, bahs-munozaralar olib boriladi. Hamda fakultet talabalari tomonidan ishlab chiqilgan biznes-rejalarning amaliy tadbig’i o'rganib chiqiladi, kamchiliklari va muammolari klub a'zolari tomonidan o'rganiladi. Klub faoliyati davomida 200 atrofida biznes rejalar ishlab chiqilgan.