O'zMU » Ma'lumotlar » Rus va chet el adabiyotshunosligi

Chet el adabiyotshunosligi kafedrasi roman - german filologiyasi fakulteti qoshida 1975 yil tashkil topgan. Kafedrani dastlab f.f.n., dotsent N.G.Vladimirova boshqargan. 1986 yildan 1993 yilgacha kafedraga f.f.n., dotsent I.F.Borisova mudirlik qilgan. 1993 yildan kafedrani f.f.n., dotsent B.S.Ermatov boshqardi va 2011 yildan to kafedra rus tilshunosligi kafedrasi bilan birlashguncha f.f.n. X.M.Jalilova boshqardi. 2011 yili kafedra rus adabiyotshunosligi kafedrasi bilan birlashib “Rus va chet el adabiyotshunosligi” kafedrasi deb nomlangandan so'ng yangi kafedrani bugungi kunda f.f.n. A.V.Popov boshqarmoqda.

Kafedra birlashgunga qadar chet el adabiyotshunosligi kafedrasida uchta fan nomzodi, dotsent, uchta katta o'qituvchi va bitta o'qituvchi faoliyat ko'rsatgan edi. Bugungi kunda ular «XX asrning so'nggi choragi nasri taraqqiyoti» mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Bulardan bir kishi doktorlik va ikki kishi nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedra dotsent-o'qituvchilari  xorijiy filologiya va jurnalistika fakultetlari  talabalariga quyidagi nazariy fanlar: Adabiyot nazariyasi,  Adabiyotshunoslikka kirish hamda chet el adabiyoti – xarbiy Evropa mamlakatlari va AQSh adabiyoti tarixidan va zamonaviy holatidan hamda madaniyatidan adabiy davrlarga asoslanib saboq beradilar.

Kafedra o'qituvchilari «Tili o'rganilayotgan mamlakat madaniyati» hamda «Tili o'rganilayotgan mamlakat zamonaviy adabiyoti» fanlaridan ma'ruzalarni ingliz, nemis hamda fransuz tillarida o'qishadi, amaliy mashg’ulotlarni ham shu tillarda olib borishadi.

Hozirgi kunda kafedra «XX asrning so'nggi choragi romanining janr xususiyatlari» mavzuida ilmiy tadqiqotlar olib boradi (XFF Rus adabiyotshunosligi kafedrasi bilan hamkorlikda).

Chet el adabiyotshunosligi  kafedrasi faoliyat ko'rsatgan yillar davomida kafedra a'zolari tomonidan darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalari yaratildi, o'nlab maqolalar chop etildi. Keyingi 5 yil ichida (2002-2007) kafedra a'zolarining 70 dan ortiq ilmiy maqolasi hamda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar materiallari e'lon qilindi, 3 darslik, 22 o'quv va uslubiy qo'llanmalari yaratildi. Faqat 2007 yilning o'zida 42 ta maqola va 1 ta darslik (I.F.Borisova va germaniyalik mutaxassis Ryorborn U. hamkorlikda yaratgan nemis tilidagi «Zeitgenossische Deutsche Literatur. II Helfte des 20. Jahrhunderts», Taschkent, 2007) nashr etildi. 

Kafedra xorijiy mamlakatlarning hamda respublikamizning qator oliy o'quv yurtlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Germaniyaning Myunster shahridagi Vilgelm nomidagi universitet, O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Buxoro Davlat universiteti, V.Gyugo nomidagi fransuz madaniyat markazi, DAAD, Gete nomidagi institut shular jumlasidandir.